Mavzu: hodi zarif – folklorshunos reja. 1O‘zbek eposshunosligining o‘rganilishi va taraqqiyotida alloma Hodi Zarifning o‘rni


Download 178.5 Kb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi178.5 Kb.
#1210152
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HODI ZARIF – FOLKLORSHUNOS


MAVZU: HODI ZARIF – FOLKLORSHUNOS
Reja.


1O‘zbek eposshunosligining o‘rganilishi va taraqqiyotida alloma Hodi Zarifning o‘rni;
2.O‘zbek dostonchilarini o‘rganish borasida Hodi Zarif xizmatlari.
3. Hodi Zarif rahbarligida o‘tkazilgan folklor ekspediyalari tarixi
Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


1.O‘ZBEK EPOSSHUNOSLIGINING O‘RGANILISHI VA TARAQQIYOTIDA ALLOMA HODI ZARIFNING O‘RNI

O‘zbekistonda tom ma’nodagi folklorshunoslik ilmining maydonga kelishi va rivojlanishida juda katta rol o‘ynagan alloma Hodi Tillayevich Zarifovdir. Hodi Zarif va uning tarjimai holi to‘g‘risida allomaning sevimli shogirdi, taniqli o‘zbek folklorshunosi­ - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi, filologiya fanlari doktori, professor To‘ra Mirzayevning materiallariga tayandik.


O‘zbek folklorshunosligining asoschisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati professor Hodi Zarif (Hodi Tillayevich Zarifov) 1905 yil 20 martda Toshkent shahrida tabib oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich savodini eski maktabda - o‘zi istiqomat qilgan hovli yaqinida joylashgan Moyul ko‘chadagi Yusufxon domla maktabida, keyin bir muddat rus-tuzem maktabida, 1916 yildan jadidlarning yangi usuldagi maktabida, qariyb bir yilga yaqin O‘zbek bilim yurtida (otasi vafot etgach, oilaviy qiyinchiliklar tufayli uni tamomlay olmagan), 1923-1926 yillarda Boku o‘qituvchilar seminariyasida (Dorulmualliminda) o‘qigan. Alloma To‘ra Mirzayevning ma’lumotlaridan aniqlanishicha, Hodi Zarifning folklorga oshuftaligi, xalq ijodiga mehr muhabbat bog‘lashida uning tog‘asi G‘ozi Olim Yunusovning xizmatlari katta bo‘lgan ekan. Oilada ilmiy adabiy muhitda o‘sgan Hodi Zarif 1927 yili Samarqand pedagogika akademiyasiga (hozirgi Samarqand davlat universiteti) o‘qishga kirgan ammo, xalq ijodi materiallarini to‘plash va o‘rganishga shu darajada berilib ketganligi sababli uning birinchi kursini ham tamomlay olmagan. Aniqrog‘i, o‘qishini davom ettirishga imkoni bo‘lmagan. Ammo mustaqil bilim olish orqali jiddiy ilmiy tayyorgarlik ko‘rgan. Shuning uchun ham Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy oliy malumoti bo‘lmasa ham, ilmiy xizmatlarini hisobga olib, nomzodlik imtihonlarini topshirmasdan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat bergan. Rasmiy ravishda nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yozmagan.
1945 yili "Malikai ayyor" va “Ravshan" dostonlarining 1941 yilgi nashri asosida nomzodlik, 1965 yili chop etilgan asarlari majmui bo‘yicha doktorlik ilmiy darajalarini olish uchun qilgan ma’ruzalari bilan dissertatsiyalar himoya qilgan. 1967 yili professorlik, ayni paytda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi faxriy unvoni ham berilgan. 1966 yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zoligiga nomzodi qo‘yilgan. Ko‘plab olimlarning qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, sobiq komfirqa markaziy komitetidagi ayrim kishilarning tazyiqi bilan saylovda muxbir a’zolikka o‘tkazilmagan.
Hodi Zarif vafotidan so‘ng 1973 yili unga Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti berildi. Olim o‘z mehnat faoliyatini 1920 yildan Toshkentdagi iternat maktabi o‘qituvchisi va bolalar bog‘chasida tarbiyachi sifatida boshlagan. 1921-1922 yillari Toshkent eski shahar yoshlar tashkilotida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. 1923 yildan folklor va etnografiya materiallarini yozib olishga kirishgan. Bokuda bo‘lganida ozarboyjon folkloridan namunalar to‘plagan. 1926 yil oxirlaridan boshlab O‘zbekiston maorif komissarligi ilmiy sho‘rosi O‘zbeklarni o‘rganish qo‘mitasida ilmiy xodim va davlat ilmiy kengashida siyosiy-oqartuv bo‘limi mudiri vazifasida ishlay boshlagan. Shu bilan birga, folklor asarlarini yozib olish va nashr etish ishlari bilan doimiy ravishda shug‘ullanib kelgan. 1928 yili folklor, etnografiya va arxeologiya bo‘yicha ilmiy- tekshirish kabineti tashkil etib, unga mudirlik qilgan. Bu kabinet hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti folklor bo‘limining dastlabki tashkiliy asosidir. Shu vaqtdan boshlab O‘zbekistonda folklorshunoslik ishlariga doimiy ravishda rahbarlik qilish (umrining oxirigacha folklor bo‘limi mudiri) bilan birga o‘rindoshlik tariqasida yana turli-tuman vazifalarda ham ishlagan. Jumladan, 1928-1930 yillari Samarqand qishloq xo‘jaligi texnikumida, 1932 yili O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi institutida, 1934-1938 yillari Toshkent davlat pedagogika institutida, 1943-1945 yillari O‘rta Osiyo davlat universitetida o‘qituvchilik qilgan. 1927-1930 yillari xodimlar tayyorlash, yevropaliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish kurslarida dars beradi. 1929 - 1931 yillari Respublika markaziy muzeyi tashkilotchilaridan biri va tarix bo‘limi mudiri bo‘ladi. 1930-1931 yillari Moskvada Ittifoq xalqlari markaziy muzeyida kadrlar almashtirish rejasiga muvofiq ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi. Sanat akademiyasida va Moskvaning boshqa bir qancha ilmiy muassasalarida o‘zbek folklori bo‘yicha maruzalar qiladi. 1929- 1931 yiglari O‘zbekiston davlat ilmiy-tekshirish institutida, 1931-1933 yillari Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish institutida etnografiya va folklor bo‘limining mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Hodi Zarifov 1934 yil yanvaridan ish boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Fan komiteti Til va adabiyot instituti asoschilaridan biridir. Bu yerda folklor bo‘limiga rahbarlik qilish bilan birga 1934-1937 yilllari institut aspirantura bo‘limini boshqardi. Institutning birinchi aspirantlari Izzat Sulton, Mansur Afzalov, Safo Zufariy, Buyuk Karimov, Sharifa Abdullayeva, Zokir Ma’rufov va boshqalarning ilmiy kamolotida Hodi Zarifning munosib o‘rni bor. 1938-1948 yillari Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini o‘tkazish hukumat komitetining dastlab a’zosi, so‘ng mas’ul kotibi vazifasini bajaradi. 1939 yili Navoiy ko‘rgazmasini tashkil etadi. Bu ko‘rgazma 1940 yili Navoiy muzeyiga, 1944 yili esa Adabiyot muzeyiga almashtirilgach, unga 1956 yilgacha direktorlik qiladi. 1944-1948 yillari Til va adabiyot instituti direktori, 1955-1962 yillari esa direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifalarida ishlaydi. 1943-1944 yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari (Sharqshunoslik) institutining asoschilaridan biri va direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1965-1967 yillari Til va adabiyot instituti O‘zbek qomusi bo‘limiga rahbarlik qilgan. 1939 yildan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi edi. Bir qancha ilmiy kengashlar va tahririyatlarning a’zosi sifatida juda ko‘p jamoatchilik ishlarini olib borgan.
1957 yili Navoiy komiteti O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi huzurida qayta tashkil etilgach, umrining oxirigacha uning mas’ul kotibi bo‘lib ishlaydi. 1967 yil 20 martda olimning 60 yillik yubileyi kengmiqyosda nishonlandi. Ustoz olim haqida ko‘plab maqolalar, kitoblar nashr etilgan. Alloma 1972 yil 13 yanvar kuni 67 yoshida vafot etadi. Qabri Forobiy ko‘chasidagi qabristonda. Asosiy asarlari: "O‘zbek folklori "(ikki jildli), "O‘zbek xalq qahramonlik eposi", "Navoiy zamondoshlari", "Fozillar fazilati", "Muhammad Amin Muqimiy", "Alpomish"dostonining asosiy motivlari", "Arshaq - shaq qahramoni", "O‘zbek folklorshunosligi tarixidan", "O‘zbek xalq dostonlarining tarixiy asoslari ", “O‘zbek xalq baxshilari ", "Folklor va termin to‘plovchilarga qo‘llanma" va boshqalar.
Hodi Zarif xalq dostonlarining tarixiy-hayotiy asoslari va ularning yuzaga kelgan joyi hamda yaratilish davri bo‘yicha yangi, fundamental tadqiqotlar olib borish zarurligini ilmiy jamoatchilik e’tiboriga olib chiqqan alloma edi. Hodi Zarif buning uchun ularda ifodalangan qadimiy hayot tarzi, ibtidoiy qarashlar, mifologik va diniy- ilohiy qatlamni jiddiy o‘rganish bilan birga "Bek bo‘b o‘tgan Qoraxon”, "Mahmudni fildan qulatgan" kabi misralarda nomlarigina saqlanib qolgan tarixiy shaxslar faoliyatini dostonlarning ayni o‘rinlari bilan qiyoslashga alohida e’tibor berish lozimligini vaqti-vaqti bilan eslatib turardilar. Bunga olimning shogirdi Temir Ochilovga "Mamatkraim polvon" dostonining tarixiy asoslari" mavzusini nomzodlik dissertatsiyasi sifatida tavsiya etgani, o‘zi jangovor ot obrazi
haqida talqiqot olib borgani ham yaqqol misoldir.
Hodi Zarif V.Y. Jirmunskiy bilan hamkorligida nashr etilgan "O‘zbek xalq qahramonlik eposi"kitobidagi "Go‘ro‘g‘li"turkumi dostonlari XVII asrning boshlari va XIX asrning birinchi yarmida ikki asr davomida yaratilgan, degan mulohazalarini davrlar o‘tishi va o‘zining ilmiy kuzatishlari asosida tanqidiy o‘rganadi. Umuman bu qarashni butunlay inkor etish mumkin bo‘lmasada, uni shundayin qabul qilish ham muammoni to‘laligicha tadqiq etishga imkon bermasligini aytadi.
Hodi Zarif: “Chunki tadqiqotchilarning deyarli barchasi shu fikr tarafdori. Unda muayyan asoslar ham bor: Tarixchilarning yozishicha, Shimoliy Eron va Janubiy Ozarbayjonda XVI asrning oxirlaridan boshlangan jalolilar harakat i boshliqlaridan biri Ko‘ro‘g‘li ismli shaxs bo‘lgan. Arman tarixchisi Arakel Tavriziy (vafoti 1670 yil) bu shaxsni ozarbayjon oshiqlari hozirgi paytda kuylab kelayotgan qo‘shiqlarni to‘qigan Ko‘ro‘g‘lining ayni o‘zidir, deya xabar beradi. Shuningdek, doston ozarbayjon versiyaning ayrim namunalari dastlab XVIII - XIX asrlarda Janubiy Ozarbayjondan yozib olingan, hatto 1842 yilda nashr etilgan ham. Ana shularga asoslanib, olimlar "Go‘ro‘g‘li" - "Ko‘ro‘g‘li" turkumining yaratilgan o‘rnini ham Janubiy Ozarbayjon, deya belgilaydilar. Bunday qarash turkiy xalqlar orasida juda ham keng bir ravishda tarqalgan kattakon turkumning Zakavkazye va YA qi n SH arq versiyalari, hatto Xorazm va turkman dostonlariga nisbatan to‘g‘ri va asoslidir. Bu nazariya qanchalik hayratomuz bo‘lmasin, uni o‘zbek "Go‘ro‘g‘li “ dostonlarining yaratilish o‘rni va tarixiy asoslariga nisbatan jiddiy ravishda o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Hodi Zarif eposga doir maqolalaridan birida shunday deb yozgan edi: “Shuni qat’iy aytish mumkinki, juda katta bir siklni tashkil etgan "Go‘ro‘g‘li ” dostonlarining hammasi bir asrning mahsuli emas. Bu siklga kirgan dostonlarning ko‘plari XV - XVI va ba’zan XVII asr tarixiy voqealarini oz-ko‘p aks ettirgan bo‘lishlariga qaramay, ulardan ba’zilarining tomiri uzoq kechmishdan kelgani ko‘rinadi. Shu qatori "Malika ayyor “ dostonining dastlabki kelib chiqishini, mening fikrimcha, juda uzoq kechmishdan - islomdan, ilgarigi davrlardan izlash kerak. 50 30-yillarning oxirlarida “Malika ayyor” dostonini o‘rganish orqali bayon etilgan bu xulosani O‘zbekistonning turli hududlaridan
"To‘ro‘g‘li“ dostonlarining ko‘plab namunalari yozib olingan hozirgi paytda yangi materiallar bilan yanada rivojlantirilsa, maqsadga muvofiq ish qilingan bo‘lar edi,-degan edi.
Hodi Zarifning fikricha, 1926 yildan beri yozib olinib kelinayotgan va qo‘lida mavjud "Go‘ro‘g‘li" dostonlarining ko‘pchiligi XVII asrdan avval yaratilgan. Ular orasida XI-XII asrlarda yaratilganlari ham bo‘lishi mumkin. Hatto bu dostonlar ayrimlarining bir qahramon atrofida turkumlashish jarayoni ham XVII asrdan avval boshlangan bo‘lishi kerak. XVII asrdan boshlab Ko‘ro‘g‘li va uning nomi bilan bog‘liq dostonlar mashhur bo‘laboshlagach, Janubiy Ozarbayjonda yarim tarixiy, yarim afsonaviy voqealar asosida yaratilgan bu dostonlarning ayrim bir syujet va motivlarning qayta ishlangan holda O‘rta Osiyoga "kuchgan bo‘lishi" tabiiydir. Olim bu yerda, xususan, o‘zbeklar yashaydigan hududlarda ularga ilgaridan mavjud dostonlar, shuningdek, yangidan yaratilganlari ham qo‘shilib, Go‘ro‘g‘li//Ko‘ro‘g‘li nomi atrofida turkumlashish yanada kuchayganligini aniqlaydi. Shuningdek, turkumlashish jarayoni boshlangan XVII asrdan avvalgi dostonlarning ham bosh qahramoni Go‘ro‘g‘li nomi bilan yuritilgan bo‘lishi kerak. Biroq qadimiy turkiy go‘r//ko‘r so‘zlarining “botir", "mard", "bahodir" ma’nolari arxaiklashgan hamda qahramonning g‘ayritabiiy tug‘ilishi motivining mazmun va shakllariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilgan. Hatto dostonlarda yonma-yon kelgan bir ko‘rning o‘g‘li " tushunchasi ham unutila borib, bosh qahramon nomidagi "go‘rda tug‘ilgan o‘g‘il" tushunchasining mano va mohiyati, u bilan bog‘liq tasavvur va qarashlar yanada kuchaytirilgan. Shu bilan birga dostonlarning ayrim variantlarida qahramon nomidagi qadimiy mano – "botiro‘g‘li" tushunchasi ham saqlanib qolgan. Turkumning so‘nggi dostonining "Ero‘g‘li" deb atalishi ham buni tasdiqlashini bildiradi. Alloma kuyinib, boshqahramonning o‘tkinchi va boqiy dunyo, umr poyonida yashab o‘tilayotgan hayotdan faxr-iftixori, shu bilan birga afsusnadomatlari, armonlari tasvirlangan, otalar ishining farzandlarda davom etishi kuylangan ko‘p tarmoqli bu doston o‘z vaqtida yozib olinmay qolib ketgan. Baxshilarning inson va olam haqidagi xalqona qarashlari o‘ziga xos bir ravishda ifodalangan bu dostonni Po‘lkan shoir mukammal bilgan. Shoirning ma’lumotiga qaraganda, " Go‘ro‘g‘li" turkumi dostonlari orasida hajm ji hatidan eng kattasi ham shu "Ero‘g‘li” bo‘lgan. "Uning sheriy qismining o‘zi taxminan o‘n ming misradan ortiqroqdir”, der edi Po‘lkan shoir. 20-yillarning oxirlaridagi dinga nisbatan o‘ta salbiy munosabat ham bizning bu dostonni yozib olishga harakat qilganligimizga sabab bo‘lgandir, ehtimol. Shundan keyin Hodi Zarif har ikki nusxani qiyoslab, Ergash shoir variantidagi ayrim tarixiy voqealar bilan bog‘liq o‘rinlar yig‘ma matnda tushirib qoldirilganini, bu esa, doston badiiyligiga zarar yetkazganini, elas-elas ko‘zga tashlanadigan tarixiy fon yo‘qotilganini asoslab beradi.
Hodi Zarif 1946 yilda yozilgan hamda "Kuntug‘mish"dostonining 1949 yilgi nashriga so‘zboshi sifatida e’lon qilingan bir maqolasida quyidagilarni alohida ta’kidlagan edi: "Kuntug‘mish"dostoni Sharqda ko‘pdan ma’lum traditsion syujet va motivlar asosida maydonga kelgan
xalq dostonidir. Dostondagi atoqli opiarning ba’zilari (Avliyo ota. Qoraxon Buvraxon) ma’lum tarixiy davrlar bilan bog‘langan bo‘lsalar ham , bu dostonning yaratilish davrini qat’iy aniqlash hozircha mumkin emas. Qoraxoniylar X asrlardan Sharqiy Turkiston va Movarounnahrda ikki asrdan ortiq hukmronlik qilgan elatlar Qoraxoniylar o‘zlarini Sotuq Bug‘roxon avlodi, Afrosiyob nasli deb naql qilardilar. Qoraxoniylar sulolasi Qoraxon otli yoki laqabli bir hukmron bilan bog‘langan bo‘lishi shubhasizdir Bir naqlda: "Abdurahim bob, uning o‘g‘li Shohhasan (laqabi Qilich Qoraxon), uning o‘g‘li Husaynsh oh, uning o‘g‘li Abdulaziz (laqabi Arbuz Qoraxon), uning o‘g‘li Shohmahmud (laqabi Avliyo ota Qoraxon) qabrlari Talasda", deb ko‘rsatishadi. Tekshiruvchilarning fikrlariga qaraganda, bunday rivoyatlar Avliyo ota (hozirgi Jambul) va uning tevaraklarida ko‘proq tarqalgandir. Shuning bilan birga tarixlarda Sotuq Bug‘roxon musulmon bo‘lgandan keyin Koshg‘ar xalqiga ham musulmonlikni qabul ettirgani naql etilad i. Shubhasiz, tarixiy faktlarga asoslangan bu rivoyatlardagi ayrim faktlar "Kuntug‘mish"dastonida qaytariladi. Yozma rivoyatlarda Qoraxonning qirq yil podsholik qilgani, oxirgi o‘n besh yil umrini toat-ibodat bilan o‘tkazgani so‘zlansa, ”Kuntug‘mish"da ham ayni fikrlarning takrorini ko‘ramiz”.
Hodi Zarif xalq eposining har bir obrazi syujet tizimidagi har bir motivlarning genetik asosini teran tahlil qiladi. O‘zbek xalq dostonlarining yozib olish, ularni qiyoslash, variant va versiyalarini aniqlash, eposning o‘ziga xos tabiati borasida dastlabki nazariy xulosalarni ilmiy jamoatchilikka yetkazishda allomaning beqiyos xizmatlari bor.
Akademik To‘ra Mirzayevning xotirlashicha, 1964 yili Til va adabiyot instituti hozirgi Yahyo G‘ulomov ko‘chasidagi Fanlar akademiyasi binosining birinchi qavatiga joylashtirilgan. Folklor bo‘limiga ichma-ich o‘tadigan uchta xona ajratiladi. Eng ichkaridagi xonada kichik ilmiy xodim lavozimidagi To‘ra Mirzayev Hodi Zarif bilan birga ishlarkan. "O‘zbek xalq ijodi" ko‘p jildligini nashrga tayyorlash ishlari eng qizg‘in ketayotgan paytlar. Nashrga tayyorlanadigan dostonlarni H.Zarif qo‘lyozmadan o‘qib aytib turar, To‘ra Mirzayev yozib borgan. “Bir necha kundan beri "Yakka Ahmad" dostonini tayyorlayotgandik. Nima uchundir domla dostonni yozdira boshlaganlarida aytuvchi va yozib oluvchini aytmadilar. Doston matni ustidagi ish yarimlab qolganda to‘satdan: ”Ayting-chi, doston kimdan yozib olingan?” – deb so‘rab qoldilar. Dabdurustdan berilgan bu savoldan dovdirab qoldim. Zo‘rg‘a o‘zimni tutib: "Arxiv kartotekasida Jolg‘osh Jossoq o‘g‘lidan yozib olingan deb qayd etilgan. Ammo bandlarning tuzilishi, misralarning qofiyalanishi, dastlabki banddagi oxirgi misraning keyingi bandda uchinchi misra sifatida qaytarilishi kabilar Ergash Jumanbulbul o‘g‘lidan yozib olingan dostonlarga o‘xshaydi", dedim kaltirab. Domla: "Nega qaltiraysiz? To‘g‘ri javob berdingiz", deya qo‘lyozma tarixini so‘zlab berdilar. Ergash shoirning amakisi mashhur Jossoq baxshining o‘g‘li Jolg‘osh baxshi faqat birgina "Yakka Ahmad" dostonini to‘la ravishda kuylab kelgan, – deya hikoya qilgandilar domla o‘shanda.
Ammo shu dostonni yozib olishga harakat qilinganda Jolg‘osh baxshi uni tuzukroq qilib aytib berolmagan. Shunda Ergash shoir dostonni o‘zi bilganicha yozib chiqib, o‘zining aytishicha, "Jolg‘osh baxshining ham nomi saqlanib qolsin" degan yaxshi niyatda qo‘lyozmani uning nomidan Folklor arxiviga topshirgan. Shu tariqa qo‘lyozma arxivda Jolg‘osh baxshi nomi bilan qa y d etilgan. Ammo folklor qo‘lyozmalarini Samarqanddan Toshkentga ko‘chirish davrida Ergash ota dastxati yo‘qolgan. Undan aynan ko‘chirilgan nusxagina saqlanib qolgan. Hozir dostonni shu nusxa asosida tayyorlamoqdamiz”.Materiallardan ma’lum bo‘lishicha, Hodi Zarif 1936 yilning kech kuzida Jo‘shga borib, Ergash otani Toshkentga olib keladi. 1937 yilning apreligacha Ergash shoir H.Zarifning uyida yashaydi. Ergash otaning aytishicha, bir necha bor Toshkentga kelish ga harakat qilgan. Ammo bunga imkoniyat topolmagan. Oxiri Jolg‘osh baxshi o‘zidan ancha yosh bo‘lgani sababli bisotidagi birgina echkini unga berib, sotib kelishni va pulini yo‘l xarajati qilib Toshkentga olib borishni so‘ragan. Jolg‘osh baxshi esa echkini sotib, pulini o‘ z oilasi ehtiyojlariga sarflab, turli bahonalar bilan shoirni Toshkentga olib bormagan.
T.Mirzayev bu voqeaga birdan-bir guvoh domlaning o‘zlari ekanini aytib, bo‘limda yoshlar nomidan adolatni tiklash zarurligini iltimos qiladi va doston haqiqiy aytuvchisi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li nomiga qayta rasmiylashtirilib, "Bulbul taronalari" besh jildligining birinchi jildida 1971 yili nashr etiladi. Hodi Zarifning naqadar sof dil va adolatni yoqlovchi inson ekanligi uning nafaqat shaxsiy hayotida, balki, folklorshunoslik fanidagi faoliyatida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu o‘rinda ustoz allomaning folklor asarlarini yozib olish, ularni nashrga tayyorlash, mavjud folklor yoeuviga (matnga) munosabat masalalariga qarashlarini yanada to‘laroq va yorqinroq tasavvur qilish uchun olimning hayotligi davrida e’lon qilingan asarlaridan biriga murojaat etishga to‘g‘ri kelib qoldi. Zero, ustozning og‘zaki suhbatlarini uning nashr etilgan asarlaridan ayro tasavvur etish mumkin emas. Ular birgalikda yaxlit ilmiy siymo — Hodi Zarifni butun bo‘y-basti bilan sifatlab bera oladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining 1961-1965 yillardagi ilmiy-mavzuiy rejasida ”O‘zbek folklorshunosligi tarixi ocherklari"ni yaratish ko‘zda tuzilgandi. "O‘zbek xalq ijodi" ko‘pjildligini nashrga tayyorlashga kirishish munosabati bilan 1963 yil boshlarida mazkur mavzuni ishlash to‘xtatiladi. 1961-1962 yillari Hodi Zarif mazkur mavzu bo‘yicha juda kup materiallar to‘plagan hamda ayrim qismlarini yozgan ekan Hodi Zarif 1968 yili rus tilida yozilgan bu qismlarni tarjima qilish va nashrga tayyorlashni T.Mirzayevga topshiradi. T.Mirzayev ularni tarjima qilib, "O‘zbek sovet folkloristikasi tarixidan" degan umumiy nom ostida birlashtirib domlaga topshiradim. Domla uni ko‘rib chiqib, nashrga ruxsat beradilar. Kichik bir monografik tadqiqot xarakteridagi mazkur maqola 1970 yili "O‘zbek sovet folklori masalalari" nomli maqolalar to‘plamida bosilib chiqadi. Maqolada Hodi Zarif, – fol’kloristika tarixida qay bir qo‘shiq yoki poemani o‘ylab chiqarib, uni o‘zbek xalqi nomidan tarqatishga urinuvchi felsifikatorlar ham bo‘ldi. Folklorni bunday soxtshashtirishga jurnalist L.Solovyevning go‘yo 1925 yilda Konibodomdan yozib olgan va asl nusxasisiz rus tilida e’lon qilgan "Lenin haqida rivoyat" degan uydirmasi misol bo‘la oladi. L.Solovyev o‘ylab chiqargan bu soxta, bema’ni to‘qimaga ko‘ra, og‘ir bir toshni ag‘darib, to‘nkarib tashlovchi kishi kerak. Xudo shunday odamni topish uchun o‘z vakilini yuboradi, vakil topa olmaydi. Oxirida xudoning o‘zi darvesh qiyofasida yer yuziga keladi. Tosh ag‘darilgan. L.Solovyev tendensiyasi faqat o‘zbek folkloristikasi uchungina emas, balki umuman zamonaviy xalq poeziyasi uchun o‘tazararli edi. Shuning uchun ham biz 1931 yilning boshida Moskvada o‘zbek folklori haqida qilgan dokladlarimizda L.Solovyevning xalq nomidan taqdim etgan "asari "ning soxtligini fosh etgan edik. Lekin bizning fikrimiz boshqa xalqlarda sh unga o‘xshash “faktlar” uchraydi degan motivirovka bilan qo‘llab-quvvatlanm adi. Biz o‘z mulohazamizda qat’iy turgan holda shundan keyin bu "fakt “ni faqat Konibodomda emas, balki O‘zbekistonning barcha yerlarida tekshirib ko‘rdik. Aniq bo‘ldiki, o‘zbek xalqi hech qayerda L.Solovyev taqdim etgan "poema"ni bilmaydi. Bu "asar“ning soxta va bema’niligini xalq tasavvuriga to‘g‘ri kelmasligi, uning originalining bo‘lmasligi ham tasdiqlab turibdi”.
Folklorni yozib olish va nashr etishda soxtalashtirish, qalbakilashtirish, falsifikatsiya qilish ham o‘zbek folklorshunosligi taraqqiyotiga ozmuncha zarar yetkazmagan. An’anaviy folklorni qo‘pol falsifikatsiya qilishning yorqin misoli folklorshunos O.Sobirovning 1951 yilda yozib olgan va 1954 yilda O‘z SSR Fanlar akademiyasi nashriyotida bostirib chiqargan "Nigor va Zamon" dostonidir. Traditsion eposga baho berishda nigilistlarning g‘ayriilmiy pozitsiyasida turgan folklorshunos O.Sobirov tom ma’noda ilmiy asosga qo‘yilgan to‘plovchilik ishlarining metod va metodologiyasiga qarshi borib, "Nigor va Zamon" dostonini yozib olishda asarning forma va mazmunini ”yaxshilash" bahonasida o‘zining "ijodiy" aralashuvi bilan talantli xalq shoiri Islom Nazar o‘g‘lini dovdiratib qo‘yyadi. U 1952 yilda "Alpomish "dostoni muhokamasida o‘z xato pozitsiyasini asoslashga behuda urinadi. U aytadi: "O‘zbek fol’kloristlari hozirgacha u yoki bu asarni qayta ishlashni falsifikatsiya qilish deb hisoblaydilar. Bu xato, aniqrog‘i, zararli tendensiyadir" O.Sobirovning ilmiy to‘g‘ri yo‘lni "zararli tendensiya" deb baholagan mulohazalarini rad etgan holda "Nigor va Zamon"dostoni o‘ta darajada falsifikatsiya qilingan. Biror kishi O.Sobirov qo‘lyozmasini o‘qib chiqar ekan, mazkur matnning ishonchli nusxa bo‘la olmasligiga qanoat hosil qiladi va uning an’anaviy dostonga mas’uliyatsizlik bilan hozirgi zamon ziyolisi tushunchalarini kiritganidan g‘azablanadi. Buni O.Sobirovning o‘zi ham tan oladi: "Ish jarayonida menga 95 protsent diniy mulohazalar va iboralarni chiqarib tashlashga to‘g‘ri keldi. Bu narsa doston mazmuniga ta’sir qilmadi. Shu bilan birga biz bazi obrazlarni ham ishlashni oxiriga yetkazdik... Biz baxshi bilan birgalikda dostonni qisqartirdik".
Ko‘rinadiki, Hodi Zarif folklor asarlarining tabiatiga zid bormasdan uni yozib olishni talab etadigan olim. U har bir folklor materiali nafaqat og‘zak adabiyot, balki, shevashunoslik, etnografiya kabi fan sohalari uchun ham muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlaydi.
Xullas, Hodi Zarifning o‘zbek xalq eposshunosligida tutgan o‘rni quyidagilarda ko‘rinadi:
Xalq eposini yozib olish, nashr etish ishlaridagi fidoyi faoliyatida;
Epik asarlar syujet tizimi motivlar tarkibi, obrazlar rang-barangligi va ularning genetik asoslarini tadqiq etishdagi xizmatlarida;
Xalq eposining variant va versiyalarini yaratilishi, ularga ilmiy baho berilishidagi xizmatlarida;
Folklor matnlarini sofligini saqlash, traditsion to‘plash metodlarini ommalashtirishida.
2. O‘ZBEK DOSTONCHILARINI O‘RGANISH BORASIDA HODI ZARIF XIZMATLARI
Hodi Zarif ilmiy faoliyatida O`zbek baxshilik san’ati, undagi ta’lim usullari, xalq shoirlarining hayoti va ijodi, epik repertuar, o`zbek dostonchiligi va ularni urganish alohida o`rin tutadi, Uning Pulkan, Ergash Jumanbulbul o`g`li, Fozil Yuldosh o`g`li, Islom shoir, Abdulla Nurali o`g`li, Bola baxshi kabi dostonchilar haqidagi tadqiqotlarida, eposga doir qator maqolalarida, professor V. M. Jir­munskiy bilan hamkorlikda yozgan «O`zbek xalq qahramonlik eposi» degan kitobida va nihoyat «O`zbek xalq baxshilari» nomli umumlashtiruvchi xarakterdagi asarida epik repertuarning tarqalish, yashash sharoitlari, xalq san’atkorlarining ijodchi va ijrochilik faoliyati atroflicha yoritildi. Olim­ning umumiy epik traditsiyani o`rganish bilan birga o`z navbatida yangi bir an’ananing boshlanishiga asos bo‘lishi mumkin bo`lgan xalq shoirlarining individual mahoratiga, shaxsiy tashabbusi va ijodiy variantlariga katta e’tibor bilan qarashi prinsipial ahamiyatga ega.
Hodi Zarif dostonchiga ijodchi sifatida qarab original kuzatishlar olib bordi. Natijada traditsiya va improviza­siya, dostonchilik maktablari va turli sotsial muhitdagi ijrochilik sharoitlarining uzaro munosabatlari, aytuvchi tarbiyalangan muhit va uning epik repertuarga ta’siri, ustoz va shognrd tutish, kuychi va uning tinglovchilari, xalq dostonlarining yashash va tarkalish sharoitlari masalalarida mu- him kashfiyotlar qildi. Tadqiqotchining tugri pozitsiyada turishi dostonchilar uslub, yul o`zgachaligi bilan bir-biridan farqlanishini aniqlashga, ularning har biriga xos indivi­dual ijodiy xususiyatlarni belgilashga imkon berdi. Har bir dostonchi yoki dostonchilar gruppasining o`ziga xos poetik yuli, stili borligini o`zbek folkloristikasida birinchi bulib aniqlagan olim uni shartli ravishda baxshilar mak- tabi deb atadi va Bulungur, Shazfisabz kabi doston­chilik maktablarining spetsifik xususiyatlarini yoritdi. Xorazm dostonchiligi o`ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini qayd etdi. Shuningdek, tadqiqotchi goyaviy-estetik prinsiplari jihatidan yuqoridagi maktablarga qarama-qarshi bul­gan, XX asr boshlaridayoq inqirozga yuz tuta boshlagan Juma dostonchilik maktabi mavjudligini ham aniqladi.
Shuni qayd etish zarurki, ayrim olimlar xalq ijodchilariga nisbatan bizda yaratilgan imkoniyatlarga shubha bilan qaradilar. Hodi Zarif tadqiqotlarida Ergash Jumanbulbul o`g`li, Fozil Yuldosh o`gli, Pulkan kabilarning xalq epik traditsiyasini faqat davom ettiruvchilargina emas, balki uni boyitgan va yangi tarixiy sharoitda yanada rivojlantirgan san’atkorlar sifatida baholanishi bunday tuhmatchilarga tegishli zarba berdi. Fol­klor utmishning oddiy traditsiyada saqlanib qolgan qandaydir qoldig`i emas, balki u ijtimoiy hayot bilan mahkam bog`langan inson badiiy tafakkurining ma’lum bir ko`rinishi, jonli va hayotiy jarayon, «tuxtovsiz oqib turuvchi poetik oqimdir».
Hodi Zarif shunday bir davrda folkloristikaga kirib keldiki, bu vaqtda o`zbek xalq og`zaki ijodi bo`yicha biron bir tadqiqot ishi u yoqda tursin, hatto folklor tekstining tuzukkina nashri ham yuq edi. Shuning uchun ham tuplash, ham urganish, ommaga yetkazish — nashr etish bilan bir vaqtda shugullanish zarur buldi. Bu jihatdan u e’lon qilgan materiallar fanda birinchi marta ma’lum etilishi bilan xa- rakterlanadi. «Malikai Ayyor», «Matritsa», «Kunduz», «Rav­shan», «Chambil qamali», «Chambil mudofaasi», «Kunturmish», «Yodgor», «Shayboniyxon», «Xurshidoy», «Oysuluv», «Rustamxon» kabi traditsion dostonlar, «Mamatkarim polvon», «Jizzax kqo`zg`oloni», «Ochildov», «Amir qochdi»,, «Xasan batrak», «Kooperativ urrilari» kabi zamonaviy asarlar, bir qancha ertaklar, termalar, maqollar va topishmoqlar olim tomonidan birinchi marta nashr etildi. Bu nashrlarning xarakterli tomoni shundaki, ular tayyorlovchi tomonidan yetarli ilmiy apparat bilan ta’minlangan, har bir suzning originaldan aniqlanishiga va tugri yozi- lishiga harakat qilingan. Ilmiy meyor bilan kitobxonlar urtasidagi nisbat doimo hisobga olingan.
Hodi Zarif u yoki bu asarni nashrga tayyorlashni origi­naldan joriy grafika va orfografiyada oddiygina kuchirpsh, deb tushunmaydi, u har bir nashr ilmiy-ijodiy mehnat, izlanishlar natijasi ekanligini o`qtiradi. Bunda sal e’tiborsizlik qilinsa, muhim bir lingvistik faktni yoki ogzaki ijod mohiyatini ochib beruvchi, xalq hayotini urganish uchun ahamiyatli bulgan tarixiy va etnografik detalni yuqotib yuborish mumkin. Bu esa katta chalkashliklarga olib keladi. Olim safdoshlari va o`quvchilarining bu sohadagi faoliyatini uzluksiz kuzatib boradi. U xalq og`zaki ijodi namunalarini nashr etish bilan cheklanib qolmay, praktikada qulga kiritilgan natijalarni umumlashtirdi, nazariy masalalarni ishlab chiqdi. Olimning «O`zbek xalq ijodi kup tomligi asarlarini nashrga tayyorlash prinsiplari» nomli umumlash- tiruvchi ishga bu sohada qilingan muhim tadqiqotlardandir.
Folklor tekstlariga mas’uliyat bilan qaragan va bu so­hala ancha tajriba orttirgan Hodi Zarif o`zbek klassik adabiyotining ilmiy-tanqidiy tekstlarini yaratish, uning prinsiplarini ishlab chiqishda munosib hissa qo`shdi. Uning Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» dostonlarining ilmiy-tagnqidiy nashrlariga mas’ul muharrir bulishining boisi ham ana shunda.edi.
Hodi Zarif qamrovi keng olim edi. U asosiy ixtisosi -— folkloristika bilan bir vaqtda adabiyot tarixi, o`zbek dialektologiyasi, leksikologiya, leksikografiya, etimologiya, etno­grafiya va arxeologiya masalalari bilan ham jiddiy shugullandi. Ayniqsa, uning adabiyot tarixi va tilshunoslikka qo`shgan hissasi o`zining originalligi bilan ajralib turadi.
Atoqli olimning adabiyot tarixiga oid tadqiqotlarining xarakterli xususiyati shundaki, u juda kam o`rganilgan yoki umuman tekshiruvchilarning nazoratidan chetda qolgan masalalarni qalamga oladi. Bu jihatdan, uning adabiyotimiz tari- xining XIV, XV, XIX asrlariga murojaat etishi ayniqsa xarakterlidir. Tadqiqotchi XIV, XV asrlar o`zbek adabiyotiga oid asarlarida, bir tomondan, o`zbek poeziyasining asoschisi Alisher Navoiyning buyuk shoir bulib yetishishiga asos bo`lgan adabiy zamin — ulug shoirning ijodiy muhitini yoritsa, ikkinchi tomondan, o`z muhitidan juda yuksak kutarilgan, o`z zamonasida va undan keyin ham bir necha asr davomida turkiy tildagi adabiyotning taraqqiysi uchun o`rnak va juda boy ada- biy zamin bulgan Navoiy ijodining u yoki bu masalalarini tekshirdi. Uning Xorazmiy, Sayfi Saroiy, Qutb, Ahmadiy, Durbek, Daydar, Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy, Husayniy, Shayboniy, Bobur g`azaliyotidagi ma’lumotlari nihoyatda aniq- ligi, asoslanganligi, mazkur shoirlar ijodiga berilgan il­miy bahosi bilan diqqatga sazovordir. XIX asr o`zbek adabiyoti haqida gapirilar ekan, bunda Hodi Zarifning ulug` shoir Muqimiy haqidagi asarini alohida ta’kidlash kerak. Olim shoirning ilmiy biografiyasini yaratishda salmoqli hissa qushdi, fanda umuman ma’lum bulmagan yangi materiallarni e’lon qildi.
Hodi Zarifning o`zbek tilshunosligiga oid qaydlari, nashrga tayyorlangan dostonlarga ilova qilingan lo`g`atlari, o`zbek tili shevalarini o`rganishga doir transkriitsiyasi, «Lo`g`at ham termin tuplovchilarga qo`llanma» asari va, nihoyat, «Devonu lug`otit-turk» leksikasining o`zbek folklorida ko`rinishi» nomli tadqiqoti tilshunoslikka qo`shilgan muhim hissadir. Ularda sheva va adabiy til, sheva va folklor tili, til va uslub, til va termin, folklor va til tarixi kabi masalalarni yoritishga harakat qilingan.
Tahlil etilayotgan obyektni tarix, arxeologiya, etnografiya, moddiy madaniyat, tasviriy san’at materiallari bilan keng planda qiyosiy urganish; shuningdek, o`rganilayotgan epik asarni, bir tomondan, versiya va variantlararo, ikkinchi tomondan. qardosh va boshqa xalqlar ijodiyotiga chogishtirish, bu bilan uning qadimiy ildizlari va asoslarini ochishga intilish Zarifovga xos tekshirishning bosh belgisidir. Zotan, xuddi shun­day ilmiy tekshirish bilangina, «Mirzachulni ikkinchi Far­gona — oq oltin, ipak va shirin mevalar koniga aylantirish uchun jonbozlik qilayotgan Farhodining ajoyib mehnatini kuylagan vddni^lardan, Bestun qoyalarini kesib, sut buloqlari ochgan Farhod zamonasigacha; vatan mudofaasi yo`lida jon berib, bosqinchi Kayxusrovni maqtovli qo`shini bilan o`limga mahkum etgan Urta Osiyo malikasining ta’rif- tavsiflaridan, tulporini ma’bud sifatida kursatuvchi, qo`- yoshni — ota, Oyni — ona deb tasavvur etgan davrlar tushunchasigacha olib boradigan folklor materiallarining sirlarini, qiymat va ahamiyatlarini ochib berishga» erishish mum­kin.
Folklorni ijro etilayotgan, yaratilayotgan yerda, yangi tarixiy sharoitda yuz bergan hodisalarni hisobga olgan xolda, mehnatkash ommaning hayoti, turmushi bilan bog`liq ravish­da o`rganish kerak. Olimning tuplovchilik faoliyati va kuza- tishlari shundan dalolat beradi.
Olimning tadqiqotlaridan shu narsa ravshan buladiki, xalq folklor asarlarida tasvirlangan voqyealarning, ular ko`p asrlik traditsiya doirasida ideallashtirilgan bulsa-da, tarixiy ^haqqoniyligiga ishongan va xalqimizning asriy ta­rixi uning ijodida o`ziga xos ravishda aks etgan.
Bunda Hodi Zarif tekshirishining yana bir tomoni namoyon buladi, ya’ni folklorni uni yaratuvchisi — xalqning tarixisiz urganish mumkin emas.
Hodi Zarif tadqiqotlarida folklor asarlarining milliy versiya va variantlaridagi umumiy o`xshashliklar mazkur qardosh xalqlarning tarixiy utmishda ma’lum bir etnik gruppadagi bir urug` yoki urug` ittifoqlariga kirishlari natijasi sifatida baholanadi. O`zbek folklori ayrim namunalarining yoki ba’zi bir motivlarning genetik qardosh bulmagan xalqlar folkloriga tipologik o`xshashligi yoki yaqinligi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, jamiyat taraqqiyoti umumiyligining mahsuli tariqasida talqin qilinadi. Bundan xalqlar va millatlar bir-biridan o`zlashtirib olmaydi, degan ma’no chiqmaydi, albatta. Uning asarlarida xalqlarning bir-biridan o`rganish, o`zlashtirishi qandaydir oddiy, mexanik po­lisa sifatida emas, balki murakkab ijodiy jarayon tariqasida tahlil etiladi. Bular qayd etilishi zarur bulgan Hodi Zarif tekshirishiga xos xarakterli momentlardir.
Hodi Zarifning qirq yildan ortiqroq davrdagi qidirish, izlanishlari yaxshi samaralar berdi. O`zbekistonda yangi fan— folkloristika yaratildi. U filologiya sohasidagi faoliyati bilan O`zbekistonda fanning rivojiga munosib hissa qo`shdi. Xususan, o`zining yetuk asarlari bilan o`zbek folkloristikasiga asos soldi va uning yetakchi rahbarlaridan biri bo`lib qoldi. Akademik V. M. Jirmunskiy haqqoniy ta’kidlaganidek: «Uning qiyofasida biz yetuk olimni — o`zbek folklori haqidagi fanni yaratuvchini kuramiz. Uning tuplovchi va tadqiqotchi sifatidagi mehnatlari bilan o`zbek xalq ijodi to`grisidagi fanning mustahkam asosi yaratildi. Men aytar edimki, uning qiyofasida o`zbek xalqi milliy madaniyatini o`rganish sohasida yangi yullar ochuvchi olimni ko`­ramiz».
Hodi Zarif folkloristikada o`z maktabini yaratgan ustoz olimdir. Uning keyingi asarlarida dastlabki tadqiqotlaridayoq ko`zga ko`ringan o`ziga xos tekshirish metodi batamom shakllandi. Bu metod, eng avvalo, tahlil etilayotgan materialni keng kulamda qamrab olishi bilan xarakterlanadiki, unda Hodi Zarifga xos sinchkovlik, prinsipiallik, chuqur ilmiylik, materiallarni birinchi darajali masalalar atrofiga jalb etish kabi holatlar aks etgan.


Download 178.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling