Mavzu: hodi zarif – folklorshunos reja. 1O‘zbek eposshunosligining o‘rganilishi va taraqqiyotida alloma Hodi Zarifning o‘rni
Folklor asarlarini qo‘lda yozib olish
Download 178.5 Kb.
|
HODI ZARIF – FOLKLORSHUNOS
Folklor asarlarini qo‘lda yozib olish yozib oluvchidan maxsus filologik tayyorgarlikni talab etadi. Amaliyotchi talaba adabiyotshunoslik, tilshunoslik, dialektologiya, tarix va etnografiya fanlaridan muayyan darajada bilimga ega bo‘lishi lozim. Agar yozib oluvchi bu fanlarda bexabar bo‘lsa, birinchidan, o‘zi yozib olayotgan asarning mohiyatini, uning mazmunidagi nozik badiiy mu’jizalarni, asarning g‘oyaviy –poetik xususiyatlarini yaxshi tushuna olmaydi. Ikkinchidan, filologik va etnografik bilim kamligi o‘z-o‘zidan ayrim frazeologik iboralarning, tarixiy shaxslar nomlari va gegrafik atamalarning buzib, noto‘g‘ri, ko‘r-ko‘rona yozilishi va talqin etilishiga sabab bo‘ladi. Amaliyotchi talabalar folklor asarlarini yozib olishda quyidagi metodlarga qat’iy amal qilishlari shart:
a) folklor asarlarini faqat ijro etilayotgan paytda yozib olish kerak. Biror asarning mazmunini esda saqlab qolish va uni keyin xayolda jonlantirib qog‘ozga tushirish folklor asarini soxtalashtirishga, qalbakilashtirishga olib keladi. Bu holda og‘zaki ijodga xos soddalik, lo‘ndali, fikrni xalqona quyma ifodalarda ifodalash, tasvirdagi betakror joziba yo‘qoladi. b) ijrochi yoki axborotchiga ijro vaqtida halaqit berish, uning so‘zini bo‘lish, tushunmay qolgan so‘zni iborani so‘rash yoki ayrim o‘rinlarni (ijro jarayonida diniy, axloqiy normalarga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlar, tasvirlar, qo‘llanmalarda) qisqartirishni, o‘zgartirishni talab etish mutlaqo mumkin emas. Faqat asarni yozib olishni tugatgandan keyingina ijrochiga savol berish, tushunilmay qolgan o‘rinlarni so‘rab to‘ldirish, izohlash mumkin. Agar ijro davomida yozib olishga ulgurilmagan joylar bo‘lsa, ijrochiga asarni o‘qib berib kemtik o‘rinlarini to‘ldirish maqsadga mvofiqdir. v) aytiuvchi qanday aytgan bo‘lsa, aynan shunday yozib olish kerak. Aytuvchining talaffuzdagi sheva xususiyatlari to‘liq saqlanmog‘i lozim. g) yozib olinayotgan asar turli xil qog‘ozlarga, tasodifiy uchragan daftarlarga yozib borilmasdan bir xil hajmdagi umumiy daftarga yozilishi shart. d) yozib oluvchi tez va aniq yozib olish malakasiga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun tez yozishning ikki usulini qo‘llash mumkin. Birinchisi- asar matnidagi qaytariqlarni muayyan belgilar bilan ifodalash. Ikkinchisi, so‘zlarni qisqartirib yozish, ayrim kelishik qo‘shimchalari, ko‘plik affiksi o‘rniga belgi qo‘yish usulidan ham foydalanish mumkin. Xulosa Hodi Zarif qamrovi keng olimdir. U asosiy ixtisosi – folkloristika bilan bir vaqtda adabiyot tarixi, o‘zbek dialektologiyasi, leksikologiya, leksikografiya, etimologiya, etnografiya va arxeologiya masalalari bilan ham jiddiy shug‘ullangandi. Ayniqsa, uning adabiyot tarixi va tilshunoslikka qo‘shgan hissasi o‘zining originalligi bilan ajralib turadi. Ҳоди Зариф – ўзбек фольклоршуносининг асосчисидир. У ХХ асрнинг биринчи чорагидан бошлаб, ўзбек фольклори материалларини тўплаш, ва уларнинг назарий муаммоларини тадқиқ этиш билан шуғулланган, кейинчалик ўз тадқиқот услуби билан бутун иттифоқ олимлари орасида алоҳида шуҳрат қазонган, узининг алоҳида илмий мактабини яратган алломадир. Hodi Zarif folklorшунослик maktabini yaratgan ustoz olimdir. Olimning tadqiqotlaridan shu narsa ravshan bo‘ladiki, xalq folklor asarlarida жанрий мансубияти жиҳатидан таснифлаган ва ҳар бир жанрнинг табиати борасида дастлабки тўлиқ назарий хулосаларни қўлга киритган тадқиқотчидир. Tasvirlangan voqealarning, ular ko‘p asrlik an’ana doirasida ideallashtirilgan bo‘lsada, tarixiy haqqoniyligiga ishongan va xalqimizning asriy tarixi uning ijodida o‘ziga xos ravishda aks etgan. Olimning qirq yildan ortiqroq davrdagi qidirish izlanishlari yaxshi samaralar berdi. O‘zbekistonda yangi fan – folklorшунослик yaratildi. Hodi Zarif o‘zining bugun ilmiy faoliyati davomida tarixiylik, hayotiylik va haqqoniylik, xalqchillik, tushunarlilik, izchillik, vorisiylik, milliylik, prinsipiallik ishonchli birlamchi manbalar bilan ishlash kabi bir qator ilmiy-nazariy tamoyillarga amal qilganligi uning izlanishlariдa o‘ziga xoslik bag‘ishlab, olimlik qiyofasini belgiladi deyish mumkin. Hodi Zarifнинг nazariy qarashlari bugunda ham o‘z ilmiy qimmatiga ega. U oldinga surgan fikrlarning jahon folklorshunosligida mavjud fikrlar bilan mos kelishi, ya’ni, umum-estetik talabalarga javob berishi bunga dalildir. Download 178.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling