Oʻzbek Dialektologiyasi Fani va Mazmuni Reja Dialektologiya fanining maqsad va vazifalari


Download 132.56 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi132.56 Kb.
#1490917
Bog'liq
Oʻzbek dialektologiyasi

Termiz Davlat Universiteti òzbek filologiyasi fakulteti 421- guruh Oʻzbek dialektologiyasi fani Bajardi: Shopòlatova Gulhayo

Oʻzbek Dialektologiyasi Fani va Mazmuni

Reja

1.Dialektologiya fanining maqsad va vazifalari

2. Tarixi va taraqqiyot bosqichlari

3. Oʻzbek dialektologiyasining tilshunoslik va boshqa fanlarga aloqadorligi.

Dialektologiya oʻzbek tilshunosligining bir sohasi boʻlib, biror tilning sheva, dilalekt va lahjalarini oʻrganadigan fandir. Dilakektologiya grekcha dilalekt soʻzidan olingan boʻlib biror tilning mavjud sheva va lahjalarini oʻrgatadi.Dilalekt - sheva, logos-ta'limot,ya'ni sheva haqida ta'limot degan ma'noni bildiradi. Dunyoda mavjud tillarning deyarli barchasi oʻziga xos ichki sheva va shevachalardan iborat. Turkiy tillarning har biri bir necha sheva va dilaektlardan iboratligi ma'lum. Biroq oʻzbek tili turkiy tillar ichida oʻzining koʻp shevaliligi, dialektligi bilan farqlanadi. Shevashunoslikning bilimdonlaridan biri orofessor E.D.Polivanov:"..turkiy tillarning bbirortasi ham oʻzbek tili singari bu qadar keskin farqlanmaydi,demak,.birorta turkiy til ham shu qadar spetsifik,dialektal xilma xillik xususiyatiga ega emadir." degan edi

Sheva-biror til doirasidagi xalq jonli tilining oʻziga xos fonetik,leksik va grammatik xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik qismi hisoblanadi.Masalan: Toshloq shevasi, Qarnoq shevasi, Turk shevasi

Dialekt-tilshunoslikka doir adabiyotlarda koʻpincha lahja ma'nosida ham qoʻllanadi, ba'zan sheva ma'nosida ham qoʻlllanadi. Olimlar tomonidan yyaratilgan dialektologiyaga oid ilmiy ishlarda sheva,dialekt va lahja atamalarini farqlamaslik, aralashtirib qoʻllash qoʻllash hollari ham uchraydi.Dialekt xalqaro atama boʻlib,umumlingvistik "dialekt" ma'nosida ishlatilish lozim. Oʻzbek dialektologiyasi fani uchun sheva va lahja atamalarini qoʻllash yetarlidir.Biroq oʻzbek xalq tilini oʻrgangan olimlar bir qator shahar shevalari uchun dialekt atamasini ishlatganlar.

Makonni oʻrganish nuqtai nazaridan dialektologiya 2 xil boʻladi:


1.Tasviriy
Dialektologiya
2.Tarixiy
Dilalektologiya

Tilshunoslik fani shevalarni oʻrganishdan boshlangan.Turkologiyada shevalarni oʻrganish Xl asrda Mahmud Koshgʻariy "DLT" asaridan boshlaganligi e'tirof etiladi.

Tilshunoslik fani shevalarni oʻrganishdan boshlangan.Turkologiyada shevalarni oʻrganish Xl asrda Mahmud Koshgʻariy "DLT" asaridan boshlaganligi e'tirof etiladi.

Dialektologiya fan sifatida jonli xalq nutqiga qiziqish tufayli XVll asr oxirlarida Germaniyada shakllandi.

Shevalarni ilmiy asosda oʻrganish esa XlX asrning ikkinchi yarmida ,,Yosh grammatikachilar" tomonidan boshlangan


Dialektologiya
Tarixi

1. Qadimgi turkiy til shevalarining o‘rganilishi. U XI-XIII asrning oxiri va XIV asr boshlari. Barcha turkey tillar uchun umumiy. Leksikani o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Masalan, “DLT” asari. 2. o‘rta asr o‘zbek shevalarining o‘rganilishi. Alisher Navoiy davri. “Muhokamat ul-lug‘atayn asari” : “xoqoni turkcha”, “xorazm turkchasi” adabiy til bilan qiyoslangan. 3. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida o‘zbek shevalarining o‘rganilishi. M,Terentev, A. Starchevskiy, Z. Alekseev, Nalivkin kabilarning asarlarida ma’lumot berilgan. 4. XX asrning 20 va 30-yillarida o‘zbek shevalarining o‘rganilishi. Bu yillarda Y.Polivanov, g‘.Yunisov, K.Yudaxin, V.Reshetovlar faoliyat ko‘rsatgan. Shevalarning fonetik, grammatik xususiyatlari tadqiq etildi va ilk ilmiy tasnifi tuzildi. 5. 50-yillar va undan keying davrlar. Bu davrda o‘zbek dialektologiyasi fan sifatida shakllandi.

Oʻzbek shevalarida farqli tomonlarning mavjudligi,shevalar tarqalgan hududning joylashuv oʻrni,tarixiy sharoitlari, aholi etnik tarkibining turliligiga bogʻliq.Shuningdek bu farqlar sheva vakillarining asrlar davomida qardosh, qardosh boʻlmagan xalqlar bilan oʻzaro yaqindan aloqada boʻlganligidandir.

Oʻzbek dialektologiyasining fanlar bilan aloqadorligi

Oʻzbek dialektologiyasi fani tilshunoslik fanlaridan biri sifatida avvalo " Hozirgi oʻzbek tili" fani bilan uzviy bogʻlangan. Oʻzbek dialektologiyasi Hozirgi oʻzbek tili fani nazariy asoslariga tayanadi.Shuningdek, "Oʻzbek tili tarixi" fanining "Qadimgi turkiy til" "Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi" boʻlimlari uchun ham nazariy,ham amaliy asos vazifasini bajaradi.Aksincha,oʻzbek dialektologiya bu fanlarning nazariy va amaliy materiallariga asoslanadi.

.


E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 132.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling