Annotatsiya: Maqolada O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari “qissasi asari tahlilga tortilgan. Unda qadriyat,milliylik, onalarning Vatanga tenglashishi, mehr-muhabbati cheksizligi tasvirlangan. Kalit so‘zlar


Download 68.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi68.85 Kb.
#1229046
  1   2   3
Bog'liq
2 5471956899685469334



O‘TKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” QISSASINING
BADIIYLIGI
Qurbonova Gulhayo Furqatjon qizi Namangan davlat universiteti
Boshlang‘ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishi 2-bosqich
talabasi.Telefon raqam :+998994022001
Annotatsiya:Maqolada O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari “qissasi
asari tahlilga tortilgan. Unda qadriyat ,milliylik, onalarning Vatanga
tenglashishi, mehr-muhabbati cheksizligi tasvirlangan.
Kalit so‘zlar: ona, hikoya, onalar allasi, mehr-muhabbat

“Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh
kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu-Ona
mehri! Olloh onani shunday yaratgan!”
Kirish.
Vatanimiz
mustaqillikka
erishgach,hayotimizning
barcha
sohasida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Ularga yangicha nuqtai-nazar
bilan qarash,har bir sohani hurfikrlilik va milliylik tamoillaridan kelib
chiqqan holda shakllantirib,jamiyat hayotiga tadbiq qilish, bugungi
kunning ustuvor vazifasi sifatida belgilandi.Shu jumladan ta`lim sohasi
ham bu borada yetakchi o`rinlarni egallaydi.
E`tibor beraylik, biron-bir imorat qad ko`tararkan, uning asosi
hisoblangan poydevoriga juda katta ahamiyat qaratiladi. Mustahkam
poydevor esa,shakllanayotgan imoratning umriboqiyligini ya`ni kelajagini
taminlaydi. O`z mustaqilligini qo`lga kiritgan davlatning poydevori esa, bu
albatta, shu jamiyat bag`rida o`sib kelayotgan yosh avlod hisoblanadi.
Ularni milliy mafkura ruhida tarbiyalash, avvalo, ona vatanga, o`z tarixiga
hurmat va muhabbat tuyg`ularini shakllantirish, ta`lim borasidagi o`zbek
modelining yetakchi vazifalaridan biri hisoblanadi.Shu o‘rinda O‘tkir
Hoshimovning
“Dunyoning
ishlari
“qissasi
buning
yaqqol
isbotidir."Dunyoning ishlari" — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir
Hoshimov
qalamiga
mansub
memuar
qissa.
Asar
katta-kichik
hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda
2005-yilda "Sharq nashriyoti" tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik
boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi.Mana


salkam asar yaratilganiga 44 yil bo‘libdi.
Oʻtkir Hoshimov asarini 2005-yilgi nashrida shunday ta'riflagan.”Bu qissa
katta-kichik novellardan iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam
— onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oʻz koʻzim bilan
koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi oʻzgardi, xolos. Bu odamlarning
qismati ham qaysidir jihatdan onamga bogʻlangan.”
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov 20-asr o‘zbek adabiyotida
o‘z o‘rni va uslubiga ega boʻlgan adib. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi
bilan ajralib turadi. Dunyoning ishlari asari ham ana shunday xalqchil
asarlar sirasiga kiradi.. Adib asarlarida ona оbrazi shu qadar mustahkam
va muhim o‘rin tutadi, ularsiz, hattо yozuvchining yaхlit ijоdini tasavvur
qilish qiyin. Оna insоnga hayot bеradi, yuvib-taraydi,tarbiyalaydi. Оna
uchun eng to‘tiyo narsa, o‘g‘ilmi-qizmi, uning farzandi. Оna o‘z farzandi
uchun hamma narsaga, hattо jоnini qurbоn qilishga ham tayyor. SHuning
uchun bo‘lsa kеrak, оna haqida bеhisоb shе‘rlar to‘qilgan, dоstоnlar
yozilgan, katta-katta asarlar bitilgan. Kichik maqоllardan tоrtib, mubоrak
hadislarimizgacha оna madh etiladi, e‘zоzlanadi. Adib O‘zbеkistоn
Yozuvchilar uyushmasining Оybеk nоmidagi yillik mukоfоti bilan
taqdirlangan
“Dunyoning ishlari” qissasini yaratib, ma‘naviyat haqidagi bahsni davоm
ettirdi va o‘zbek onasiga haykal qo‘ydi. Qissaga taniqli ijodkor va
adabiyotshunos olimlar Said Ahmad, O.Sharafiddinov, A.Rasulov,
U.Normatov, B. Nazarovlar yuqori baho berganlar.

Download 68.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling