Annotatsiya: Maqolada O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari “qissasi asari tahlilga tortilgan. Unda qadriyat,milliylik, onalarning Vatanga tenglashishi, mehr-muhabbati cheksizligi tasvirlangan. Kalit so‘zlar


Download 68.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi68.85 Kb.
#1229046
1   2   3
Bog'liq
2 5471956899685469334

Asosiy qismi:Jonli va hayotiy tasvirlar, o'zbekona yondashuv va
xarakter,qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa tasirini kuchaytiradi.
Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet
davridagi oddiy qishloq oilalar-u, odamlar turmush tarzi adibning onasi
bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. O‘tkir Hoshimov shu kichik asarida
ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.
Oʻzbekiston
xalq
yozuvchisi
Said
Ahmad
qissani
shunday
tariflagan:„Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni
istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab
ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib
boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir
savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni
qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi “.


Muallif shunday deydi:”Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq
ularning ularning barchasida men uchun aziz odam-onam siymosi bor.
Bundagi odamlarning hammasini o’z ko’zim bilan ko’rganman. Faqat
ba’zilarining ismi o’zgardi xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir
jihati bilan onamga bog’langan.Dunyodagi hamma onalar farzandiga
munosabat bobida bir-biriga juda o’xshaydi.
Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag’ishlanadi, aziz Onajonlar! “
Shu o'rinda qissadagi «Gilam paypoq» hikoyasiga diqqat qilaylik. Unda
ona o'z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun har
narsaga, hatto jonini ham berishga tayyor. Ona qattiq shamollab qolgan
o'g'ilchasini shosha-pisha «Voy, endi nima qilaman! Voy,bolam o'lib
qoladi!» degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uyiga
yuguradi. Bola darddan biroz yengil tortgach, o'z sog'lig'ini xavf ostiga
qo'ygani—oyog'ini sovuqqa oldirgani ma'lum bo'ladi.Ertasiga onasi qattiq
shamollab yotib qoladi, dori-darmondan keyin tuzaladi, biroq salqin
tushishi bilan oyoqlari shishib, azob beradigan bo'lib qoladi. Bu ham “ona
mehrinining”naqadar cheksiz ekanligining yorqin dalili emasmi ……
Qilgan yaxshiligi evaziga hech narsa talab qilmaydigan, faqat siz uchun
kuyib yonadigan, minnat qilmaydigan, istalgan paytingizda jonini
so‘rasangiz beradigan yagona zot u-Ona! Biz farzandlar buning qadriga
ertaroq yetaylik.Ko‘zimizni kattaroq ochib qaraylik-chi, kim shu kungacha
ona kabi bizga sadoqatli bo‘la oldi. Kim eng og‘ir kunimizda ham dalda
bo‘lib tura oldi. Shu kungacha o‘tgan vaqtimizni, hayot yo‘limizni bir tahlil
qilib ko‘raylik. Bizning birinchi yig‘imiz onalarimizni xursand qilgan
xolos,qolgan barcha damlarda ular doimo biz bilan birga.
Asardagi “Alla” deb nomlangan bob ham nihoyatda ta'sirchanligi bilan
kishini rom etadi. Alla inson bolasi hayotda tinglaydigan ilk qo'shiq, u
vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unutilmasdir. Yozuvchi bu
ezgu
qo'shiqni ilohiy kuchga ega bo'lgan, ko'ngilni eritadigan ohang sifatida
ta'riflaydi. Ushbu bobni hayajonsiz, entikmasdan o'qish qiyin.
“Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam o‘o‘z seviklisiga aytgan dil
rozini dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam aytgan qo'shiqni
dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol,
dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni
dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq
dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning dunyoning


narigi chekkasidagi go‘dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki,
go'dak tushungan narsaga biz tushunmasak?Ehtimol buning boisi
boshqa joydadir. Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz.
Balki shuning uchun ham ona -tabiatning eng buyuk ixtirosidir. “
“Qarz” hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir
insoniyfazilati qalamga olingan.Hakima aya kamtargina nafaqasini ham
qo'shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi.O'tgan yili ularga
tufli olib bergan bo'lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko'ylak sovg'a qiladi.
O'g'illariga esa “qarz oluvdim, qarzimni
uzyapman” deb bahona qiladi.
Qissaning “Iltijo” deb nomlangan bobida insonning ona oldidagi
farzandlik burchi hech qachon to'lab bo’lmas qarz ekani nihoyatda
ta'sirchan ifodalanadi.Chunki onalarimizning hayotdagi o'rni beqiyosdir.
Ular bizni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, uzoq tunlar
beshigimizni tebratib,atrofimizda parvona bo'ladi,parvarishlab voyaga
yetkazadi. Buni teran idrok etgan yozuvchi onani qo'msash, uning
beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg'ularini g'oyat samimiy tasvirlay
oladi.

Download 68.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling