Mavzu: hodi zarif – folklorshunos reja. 1O‘zbek eposshunosligining o‘rganilishi va taraqqiyotida alloma Hodi Zarifning o‘rni
Folklor materiallarini yozib olish va to‘plash metodlari quyidagilardir
Download 178.5 Kb.
|
HODI ZARIF – FOLKLORSHUNOS
Folklor materiallarini yozib olish va to‘plash metodlari quyidagilardir:
statsionar o‘rganish metodi. Ekspeditsion –qidiruv metodi. Mamlakatimiz folklorshunoslari to‘plagan tajribalardan ma’lumki, xalq og‘zaki poetik ijodi namunalari asosan ikki xil yo‘l bilan to‘planadi: Statsionar o‘rganish metodi. Ekspeditsion-qidiruv metodi. Statsionar o‘rganish metodi bilan to‘plash deganda, ma’lum bir hududdagixalqning etnik tarkibi, sheva xususiyatlari, og‘zaki ijodi saqlanib qolgan va rivojlanayotgan yoki so‘nib borayotgan folklor janrlari, janrlar tarkibi, janrlar transformaciyasi, marosim folklori, urf-odatlari va an’analari kabi ko‘plab masalalarni o‘rganish mumkin. Folklor asarlarini stacionar o‘rganish metodi bilan to‘plash uchun mahalliy o‘qituvchilardan unumli foydalanish lozim. Statsionar o‘rganish uchun mo‘ljallangan hudud folklorini doimiy kuzatib kelayotgan folklorshunos kafedra rejasiga muvofiq mahalliy o‘qituvchilarga yoki talabalarga bir necha yilga mo‘ljallangan istiqbol reja asosida topshiriqlar berish va har yilgi natijalarni to‘plab borishi lozim. Statsionar o‘rganish metodidan kunduzgi bo‘lim taldabalarining folklor amaliyotida ham foydalanish mumkin. Buning uchun folklor janrlari keng tarqalgan alohida hududlarga bir necha yil ketma-ket amaliyotchi-talabalar ekspeditsiyasi yuboriladi. Bu usul bilan muayyan hududdagi folklor janrlarining taraqqiyoti, yashash tarzi tizimli asosda o‘rganiladi. Statsionar o‘rganish metodi folklor asarlarini to‘plashdagi eng samarali usul hisoblanadi. ekspedicon – qidiruv metodi bilan folklor asarlarini to‘plash hozirgi davrda keng tarqalgan usuldir. Buning uchun ekspeditsiya tarkibi(ekspeditsiyada necha kishi qatnashishi), marshruti(qaysi hududlarda, qishloqlardan o‘tishi), maqsadi va vaqti(qachon va necha kun) aniq belgilanadi.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Folklor bo‘limi har yili ekspedicion qidiruv metodidan foydalanib, reja asosida mamlakatimizning turli viloyatlariga ekspeditsiya uyushtirib folklor materiallarini to‘playdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Xalq ijodiyoti bo‘limi xodimlari ham ekspedicon metod asosida folklor materiallari yozib olishga kirishganlar. Bizning fikrimizcha, Oliy o‘quv yurtlari talabalarining folklor praktikasini o‘tkazishda stacionar o‘rganish metodi va ekspedicion qidiruv metodlaridan parallel foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun ulardan imkoniyati mavjud bo‘lgan amaliyotchi talabalardan, mahalliy o‘qituvchilardan hamda havaskor folklor to‘plovchilardan unumli foydalanish zarur. Folklor asarlarini to‘plovchilar uni qachon va qaerda yozib olishni aniq bilishi kerak. Odatda qishloqda istiqomat qiluvchilar kunduzi mehnat bilan band bo‘ladilar. Shuning uchun ularning oldiga borib: “Men folklor materiallari to‘plash uchun keldim. Menga Qo‘shiq yoki ertak ayti bering” -deyish befoyda. Bunday holda axborotchi bilgan matnlarini aytishdan boshtortadi. Aksincha ularning qalbiga yo‘l topish lozim. Bu borada rus folklorshunosi Chistov K.V. : “ijrochidan uning yumushlariga halaqit bermagan holda vaqtini kelishib yozib olish zarur”. Bir misol. 1996 -yilda folklorshunos O.Qayumov shomon marosimlari aytimlari yozib olish uchun Navoiy viloyati Karmana tumaniga ekspeditsiya uyushtirgan edi. Axborotchi fol’bin M.Ashurova bemor, narsalari yo‘qolgan kishilarga fol ochar edi. Folklorshunos axborotchidan shomon homiylari, shomon aytimlarini yozib olish uchun bemor sifatida murojaat qildi va yashirin holda fol’binning shomon matnlari ijro jarayonini magnit lentasiga yozib oldi. O.Qayumov dastlab mazkur folbindan material yozib olish masadida, bir necha marta tashrif buyuradi ammo, fol’bin faqat bemor va mushkulli kishilarni qabul qilishini aytib eshikdan qaytaradi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, u bemor sifatida murojjat etadi va o‘z maqsadiga erishadi. Shuning uchun magik folklorga doir materiallarni to‘plashda axbortchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojjat qilmasdan ularga bemor sifatida yaqinlashish, materiallarni yozib olishda diktofondan unumli foydalanish masadga muvofiq keladi. Folklor asarlarini to‘plovchilar xalq ijrochilari bilan nihoyatda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari, o‘zaro samimiy til topishlari zarur. Folklor asarlarini yozib olish uchun xalq ijrochisini mas’ul idoralarga chaqirtirish yoki bu ishga mas’ul lavozimdagi kishilarni aralashtirish mutlaqo mumkin emas, aks holda axborotchi materialni ijro etishdan bosh tortadi yoki matnni ataylab buzib ijro etadi. Amaliyotchi talabalargina emas, barcha folklor asarlarini yozib olish bilan shug‘ullanuvchi havaskor to‘plovchilar ham folklor asarlarini yozib olish metodi va qoidalariga qat’iy, izchillik bilan rioya qilishlari talab etiladi. To‘plangan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, folklor materiallarini yozib olish asosan uch usulda amalga oshiriladi: 1. Fonografik usulda (magnitofon, diktofon yordamida) yozib olish. 2. Qo‘lda yozib olish. 3. Vidografik usulda (vidio kamera yordamida) yozib olish. Fonografik usulda yozib olishda yozib oluvchi ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlaridan unumli foydalanadi. Ma’lumki, respublikmizning deyarli barcha tumanlari elektrlashtirilgan. Bu imkoniyatdan foydalanilgan holda folklor asarlarining ayrim janrlarini yozib olishda magnitofon, diktofondan foydalanish mumkin. Diktofon yordamida xalq og‘zaki ijodining yirik janrlarini-doston, ertak va shuningdek marosim qo‘shiqlarini yozib olish folklorshunoslik fanida alohida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Chunki aynan shu janrdagi asarlar magnitofon yordamida tabiiy, jonli, og‘zaki ijro holida ovozi, ohangi va kuyi bilan yozib olinadi. Agar imkoni bo‘lsa, magnitofon ijrochidan salgina chekkada unga ko‘rinmaydigan joyda bo‘lishi lozim. Bunday hollarda aytuvchi o‘zini erkin tutadi, tinglovchilar bilan birga bo‘ladi, buni his etgan holda o‘zi ijro etayotgan asarni eshituvchilarga mazur bo‘lishini ta’minlashga harakat qiladi. Yozuvga aynan tushmaydigan tavushlar (parrandalarning, hayvonlarning ovoziga taqlid) jumladagi urg‘ular, ohang va kuylar faqat magnitofon yordamida yozib olingandagina tabiiy saqlanib qolishi mumkin. Ikkinchidan magnitofon yordamida yozilgan asarda ijrochilik amaliyotida asrlar bo‘yi davom etib kelayotgan an’analar to‘la saqlanib qoladi. To‘g‘ri, tinglovchilar tarkibining o‘zgarishi, tashqi muhitga, qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra ijrochi improvizaciyaga berilib ketib asar matniga ayrim o‘zgarishlar kiritish, chekinishlar qilishi, bandlarning tushib qolishi yoki o‘rin almashishi mumkin. Lekin muhimi aytuvchining ijrochilik mahorati, xalq og‘zaki ijodiga xos barqaror an’analar magnitofon yozilganda to‘la lentaga tushuriladi. Demak, magnit lentasiga yozib olingan asar asosiy faktik dalil bo‘lib nashrga tayyorlovchilar uchun ham, tadqiqotchilar uchun ham muhim ilmiy hujjat sifatida katta amaliy ahamiyatga ega. Amaliyotchi talabalar folklor ekspeditsiyasi vaqtida texnik vositalardan-magnitofon, diktofon, fotoapparat, kino apparatdan foydalanish yo‘llarin o‘rganib olgan bo‘lishlari zarur. Yozib olingan magnit lentasi yoki disket ustiga qog‘oz yopishtirib, amaliyotchi – talabalar tomonidan quyidagilar yozib qo‘yilishi lozim. Masalan: 1.Asarning nomi “Alpomish” 2.Janri: doston Aytuvchi: Chori baxshi Xo‘jamberdi o‘g‘li Yozib olingan joyi va vaqti: 2005 yil, Navoiy viloyati Navoiy tumani, Jaloer qishlog‘i. Yozib oluvchilar: N.Tursunova, G.Ergasheva Download 178.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling