Umumiy hisobot
Download 179 Kb.
|
Asqarov Ilhomjon
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy Filologiya Fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 1-kurs 116-a guruh talabasi Asqarov Ilhomjonning Folklorshunoslik fanidan amaliyoti.
1.Maqollar 2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
1.Topishmoqlar
2.Topishmoqlar
3.Topishmoqlar
4.Topishmoqlar
5.Topishmoqlar
6.Topishmoqlar
7.Topishmoqlar
8.Topishmoqlar
9.Topishmoqlar
10.Topishmoqlar
Asar passporti.
1)Asarning matni; Hay-hay o’lan, jon o’lan, Jonim qizim, yor-yor Xudo baxtingni bersin Sho’x yulduzim yor-yor. Taxta-taxta ko’prikday , Taxting bo’lsin, yor-yor. Bibi Fotimam baxtiday, Baxting bo’lsin,yor-yor. Payg’ambarning qizini Kim ko’ribdi, yor- yor Ota-ona mehriga Kim to’yibdi, yor-yor. Hay-hay o’lan, jon o’lan, Mis panjara , yor-yor. Har jafoga ko’nadi Qiz bechora, yor-yor. Hay-hay o’lan , jon o’lan, Gul kesganim, yor-yor. Bir hovlida o’ynashib , Teng o’sganim , yor-yor. Hay-hay o’lan , jon o’lan, Sarvi ravon, yor-yor. Ota-onang boride, Surgin davron , yor-yor. Chimildiqning bog’ini, Bog’lar qizim , yor-yor. Ota-ona bag’rini, Dog’lar qizim , yor-yor Otajoning uylari, Baxmal eshik , yor-yor. Kirsang-chiqsang sochingni Silar eshik, yor-yor. Qaynotangni eshigi Janjjal eshik , yor-yor Kirsang-chiqsang sochingni Yular eshik, yor-yor. Bunda borsang nozingni Kim ko’tarar, yor-yor. Yaxshi bo’lsa olganing Shu ko’tarar,yor-yor Chimildiqni bir selping Ko’rsin otang,yor-yor Savdosidan qutildim’ Desin otang, yor-yor Kayvonlari raxtingni Buzr bo’ldi, yor-yor Olib sani yurtiga Ketar bo’ldi, yor-yor Ber Xudoyim qizimni Maqsadini, yor-yor O’zing bergin qizimni Matlabini, yor-yor. Ovdir-shovdir oq munchoq Toqinarsan , yor-yor Bunda borib onangni Sog’inarsan, yor-yor. Qamchi bo’yi qor yog’sa, Qarsak yurtar,yor-yor Alloh, bolam qayda deb Otang yurtar ,yor-yor. Bir yurtar, ikki yurtar, Tokay yurtar , yor-yor Boruvchi –keluvchidan Salom aytar, yor-yor. Ikki sandiq ro’baro’, Qulfi siniq , yor-yor Qizsim ketib boradi Ko’ngli siniq, yor-yor. Jon qizimni to’yiga Gullar soching , yor-yor. Oltin bilan kumushni Chandon soching, yor-yor. Ko’zim oq-u, qorasi- Jonim bolam ,yor-yor Farzandlarim ichida Gulu lolam , yor-yor. Kecha –kunduz hamdamim, Hamsuhbatim , yor-yor Rozi dilim aytgali G’amguzorim , yor-yor. Qo’shganidan ilohim Ayrimasin, yor-yor. Xipcha beling Xudoyo, Qayrilmasin , yor-yor. Hay-hay o’lan jon o’lan Omonda bo’l, yor-yor Ota-onam qoldi deb, Xabardor bo’l, yor-yor .
5)Tokchadagi qaychini yor Zang bosibdi , yor-yora Zang bosibdi. Uyda o’sgan singlimni yor G’am bosibdi, yor-yora G’am bosibdi. Yig’lama qiz To’y saniki, yor-yora To’y saniki Ostonasi tillodana Uy saniki, yor-yora Uysaniki. Qulli bo’lsin to’ylari Yor-yor-yoron-ey Mos tushibdi Bo’ylari, yor-yor-yoron-ey Baxtli kelin kuyovning Bir xil ekn o”ylari Yor-yor-yoron-ey Lapar 1.Erta bilan turaman, Nahori nashta-yo, nahori nashta, O`ng qo`limda igna-yu, Tizzamda kashta-yo, tizzamda kashta. 2.Borib ayting o`sha Qalami qoshga-yo, qalami qoshga, Ho, boraveradi, kelaveradi, Va’dasi boshqa-yo, va’dasi boshqa. 3.Ey nozli yorim, ko`zi xumorim, Mehr bilan menga qarang, Vafoli yorim-ey, vafoli yorim. 4.Soy bo`yida-yo yurgan yigit, Qoshu ko`zini suzgan yigit, (x2) Bilak uzugim olgan yigit-o, Endi bergin-o bilak uzugim. (x2) Oq otingga-yo yol bo`layin, Oq yuzingga-yo xol bo`layin, (x2) Yoring yo`qdir, yor bo`layin-o, Endi bergin-o bilak uzugim. (x2) 5.Omon yor o`ynasangchi-ey, omon yor, Belingni bog`lasangchi-ey, omon yor. (x2) Davradagi raqqosaning, omon yor, Yuraklari jo`shibdi-ey, omon yor. (x2) Hay doda-yey, voy doda-yey, omon yor, Ochilib o`ynasangchi-ey, omon yor. Hay doda-yey, voy doda-yey, omon yor, Sochilib o`ynasangchi-ey, omon yor. Farg`onaning qizlari-ey, omon yor, Shahlo ekan ko`zlari-ey, omon yor. (x2) Nozlanib o`ynaganda-ey, omon yor, Ohu kabi o`zlari-ey, omon yor. (x2) Hay doda-yey, voy doda-yey, omon yor, Ochilib o`ynasangchi-ey, omon yor. Hay doda-yey, voy doda-yey, omon yor, Sochilib o`ynasangchi-ey, omon yor. Ochilib o`ynasangchi-ey, omon yor, Sochilib o`ynasangchi-ey, omon Asar passporti Asar nomi:Kelgin yor o'ynaylik Asar janri :Lapar Hajmi:10band Aytuvchi :Holjon momo Rasulova Manzil:Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Pastchil qishlog'i Aytuvchining yoshi 78da Ustozlari:ota -onasi Yozib oluvchi:Asqarov Ilhomjon Yozib olingan vaqt va joy:7.08.2020. Aytuvchining uyida. 2.Yor-yor aytmang, yor-yor, Qalbim yig`lar, yor-yor, O`lan aytmang, yangalar, Yurak qaqshar zor-zor. Yurak yig`lar zor-zor. Hay-hay o`lan, jon o`lan, Kim sevmagan, yor-yor, Bir gul edim ko`z kuygan, Qo`l tegmagan, yor-yor. Qomatiga qul bo`lgan Men yuzlari qaro qiz, G`am qolmadi dunyoda Men kormagan, yor-yor. Yor-yor aytmang, yor-yor, Qalbim yig`lar, yor-yor, O`lan aytmang, yangalar, Yurak qaqshar zor-zor. Men o`lanning dardini Totayapman, onajon, O`z ko`ksimga o`zim tosh Otayapman, onajon. Sevganimga baxt tilab, Ko`hna dunyo ko`shkiga Qaytib chiqmas oy bo`lib, Botayapman, onajon. Yor-yor aytmang, yor-yor, Qalbim yig`lar, yor-yor, O`lan aytmang, yangalar, Yurak qaqshar zor-zor. (Ustoz bu Ozoda Nursaidovaning qo‘shig‘idan) 3.Seni menga bermadilar, yor-yor, Chin sevgimni bilmadilar, yor-yor. Baxtni emas, taxtni tanladilar, yor-yor, Ahdni emas, naqdni tanladilar, yor-yor. Kelin bo`lib ketding ostonadan, yor-yor, Farqim qolmadi, bir qara, devonadan, yor-yor. Oy yuzlaringni qizg`onaman begonadan, yor-yor, Boy bo`lsam bo`lmasmidi, tuyg`ular o`lmasmidi, Boshqaga bermasmidi, yor-yor. Seni menga bermadilar, yor-yor, Chin sevgimni bilmadilar, yor-yor. Baxtni emas, taxtni tanladilar, yor-yor, Ahdni emas, naqdni tanladilar, yor-yor. Yurakda alam bor, sendan qolgan dog`lar bor, Yurakda alam bor, sendan qolgan dog`lar bor. Kelin salom 1.Erka ulni er qilgan, Ikki yoshni bir qilgan. Salom salom kelin salom, Avval Olohga salom. Tong saharlab tur degan, Tahoratga suv degan. Salom salom kelin salom, Qaynotasiga salom. Ko'krak isi berilgan, O'g'il boqib kerilgan. Salom salom kelin salom, Onajonisiga salom. Mehmon kelsa xush degan, Mehmonxona bo'sh degan. Salom salom kelin salom, Amakilariga (tog'alariga) salom. Uzun ko'ylak kiyganlar, Yugurib xizmat qilganlar. Salom salom kelin salom, Ammajonisiga (xolalariga) salom. Dakan xo'rozga don bergan, Qizlar desa jon bergan. Salom salom kelin salom, Kuyov navkarlarga salom. Yigitlarning sardori,Kelin bola xaridori. Salom salom kelin salom,Kuyov bolaga salom. Past devordan qaragan,To'y qachor deb so'ragan. Salom salom kelin salom,Qo'shnilariga salom. Qizil olmaning po'sti,Qolmasin kamu-ko'sti. Salom salom kelin salom,Hammalariga salom. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling