Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lponnning ‘’ Qor qo’ynida lola’’ hikoyasining tahlili


Download 404.59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi404.59 Kb.
#1575978
Bog'liq
Adhamova Gulizirabonu 2214 -guruh



Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lponnning ‘’ Qor qo’ynida 
lola’’ hikoyasining tahlili . 
Cho’lponning ushbu hikoyasi 20- yillarda 10 ga yaqin hikoyalar yozadi . ulardan 
biri ‘’ Qor qo’ynida lola ‘’ hikoyasi. Ushbu hikoya 20-yillardagi davrni yoritib 
beradi. Ushbu hikoya to’rt qismdan tashkil topgan bo’lib, yagona roviy tomonidan 
hikoya qilinadi .Ya’ni muallif qahramonlar ruhiyatini ochishda dialog va 
monologlarga keng o’rin bermaydi ,aksinca yozuvchi bayoni yetakchilik qiladi va 
shu ‘orinda har bir qismda boshqa boshqa personajlarning ichki kechinmalari o’z 
o’rnida namoyon bo’ladi . Asarda syujetlar ketma ketligi o’quvchini o’sha zamon 
insoniga aylantirib boradi. Hikoyada ijtimoiy va ma’naviy hayotning turli- tuman 
masalalari kotarib chiqilishi mumkin, ammo ular, huddi roman yokipovestdagidek, 
keng koʻlamda tasvir etilmaydi. Cho’lpon hikoyalari mavzu va ma’no jihatdan 
ancha keng. Lekin ularda asosiy o’rin o’zbek ayolining ijtimoiy ahvoli, erki, qadr- 
qimmati uchun kurash mavzusi yetakchilik qiladi. Qahramonlar so‘zini bevosita
tinglashga, mushohada va muhokamaqilishga undaydi. Hikoya boshi o‘yin 
manzarasi bilan boshlansa-da, to‘pning suvga daf‘atan tushib ketishi bilan hikoya 
leytmotivi mahzunlikni inson ruhiyatiga , asar so‘ngiga qadar singdirib boradi. 
Yuqorida ta‘kidlaganimdek, asar o‘quvchiga kommunikativ ruh olib kiradi. 
Qahramonlar bilan birga nafas olib, ularning so‘zlariga jim quloq soladi kishi.Bu 
o‘rinda filologiya fanlari doktori Bahor To‘rayevaning fikri salmoqlidir: “Halqali 
zamon yaxlitligi, uzluksizligi, bog‘langanligi, o’lchamli tartiblangani bilan muayyan 
mundarija va mohiyatda turkumli va to‘g‘ri chiziqli tipning o‘ziga xos “qorishmasi” 
dir.Garchi zamon koordinatasida o‘tgan, hozirgi va kelasi zamonlar badiiy 
zamonning klassik shakllari maqomlarida real mavjud bo‘lsa-da, garchi ular bir-
birini o’zaro sabab-oqibat tarzida taqozo qilib, botinan uzviy yaxlitlikni, mushtarak 
zanjirni, ya‘ni zamonning tugal tizimini tashkil etsa-da, zamon o‘z tabiiy 
qonuniyatiga ko‘ra, ibtido-yu intiho nuqtalarining tutash nuqtasidan iborat.Syujet 
chiziqlariga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, birinchi qism yosh qizlarning beg’ubor 
o’yini bilan boshlanib, hikoyaning so‘ngida ro‘y beradigan tragik voqea shum 
xabaridan kelgan darak bilan yakunlanadi. O’sha vaqtlarda , ayol-qizlar
zamonning klassik shakllari maqomlarida real mavjud bo‘lsa-da, garchi ular bir-
birini o’zaro sabab-oqibat tarzida taqozo qilib, botinan uzviy yaxlitlikni, mushtarak 
zanjirni, ya‘ni zamonning tugal tizimini tashkil etsa-da, zamon o‘z tabiiy 
qonuniyatiga ko‘ra, ibtido-yu intiho nuqtalarining tutash nuqtasidan iborat.Syujet 
chiziqlariga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, birinchi qism yosh qizlarning beg’ubor 
o’yini bilan boshlanib, hikoyaning so‘ngida ro‘y beradigan tragik voqea shum 
xabaridankelgan darak bilan yakunlanadi.


- Bitta qizimiz bo’lsa , hazrat eshonimizg’a tutdik , sadag;alari ketsun ‘’ degil – 
dedi
Qumribush bu kutilmagan gapdan oqardi , ko’kardi suvratdek qqqqqotib 
devorga suyanib qoldi …….. 
Yosh qizni o’zidan kata odamga turmushga berishi hayotning usha davrning 
adolatsizligidan shavqatsizligidan dalolat . hikoyadagi yana bir joyi insonnni 
beixtiyor ma’yus qiladi.
ch. Ushbu to’rt chiziq syujetni personajlar
hikoyasi bilan emas, ijodkorning so‘zlari orqali yaxlit qoliplanganini ko‘rish 
mumkin. Asar Sharofatxon obrazida o‘z taqdir yo’lini o‘zi tanlay
olmagan“qimmatbaho sovg’a”, adolatsizlik va haq-huquqsizlik qurboni 
sifatidagi yosh qizlarni umumlashtirgan. Vaholanki,o‘sha davrdagidek
adolatsizliklar tufayli qanchadan qancha “Sharofatxon”larqurbon bo‘ldi, 
ne-ne lolalar qor tagida qoldi; Eshon-qarib qo’yilmagan, ser” zikr”, nafs quli 
qiyofasidagi obraz hisoblanib, bu ham individuallashtirilgan 
umumlashmadir. Uning asli qanday “din peshvosi” ekanini Cho‘lpon 
quyidagi so‘zlar orqali ochiq-oydin tasvirlagan: Bir kun eshonnikida katta
va qizg’in bir zikr bo‘ldi. Zikrga boshqa shaharlardan ham o‘tli-nafas
bilan o‘qiyturg‘on hofizlar keldilar. Erta bilan bamdoddan so‘ng 
boshlang‘on “zikr” xuftong‘a yaqin zo‘rg‘a tugadi.Bir necha kishi o‘zidan 
ketib, u yer-bu yerda yumalanib qoldilar. Yong‘on so‘filardan bir-ikkitasi 
“jazava”ning ortig‘lig‘idan borib o‘zlarni hovuzg’a tashladilar.Samandar-
yaxshi ko‘rinish, oson nom chiqarish, hammaga gapi o’tadigan “erkak”ligini
isbotlash uchun yaqinlarini qurbon qilar darajadagi kaltafahmlar 
portretida bo‘lsa, uning ayoli Qumribush-fikri hech yerda ahamiyat
kasb etmaydigan biqiq jamiyatning, ayollarini ifodalagan. “Qor qo‘ynida 
lola” hikoyasining sarlavhasi, asar so‘ngida Mamat qorovul tilidan achinish-
u alam kabi yurakni ezib tashlaydigan satrlar orqali bayon etiladi.Vaholanki, 
qorda qolgan lolalar kam emas edi.Shu choq bir burchakda ko‘cha poylab 
yotg‘on Mamat qorovul yig‘lag‘ondayqilib xushtagini chaliboldi-da:-
Nimasini aytasiz, yigitlar, dunyo o‘zi shunday teskari dunyo ekan... 
Lolaning ustiga qor yog‘di!..-dedi. Cho’lponning so’zga ustaligini anglatadi. 
Hikoya haqida mening fikrim va xulosam: ushbu hikoya bizga 
adabiyotshunoslik fanidan o’qish uchun uyga vazifa qilib berildi. Uyga borib 
avval nimaga ‘’Qor qo’ynida lola ‘’ sarlavha anchagina meni o’ylantirdi va 
hikoyani ‘oqishni boshladim , ammo tushunmadim, chunki bir tarafda
qizlar to’p o’ynayotgan edi , bir tomondan esa Sharofatga sovchi kelibdi, 
degan gap meni anchagina chalg’tib o’yga soldi . Meni hikoyani yana 
boshidan o’qidim va bu ikkinchi urinish edi . Hikoyada meni larzaga solgan


meni hafa qilgan voqea , Sharofatni keksa cholga turmushga berishi ……. Qiz 
esa otasining ra’yiga qarshi borolmaydi, qarshi bir so’z aytolmaydi. Shu 
sababli johil otalar qabul qilgan tuban qarorlar tufayli ‘’ qor qo’ynida lola’’ 
deb nomlanishi bejis emas . chunki hali o’n gulidan bir guli ochilmagan 
‘’lola’’ni oppoq soqolli , qari bir cholga uzatilishi usha davrning ayanchli 
og’riqli nuqtalaridan biri . 
Hikoya menga judayam yoqdi va o’qiganlarim ichida eng ta’sirlantirgani shu 
hikoya bo’ldi.

Download 404.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling