Abdulla avloniy hayoti va faoliyati


Download 426.09 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi426.09 Kb.
#1349409
Bog'liq
ABDULLA AVLONIY

ABDULLA AVLONIY

Hayoti va faoliyati

ABDULLA AVLONIY

U Toshkentning Mergancha mahallasida to'quvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval O'qchidagi boshlang'ich maktabda, so'ng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq ko'proq mustaqil o'qib-o'rgandi, tez orada o'z davrining savodxon, ma'rifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida o'lkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod ko'rish, farovon etish yo'lida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda ko'p sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda o'z uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U arab,fors va rus tillarini o'rgangan. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. U o'z maktabida ona tili va adabiyot fanidan dars berdi, «Usulijadid» maktablari uchun to'rt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she'rlar»>, <, <>, << Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va o'qish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam ko'rsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot≫ shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob do'konini ochdi. Abdulla Avloniy o'zining,,Turon" deb ataluvchi teatr jamoasini tuzgan.

MUKOFOTLAR

Ma'rifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan. Mustaqillik sharofati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan mukofatlangan.

IQTIBOSLAR

Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir.

Abdulla Avloniy

Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar.

Abdulla Avloniy


Download 426.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling