Abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy
Download 375.16 Kb. Pdf ko'rish
|
BMI NA\'MUNA
25 XULOSA……………………………………………………… 37 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………. 39 4 KIRISH Mamlakatimizda ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini o‘zgartirib, yangilab borishni ko‘zda tutadi. Ilg‘or texnologiyalarning keng o‘zlashtirilishi, iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar, chet el investitsiyalari ko‘lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesning rivojlanishi, shuningdek, uzluksiz ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvning joriy etilishi hamda ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalari, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarning yaratilishi, o‘quv-tarbiya jarayonining didaktik jihatdan ta’minlanishi ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirishga asos bo‘lmoqda. Bugungi kunda maktab rahbarlari boshqaruv funksiyalarining integrativ sifatlarini tavsiflovchi xususiyatlar: maktab boshqaruvini ichki va tashqi o‘zgarishlarga moslashtirish, rahbarlik uslublaridan korparativ foydalanish, boshqaruvning metodika va usullaridan samarali foydalana olish, boshqaruv tamoyillarini o‘zlashtirish va qo‘llash, boshqaruvni, maktab faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirish asosida belgilashni ko‘rsatadi. 1 Ta’lim muassasalarining boshqarishni takomillashtirish maqsadida tayyorlangan ushbu kurs ishida, ushbu muassasalarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi metodlar va uni boshqarish yo‘nalishidagi asosiy tushunchalar va ularning mazmun- mohiyati, shuningdek, ta’lim menejmentining boshqaruv usullari va ularning ta’lim muassasalarini boshqarishda qo‘llanilish uslublari keltirilgan bo‘lib, zamonaviy maktab rahbarlari ta’lim muassasi sharoitining turli jarayonlarida nafaqat menejment sohasi yo‘nalishida nazariy tushunchalarga ega bo‘lishi, balki maktab amaliyotida uni tatbiq eta olishi, ta’lim muassasi xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirishda va 1 R.X.Djurayev, S.T.Turg’unov. “Ta’lim menejmenti”. Darslik. Toshkent-2006 yil . 3-b 5 ularni boshqarishda to‘g‘ri va izchil qarorlarni qabul qila olishi zaruriyati ham inobatga olingan. Download 375.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling