Abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy


 Boshqaruv jarayonidagi ijtimoiy-psixologik metodlar, atamalar va


Download 375.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana11.09.2023
Hajmi375.16 Kb.
#1675579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BMI NA\'MUNA

1.2. Boshqaruv jarayonidagi ijtimoiy-psixologik metodlar, atamalar va 
ularning ahamiyati 
Ijtimoiy psixologik metodlar. Ushbu metod jamoa a’zolari o‘rtasida shunday 
munosabatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar bo‘ysunuvchilarning 
bemalol, erkin harakat qilishi, o‘zini-o‘zi namoyon qilishi, turli jarayonlarda erkin 
ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur. 
Demak, ijtimoiy-psixologik metodlarning asosi maqsadi ta’lim muassasasi 
jamoasida sog‘lom muhitni yaratishdan iborat, deb aytishimiz mumkin. 
Mazkur metod ta’lim muassasasi faoliyatining rivojlanishi, xodimlar 
faoliyatining takomillashishi, ularning o‘z faoliyatlardan qoniqishlar hosil qilishida, 
shuningdek, jamoada tarbiyaviy munosabatlarning shakllanishi, rahbar-xodim, 
o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarining ijobiy taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb 
etib, pedagogik xodimlar va o‘quvchilarning qiziqishlari, intilishi va tashabbuslarini 
rag‘batlantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy 
tushunchalarini rivojlantirish, shuningdek, bilim, ko‘nikma va malakalarining ortib 
borishini hamda ularda ijodiy qobiliyatlarning shakllanishini ta’minlaydi. 
Bu metod kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarga ta’sir 
ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, bir necha usullarni o‘z ichiga oladi. Mazkur usullarga 
quyidagilar kiradi: 
1. Ijtimoiy me’yorlash yo‘llari: 
a) ichki tartib – qoidalar: 
b) jamoat tashkilotlarining nizomi: 
c) ishchi sharafi kodeksi: 
d) ishlab chiqarish odob qoidalari: 
e) ishtirokchiga ta’sir etish shakllari. 
2. Ijtimoiy-siyosiy (tarbiyaviy ) usullar; 
a) siyosiy targ‘ibot: 
b) mehnatkashlarni siyosiy tarbiyalash va ishontirish: 


14 
c) ma’muriy faoliyatni nazorat qilish: 
d) mehnatkashlarni boshqarishga jalb qilish shakllari 
3. Ijtimoiy tartibga solish usullari: 
a) shartnomalar, o‘zaro majburiyatlar 
b) ma’naviy talab va manfaatlarni qondirish navbati va boshqalar 
4. Ma’naviy rag‘batlantirish usullari ikki xil bo‘ladi: 
Jamoaviy va shaxsiy ma’naviy rag‘batlantirishlar. Bular: 
a) “Faxriy yorliqlar” bilan mukofotlashlar: 
b) faxriy unvonlar berish: 
c) orden va medallar berish: 
d) minnatdorchilik izhor etish: 
e) hurmat taxtasiga qo‘yish: 
f) qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar berish va hakozolar. 
Psixologik usullarga quyidagilar kiradi: 
a) kichik guruh va jamoalarni shakllantirish 
b) mehnatni insonparvarlashtirish (gumanizatsiya) 
c) psixologik rag‘batlantirish 
d) kasb-malaka bo‘yicha tanlash va o‘qitish 
Psixologiya ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlariga ega bo‘lgan sub’yektning ichki, 
psixik xolatiga tashqi ta’sirotlar natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar jarayoni qanday 
kechishini o‘rganar ekan, o‘zining bir qator asosiy tushunchalariga ega. Insonlarning 
o‘zaro munosabatlari, muloqoti, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, ya’ni o‘zaro boshqaruv, 
birgalikdagi faoliyat natijalarida xosil bo‘ladigan o‘zgarishlar, xissiy kechinmalar
vujudga keladigan tasavvurlar, fikr va g‘oyalar turli xil jarayonlarda vujudga keladi, 
bunday jarayonlarni psixik jarayonlar deb atash mumkin. 
Psixik jarayonlar – bu obyektiv olamni subyektiv aks ettirishning turli 
shakllaridir. Psixik jarayonlar psixik funksiyalar deb ham ataladi. Psixik 
jarayonlarning asosiy turlari sezgi, idrok, xotira, tasavvur, hayol, tafakkur, nutq, 


15 
hissiyot, iroda bo‘lib ular o‘z navbatida uch guruhga birikadi: bilish jarayonlari
irodaviy jarayonlar, xissiy jarayonlar. 
Faollik – bu insonlarda “o‘z kuchi bilan javob qilish” qobiliyatini bildiradi. 
Insonlarni muayyan tarzda va muayyan yo‘nalishda harakat qilishga undaydigan 
ehtiyojlar uning faolligi manbai hisoblanadi. 
Rahbarlik – insonlarga maqsadli ta’sir o‘tkazishga qaratilgan, ularning 
faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. Rahbarlar qator 
funksiyalarni bajaradi: jamoa faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, 
mazkur faoliyatni rejalashtiradi, rag‘batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, 
ularni nazorat qilishni amalga oshiradi. 
Liderlik – Lider asosan ma’lum bir guruhda o‘zi boshchilik qilayotgan 
yo‘nalishlarda shaxslararo (norasmiy) munosabatlarni boshqarib, u o‘z guruhi 
a’zolarining kuchli va salbiy tomonlarini, ijobiy va salbiy odatlarini, shuningdek 
ularning psixologik xususiyatlari, kayfiyatlari, moyilligi, intilishlari hamda 
qiziqishlarini yaxshi bilganligi sababli yetakchilik qiladi. Ixtiyoriy jamoada turli 
yo‘nalishlarda liderlar bo‘lishi mumkin. Masalan, turli hil tadbirlarni (jamoa 
a’zolarining turli hil uy ishlarida hasharlar, dam olish tadbirlari, guruh bo‘lib turli xil 
ziyofatlar uyushtirish va h.k) tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik yo‘nalishida, sport 
yoki sportning ma’lum bir turi bo‘yicha, o‘quv jarayonini tashkil etish yoki fanlarni 
yuqori darajada o‘zlashtirish yo‘nalishlarida. 
Ma’suliyat – bu shaxsning o‘z zimmasiga olgan yoki unga topshirilgan 
majburiyatlariga hisob bera olishida, xatti-xarakatlarida, kimnidir-nimanidir ayblamay, 
xatti – xarakati natijalari va uning oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga 
olishda ko‘rinadigan fazilatdir. Psixoligik xodisa sifatida shaxsning ko‘pgina 
psixologik funksiyalarida namoyon bo‘lib, inson xulqidagi muhim belgi xisoblanadi. 
Ma’suliyatning inson xulqidagi muhim belgisi – o‘z vazifasini bajarishdagi aniqlik, 
puxtalik, xozirjavoblik, o‘zini majbur qila olish, o‘z xatti-xarakatlari oqibatiga javob 
berishga tayyor turish va x.k ma’suliyatli xulqni amalga oshirish quyidagi irodaviy 
sifatlarga ega bo‘lishni talab etadi: qat’iyatlilik, chidamlilik, o‘zini tuta bilish 


16 
barqarorlik va x,k. Insonlarda ma’suliyat xulqini shakllantirish faqat psixoligik 
omillarga bog‘lik bo‘lmay, mehnatni tashkil etish va nazorat qilish bilan bog‘liq 
boshqa omillarga ham bog‘liqdir. Masalan, xodimlarga bo‘lgan ishonch, turli xil 
vazifalarning topshirilishi va ularni nazorat qilish xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi. 
Boshqaruv – har qanday jamiyatga xos bo‘lgan, xayot va turmush zaruriyatidan 
kelib chiqadigan faoliyatdir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mehnat aqlining 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishni va shu asnoda 
barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy ettirishdan iborat. 
Boshqaruv muloqoti – bu ta’lim muassasi faoliyatini tashkil etish, xodimlar 
faoliyatini muvofiqlashtirishda insonlarga raxbarlik qilish jarayonidagi muloqot, ya’ni 
ularning faollliklarini ta’minlash, xatti-xarakatlarini maqsadga yo‘naltirish yoki 
motivlashtirishdir. Raxbarlar boshqaruv funksiyalarini amalaga oshirish jarayonida o‘z 
jamoasi a’zolari bilan turli xil munosabatlarda, ya’ni bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar 
yo‘nalishida turli shakllarda muloqotda bo‘ladilar, bularning ichida eng zaruri samarli 
muloqot bo‘lib maqsadni qisqa vaqt ichida aniq va tushunarli qilib yetkazishdir. 
Samarali muloqot vaqtida yoki ixtiyoriy muloqot jarayonida suhbatdoshlarning bir-
birlarini yaxshi tushunishlari, aniq tasavvurlar muloqotning samaradorligini belgilaydi, 
bunday xolatlar uchun identifikatsiya, refleksiya, va stereotipizatsiya tushunchalari 
hizmat qiladi. 
Psixologiya fanlarining asosiy tushunchalari haqida fikr bildirar ekanmiz, shuni 
ham aytib o‘tishimiz lozimki, psixologiya fanlarining barcha tushunchalarini albatta
bir mavzu doirasida to‘liq yoritib berishga imkoniyat bo‘lmaydi, shuning uchun 
faqatgina bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari raxbarlarining boshqaruv 
faoliyatida tez-tez, deyarli har daqiqada qo‘llanilib turadigan tushunchalarga to‘xtalib 
o‘tdik va ularni bilish maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyatini ilmiy asosda tashkil 
etish uchun zarur deya hisobladik.
3
3
R.X. Djurayev, S.T. Turg’unov. “Ta’lim menejmenti”. Toshkent-2006 yil. 68-b 


17 

Download 375.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling