Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida


Download 154.7 Kb.
bet20/35
Sana22.03.2023
Hajmi154.7 Kb.
#1286146
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq

    Bu sahifa navigatsiya:
  • ITOAT

XAVF VA RAJO


Xavf va rajo deb qo'rqmoq va umidvor bo'lmoqni aytilur. Banda har ishda janobi Haqdan qo'rqmoq ila barobar umidini ham uzmaslik lozimdur. Chunki janobi Haqdan qo'rqg'an inson hech narsadan qo'rqmas. Har vaqt janobi Haqning lutf va marhamatiga umid ko'zlarini tikub turar. Xavf va rajo shunday bir yaxshi sifatdurki, bu xislatni o'ziga hamroh qilgan kishi eng fozil, hech narsadan qo'rqmaydurgan sher tabiatli, arslon yurakli bo'lur. Hazrati Ibrohim alayhissalomni Namrud otashka tashlay deb turgan zamonda: <Hech kishidan qo'rqmag'ay tangrisidan qo'rqg'an kishi Otasha yondursa/ar, bo'/gay umid bir/a ishi.
Dunyoda umiddan yaxshi narsa yo'qdur. Hamma insonlar umid orqasida yasharlar. Noumid shaytondur, umidsiz kun kechurmak mumkin emasdur. Boylar mol umidida, shogirdlar ilm umidida kecha-kunduz tirtishurlar. Agar boylik, olimlik umidi bo'lmasa edi, kecha-kunduz jonlarini fido qilub, ko'zlarining nurlarini umid orqasida to'kmas edilar.
Umid gar o'/masaydi, hech hayota qiymat o'/mazdi, Nizom-u, intizom-u tarbiyat ham dav/at o/mazdi.
Jahon ayvoni bo'y/a ziynatoro bo'/mag'ay erdi,
Hukumat, taxt-u, baxt-u sa'y bir/an g'ayrat o'/mazdi.

ITOAT


Itoat deb bo'yinsunmakni aytilur. Alloh taoloning amriga boyinsunuv, ibodat va itoat qilmak farzi ayndur.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: taoloning amriga muxolif bo'lgan holda hech kimning amriga itoat qilmak vojib emasdur» — demishlar. Ota-ona, ustod, muallim kabi o'zidan ulug' kishilarga bo'yinsunub itoat qilmak eng yaxshi sifatlardandur. Bu sifatga ega bo'lmak uchun har vaqt bularning foydali kengash va nasihatlarini tinglab, buyruqlarini mahkam tutmak lozimdur. Chunki onlar dunyoga bizdan ilgari kelganlar, bizdan ko'proq tajriba hosil qilganlar, vatan va millatning holiga oshno bo'lganlar. Tabiblar dardlarga davo hozirlagandek, bular ham turmush va yashamakning ofati bo'lgan faqirlik, yalqovlik, nodonlik kabi vujudimizni churitadurgan marazlarga davo hozirlaganlar . Shuning uchun bizga qilgan xolisona beg'araz nasihatlari hozirda og'ir va achchig' ko'rinsa ham, oxiri rohat va totli bo'lub chiqar.
Nasihat bolsa xo/i gar g'arazdan,
Achchig' doru kabi saq/ar marazdan.
Biza /ozim erur bi/moq, eshitmoq,
Ziyondan boshqa bir shay yo'q g'arazdan.

Download 154.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling