Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida
Download 154.7 Kb.
|
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq
NAZARI IBRATNazari ibrat deb har bir narsaga sinchiklab boqub, shundan o'ziga bir hissa ibrat olmoqni aytilur. Xulqlarning eng afzali, insonlar uchun eng keraklisi nazari ibratdur. Inson nazari ila boqub dunyo kitobindan o'z qadr-hissasini bilub olmak lozimdur. Ma'rifat sohibi bo'lmak uchun ahvoli olamdan xabardor bo'lmak kerak. Shuning uchun aql sohiblari, fatonat egalari o'zlariga foydasi bo'lsa-bo'lmasa sinchiklab qaragan narsalardan bir hissa olmay qo'ymaslar. Hozirgi zamondagi taraqqiy qilgan millatlarning hunar va san'atlarining barchasi ilmi va nazari ibrat soyasida namoyon o'lub, olamni munawar va musaxxar qilmishlar. Bizim shariati islomiyada har narsani e'tiborga olub, shundan ibrat hosil qilub, axloqini tuzatmak vojibdur. Hazrati Ali raziyallohu anhu: «Dunyoda eng muntazam dorululum nazari ibratdur . Ibrat ko'zlarining pardasi ochilmagan kishilar dunyo kitobida yozilgan haqiqatni ko'rolmaslar. Koinot kabi mukammal bir sahnai ibratdan foydalana olmagan kishi hech bir muallimi hikmatdan bahramand bo'lolmas», — demishlar. Mavlono Rumiy: «Janobi Haqning osori qudratlarini basirat ko'z ila, nazari ibrat ila tamosha qilinsa, ko'p hikmatlar ko'rilur. Chunki haqiqat ilmining muallimi chashmi ibratdur. Haq chashmi ibrat ila mushohada qilinur», — demishlar. Bir ko'r hazrati Luqmonning oldilariga kelub, «agar ko'zimni ochsangiz, men sizga qul bo'lurman», — demish. Hakim ko'rni ma'rifat sohibi ekanini bilub, jonim, ko'zingning pardasini ochmoq mumkin, lekin nazari ibratni ochmoq qo'limdan kelmaydur», — demishlar. Ko'r: « Yo Luqmon! Sizning shuhratingiz faqat parda ochmoqdan iborat bo'lsa, sizni hakim demay tabib demak lozim ekan», — deb hazrati Luqmonning ibrat ko'zini ochmishdur. Janobi Haq biz musulmonlarning ham ko'zimizdan g'aflat pardasini ko'tarub, ibrat ko'zlarimizni ochsa edi. Och ko'z/aringni, bas, bu qadarg'aflat, ey ko'zim, Umring g'animat, och nazari ibrat, ey ko'zim! Ibrat ko'zingni ochmasang, atrofingga boqub, Bir-bir ketar qo'/ingdan uchub dav/at, ey ko'zim! MO/ o'/sa borcha hamdam-u yor-u birodaring, Qochgay urug'/aring yo'q esa, sarvat, ey ko'zim! Hosi/i zamonda i/m i/a dav/atda e'tibor, Sarmoyai saodat har mi//at, ey ko'zim. Download 154.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling