Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida


Download 154.7 Kb.
bet15/35
Sana22.03.2023
Hajmi154.7 Kb.
#1286146
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq

VATANNI SUYMAK


Vatan. Har bir kishining tug'ulub o'skan shahar va mamlakatini Shul kishining vatani deyilur. Har kim tug'ulgan, o'sgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi-tuyg'usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o'z vatanidan — uyuridan ayrilsa, o'z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo'lub, har vaqt dilining bir go' shasida o'z vatanining muhabbati turar.
Biz turkistonlilar o'z vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik, issig' cho'llarini, eskimular shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o'z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi.
Bobolarimiz <Men ayb/ik emas, ey vatanim, tog'/arim, Bevaqt tash/ab ketdim, OYO, bog'/arim. Hijron qi/odur menijudo/ig',
Do'ndi g'ama ro'z-u shab-u chog'/arim.
Hammaga ma'lumdurki, eng muqaddas diniy yerimiz o'lan Arabistonga bog'larini, hovlilarini sotub hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o'z vatanlariga qaytub kelurlar. Buning sababi, ya'ni bularni tortib keturgan quwat o'z vatanlarining, tuproqlarining mehr-u mahabbatidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: <Vatan, vatan deyajonim tanimdan o'/sa ravon, Banga na g'am, qo/ur av/odima uy-u vatanim. G'ubora do'nsa g'amim yo'q vujud zeri vahm, Charoki o'z vatanim hokidur go'r-u kafanim.
Tug'ub o'san yerim ushbu vatan vujudim xok, O'/ursa as/ina roje'bo'/urmi man g'amnok?

HAQQONIYAT


Haqqoniyat deb ishda to'g'rilik, so'zda rostlikni aytilur. Inson bo'stoni salomatga, gulzori saodatga haqqoniyat yo'li ila chiqar. Insoniyatning ildizi o'lan rahmdillik, haqshunoslik, odillik kabi eng yaxshi sifatlarning onasi haqqoniyatdur. Janobi Haqning shu nomi muborakini muqaddas bilgan kishi hech vaqt haqqoniyatdan ayrilmas, chunki haqqoniyat nuri qaysi dilda jilvagar o'lsa, janobi Haqning tavfiqi rabboniysi shu dilda nash'u namo qilur. Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt ko'rgan, qilgan va bilganlarini, haqiqatni va to'g'risini so'zlar. Ishda to'g'rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmov, so'zda to'g'rilik har vaqt rost so'zlamaklikdur.
Rost/ig' haqning rizosini topar,
To'g'ri yo'/da yo'q bo'/urmu hech chopar?
Bizim shariati islomiyada agar bir kishining haqiga bo'hton qilinub, qilmagan ishni qildi deb so'z so'ylansa, bilgan kishi rostini so'zlab, shul kishini oqlamak vojibdur. Rasuli akram nabiyyi muhataram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: <Haqshunos/ik o '/moq sharofatdurjahonda odama, Haqni izhor ay/amak bir/a ko'ruk ver o/ama.
Yarashur insona sidqu to'g'ri/ik gar ko 'rsa girih,
To'g'rining yordamchisidur haq tao/o g'am yema. To 'g'ri/arning maskani firdavs ayvonidadur, Egri/ar ikkijahonda g'am-a/am konidadur.

Download 154.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling