Mavzu: A. Avloniyning hayoti va ijodi. "Vatanni suymak" matni, "Vatan" she’ri
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Dars ishlanma
5- sinf ADABIYOT Mavzu: A. Avloniyning hayoti va ijodi. “Vatanni suymak” matni, “Vatan” she’ri “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. ( Abdulla Avloniy) Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahri Mergancha mahallasi hunarmand oilasida tug‘ildi. MILLIY UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTINING TANIQLI NAMOYANDASI O‘qchi mahallasidagi boshlang‘ich maktabni 1890- yilda tugatgach, mahalladagi madrasada tahsil oldi. Keyinchalik Shayxontohurdagi madrasada davom ettirdi. Yosh Abdullada she’r yozishga ishtiyoq o‘n besh, o‘n olti yoshlarida paydo bo‘ldi. ? ? Abdulla Avloniyning ilk she’riy mashqlari …. boshlangan. Matbuotda qatnasha boshladi. “Gazetchilik” bilan shug‘ullandi. “Taraqqiy”, “Xurshid” gazeta nashrlarida, keyinchalik Shuhrat” gazetasida ishladi. 1906-yil 1907-yil 4- dekabr “Shuhrat”gazetasining birinchi soni bosmadan chiqdi. ? 1894-yil ? 1905-yil ? 1905–1908-yillar O‘sha vaqtda gazetalar hozirgidek avtomat dastgohlarda emas, qo‘lda bosilardi, sahifalar kompyuterda terilmas, balki yog‘ochdan ishlangan qo‘lbola harflar yordamida shakllantirilardi. Gazetaning har bir soni ana shunday zahmat bilan tayyorlanar edi. ESLAB QOLING ! Avloniy ochgan maktab o‘z davrining yangi usuldagi ilg‘or maktablaridan biri edi. Abdulla Avloniy ma’rifatparvar bobolarimizdan biri Abdulla Avloniy 1909-yilda “Jamiyati xayriya” tashkilotini ochdi va pul yig‘ib, maktablarga tarqatdi. 1913-yilda “Turon” jamiyatini ochdi. MAKTAB UCHUN “Birinchi muallim” (1909) “Ikkinchi muallim” (1912) “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913) “Maktab gulistoni” (1916) “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” (olti qismdan iborat )(1909–1916) singari darsliklar Alifbo va o‘qish kitoblarini yozdi. A. Avloniy 1919–1920-yillarda diplomatik vazifalarda ishladi. So‘ng umrining oxirigacha O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)da dars berdi. ABDULLA AVLONIY Abdulla Avloniy 1934- yil 25- avgustda vafot etdi. VATANNI SUYMAK Vatan. Har bir kishining tug‘ulub o‘skan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ulgan, o‘sgan yerini jonidan ortuq suyar. Hatto bu vatan hissi-tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayirilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-farog‘at yashamas, maishati talx bo‘lub, har vaqt dilining bir go‘shasida o‘z vatanining muhabbati turar. “KISHI YURTIDA SULTON BO‘LGUNCHA, O‘Z YURTINGDA CHO‘PON BO‘L” Turkistonliklar Arablar Eskimoslar Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, Har kim sening qadring bilmas – aqli pastdur. Sening tuyg‘ung yuraklarga savdo solur, Sening darding boshqa dardni tortib olur. VATAN Yering, suving bizni boqub to‘ydiradur, Semiz-semiz qo‘ylaringni so‘ydiradur. Olma-anor, anjir, uzum – mevalaring, Ot-u ho‘kuz, echki, taka, tevalaring. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1. “ A. Avloniyning hayoti va ijodini o‘qing. 2. “Vatanni suymak” matnini o‘qing. 3. “Vatanimda mening o‘rnim” mavzusida matn yarating. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling