1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar: Ontogenez
- Yosh davrlari psixologiyasining mavzu bahsi nima
- Yosh davri psixologiyasi turli Yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik rivojlanishi, psixik xususiyat lari va bularning o’ziga xos omillari, mezonlari h
- Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh
1-Mavzu: YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASI FANINING TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARIReja: 1. Yosh davrlari psixologiyasi fanining vazifalari va ahamiyati. 2. Yosh davrlari psixologiyasi fanining printsiplari. 3. Yosh psixologiyasining ilmiy-tadqiqot metodlari. Tayanch tushunchalar: Ontogenez - insonning tug’ilganidan umrining oxirigacha bo’lgan taraqqiYOt davri. Senzitiv - xar-bir davrdagi rivojlanishning o’ziga xos qulay davri. Longityud - yani uzluksiz metodi YOrdamida subektiv omillarning o’ziga xosligini,ijtimoiy muxitning sinaluvchiga tasiri o’rganiladi. Test - inglizcha so’z bo’lib,sinash,tekshirish demakdir. Yosh davrlari psixologiyasining mavzu bahsi nima? Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli Yoshdagi odamlarning (bolalar, o’quvchilar, kattalar, erkaklar, aYOllarning (ontogenezda) tug’ilganidan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jaraYOnini, shaxsning shakllanishi xamda o’zaro munosabati qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jaraYOnlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xaYOl va xokazolar) rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini, uning har-xil faoliyatini (o’yin, o’qish, mexnat kabilar), er va aYOlning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq, qiladi. Inson ruxiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma`lumotlarni to’plash xam mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi. Bolaning tug’ilishidan voyaga etgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng xuquqli a`zosi bo’lgunicha ulg’ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharxlash Yosh davrlari psixologiyasi sohasining muhim jihatidir. Bola jamiyatning a`zosi, mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar ekan, uning butun bilish jaraYOnlari, o’ziga xos xususiyatlari va ruxiy xolatlari, ongi ham rivojlanadi. Ana shu rivojlanish natijasida uning psixikasi, ongi go’dakning dastlabki oddiy aks ettirish (in`ikos) tarzidagi sodda ongidan balog’atga etgan insoklarga xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni aniq, yaqqol, to’la va anglab aks zttirish darajasigacha rivojlanadi. Inson zotining turli jihatlarini o’rganish bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, pedagogika, etnografiya kabi fanlar shug’ullangani kabi bolaning kamol topishidagi qonuniyatlarni, uning psixikasini, ongining o’sishini belgilovchi ijtimoiy omillar hamda psixologik mexanizmlarni, umuman, inson zotining tug’ilganidan voyaga etgunicha psixik rivojlanishini psixologiya fanlari sistemasining alohida sohasi - bolalar psixologiyasi fani o’rgatadi va tadqik qiladi. Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar (L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, A. Vallon,J. Piaje va boshqalar)ning aniqlashicha, mazkur rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan (senzitiv - qulay) davrlari mavjud bo’lib, ular bolaning o’zi yashab turgan muhitda (bog’cha, oilada) tutgan o’rni, bilish jaraYOnlari, o’ziga xos xususiyatlari,holatlari, shaxsi va ongining rivojlanishi darajasi bilan bog’lik bo’ladi. Tadqiqotchilarning uqtirishiga ko’ra, tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topaYOtgan bola shaxsi rivojlanishining ham o’z qonunlari bor. Bu qonunlar psixologiya fanining maxsus tarmog’i - bolalar psixologiyasining predmetiga kiradi. Yosh davrlari psixologiyasi sohasi inson psixikasi faqat miqdor jihatdan emas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o’zgarishi haqidagi metodologik qoidaga amal qiladi. Har bir fanning o’z predmeti borligi singari bolalar psixologiyasining ham o’zi tekshiradigan sohasi hamda tadqiqot metodlari bor. Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bo’lishi, rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo’lsa, Yosh davri psixologiyasi turli Yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va bularning o’ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. SHuningdek, u muayyan Yoshdagi insonlarning faqat o’ziga xos xususiyat-larini ham o’rganadi. SHuning uchun ijtimoiy haYOtda, ta`lim va tarbiyada, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o’rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jaraYOnlarining rivojlanishi muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonunlarini hisobga olmay oqilona hal qilib bo’lmaydi. SHuning uchun hozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlari to’g’risidagi fandir. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart-sharoitlarning o’zaro ta`siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifani hal qilish bilan amaliy maqsadlarni ro’YObga chiqaradi: ta`lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga YOrdam beradi, moddiy ne`matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to’g’ri YO’naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq, umr ko’rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Kamolotning turli davrlaridagi insonning Yosh va jinsiy xususiyatlarini xisobga olmay turib yuqoridagi vazifalarni hal qilib bo’lmaydi. Mazkur psixologiya fanining soxasi alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to’g’risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V. SHtern), sotsiogenetik (K. Levin), bixevioristik (E. Torndayk), psixoanalitik (3. Freyd) nazariyalaridir. SHuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko’p. Ular to’g’risida keyingi sahifalarda to’xtalingan. Yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga quyidagi qator omillar va holatlar sabab bo’lgan. Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyutsiya g’oyasining (CH. Darvin) inson psixikasining rivojlanishi jaraYOnida o’rganish zarurligi. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli Yoshdagi odamlar xatti-xarakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o’sishiga biror faoliyatning ta`sirini aniqlash uchun etarli emasligini e`tirof etish. .Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug’ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olingani. Turli Yoshdagi odamlar (maktabgacha Yoshdagi bolalar, maktab o’quvchilari, o’rta va oliy o’quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar, qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy-ta`minot muassasalari, etimxonalar, bolalar uylari, koloniyalar, maxsus maktablar, internatlar, psixo-nevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifohonalar va boshqalar)ning xodimlarida ehtiYOjlar ortib boraYOtgani. 5.TibbiYOt fani va uning tarmoqlari rivojlanishi, psixiatriya, psixonevrologiya, psixogigiena, sangigiena, bolalar va kattalar patologiyasi, neyroxirurgiya, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo’yicha kompleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya, biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi. 6.YUridika (Huqukshunoslik) psixologiyasi va uning soxalari ijtimoiy haYOtimizda sezilarli o’rin egallaYOtgani hamda Yoshlar o’rtasida qonunbuzarlikning ortib boraYOtgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar YOki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi; voyaga etmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalalari). 7.Amaliy psixologiyannng ijtimoiy-siYOsiy tus olaYOtgani va turmushning har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o’z o’rnini topaYOtgani (psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar, auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o’yinlari, professiogramma, psixodiagnostika va hokazolarga talab ortishi). 8.Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi o’zgarishlarga doir, bilimlarga ehtiYOji va talabi ortaYOtgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya psixologiyalariga aniq materiallar zarurligi). 9.Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etologiya vazifalari, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g’oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va inson, qiYOsiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, etnik psixologiya va hokazolar). 10. Moddiy ishlab chiqarishni ko’paytirish, sanoatda va qishlok xo’jaligida kishilarning haqiqiy xo’jayinlik tuyg’usini o’yg’otish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson - inson, inson - texnika, er - inson, inson - iqlim munosabatlarini izchil o’rganish zarurligi. 11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish, inoq, oila yaratish, Yoshlarni turmushga tayYOrlash, o’z joniga qasd qilish hollarini bartaraf etish, oilada tenghuquqlilikni qaror toptirish va bolalar tarbiyasini yaxshilash vazifalari. 12. Inson uzoq, umr ko’rishining sirlarini - gerantopsixologik qonuniyatlarni ochish va targ’ib qilish, davlat muassasalarida psixologik bilimlardan o’z o’rnida foydalanish, uzoq, umr ko’rishga zamin tayYOrlash, qariyalar pansionatlarida ularning ruxiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda bo’lish kerakligi Yosh davri psixologiyasini rivojlanti rishni taqozo etmoqda. Turli Yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o’zgarishi, vatanimizda yashaYOtgan barcha millat va elatlarning axloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta`sir qiladigan omillar hamda shart-sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozir nihoyatda zarur bo’lib qoldi. Xalq ta`limi xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq xo’jalik jamoalarining, fan, adabiYOt va madaniy-oqartuv tashkilotlariniig rahbarlari insonning har tomonlama kamol topgan, ma`lumotli, mahoratli, aql-zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs etishish jaraYOni qanday sodir bo’lishini, keksayishning xususiyatlari va o’ziga xos jihatlarini bilishga qiziqmoqdalar. SHunday ekan, tarbiya sistemasida va ishlab chiqarishda psixologiya bo’yicha bilimsizlik va chalasavodlilikni YO’qotish uchun bolalar ruhiyatidan qariyalar ma`naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni egallash hozirgi davrimizning muhim talabidir. Endilikda insonning aks ettirish faoliyati rivojlanishining qonuniyatlarini, odamning bosh miya yarim sharlari po’stidan haqiqiy jism obraz (timsol) sifatida aks etishini, nima sababdan mazkur obraz uz-garishini va bu o’zgarish kishiniyag ruhiyatiga ta`sir qilishini tushuntirish uchun dialektik materializmnnng psixika tashqi dunYOni aks ettiradi, degan ta`-rifining o’zi etarli emas. Mazkur hodisaning chuqurligini - aks ettirish jaraYOnini genetik metod u bilan o’rganish orqaligina asoslab berish mumkin. Ma`lumki, go’daklik davridagi oddiy sezishdan boshlab, mantiliy fikr yuritishgacha o’tadygan davr nisbatan uzundir. Endigina tug’ilgan chaqaloq xam dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari YOrdamida atrof-muhitni aks ettirishga kirishadi. Biroq uning tafakkuri bir necha oylar va xatto, yillar davomida vujudga keladi, nutq bilan tafakkurnikg birligi mazkur rivojlanishni amalga oshiradi. Bundam holat o’ta murakkab hissiy bilishdan mantiqiy tafakkurga o’tish jaraYOni bosqichini tadqiq etish imkonini beradi. Hozir psixologiya fani individual ong o’sishining turli bosqichlarida amaliYOt bilan hissiy bilish o’rtasidagi, amaliYOt va mavhum tafakkur orasidagi juda murakkab, o’zgaruvchan ichki munosabatlar hamda mexanizmlarni ifodalay oladi. Inson psixikasining vujudga kelishi va rivojlanishini, uning turli qirralarini o’rganish insonning psixik o’sishi, uning sabablari, omillari, shart-sharoitlari tug’risida ma`lumotlar to’plash imkonini bera oladi. Mazkur muammoga ilmiy YOndashish insonning haYOt sharoitlari shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, sifatlari, qiziqish ko’lami, irodaviy fazilatlari, muayyan his-tuyg’ularining mazmuni, to’laligi va hokazolarni YOritish demakdir. Ilmiy ishlar olib boraYOtgan tadqiqotchi katta Yoshdagi odamlardan haYOt sharoitining tayYOr mahsulini o’rganadi, lekin bu bilan sina-luvchining psixikasi qanday vujudga kelgani, kechishi, aks ettirish xususiyatlarini tushuntira olmaydi. Ana shu murakkab jaraYOnni bilish uchun bolaning psixikasi turmush hodisalari va sharoitlari bilan bog’liqligini aniqlab olinmasa, tajriba o’tkazuvchi o’zi o’rganaYOtgan nazariy masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi. Inson psixikasining rivojlanishidagi sabab-natija munosabatlarini bilish bola tarbiyasida eng kulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun nihoyatda zarur. SHunday qilib, Yosh davri psixologiyasi fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. U ham boshqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlarning xizmati katta bo’ldi. Yosh davri va differentsial psixologiya fani dialektikaning printsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga, differentsial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to’plangan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling