1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Download 0.53 Mb.
bet4/118
Sana31.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1310931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Yosh davrlari Majmua

Kuzatish- metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob`ektiv (tashqi) va sub`ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob`ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining Yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot o’tkazish vaqti reja-lashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qat`iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, vi­deomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli Yoshdagi odamlarning indvidual, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiYOtlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etmaydi. Masalan, go’dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, xis-tuyg’usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. Uquvchining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatning xususiyati, tashqi qo’zg’atuvchi bilan ta`sirlanishi, temperamenti, xatti-harakatining sur`ati, emotsional kechinmasining o’zgarishi to’g’risida ma`lumotlar to’plashga imkoniyati tug’iladi. O’spirin Yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg’usining o’zgarish xususiyatlari, g’alabaga intilishi, o’zining harakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig’ish mumkin. Ishchining dastgoh YOnidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o’z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o’zini tutishi, imo-ishoralari, tashqi qo’zg’atuvchidan ta`sirlanish darajasi haqida keng ma`lumotlar yig’iladi. Keksalarning muloqot jaraYOnini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, his-tuyg’usi, ekstravertivligi YOki intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba`zan tafakkur bo’yicha ham ma`lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrining muayyan ob`ektga YO’naltirilganini, tashqi qo’zg’atuvchilar ta`siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib tafakkurning kechishidagi o’zgarishni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiYOtning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma`lumot beradi.
Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspektsiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog YOki yuqori malakali mohir o’qituvchi o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi haqida ma`lu­mot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi.
CHet el psixologiyasida o’zini o’zi kuzatishning in­son ruxiyatini o’rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to’plangan. Introspektsiya YO’nalishining yirik namoyandalari o’zlarini o’zlari kuzatganlar va to’plangan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o’zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati katta emas.
SHunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. SHu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling