Shaxs harakatlari asosida uning psixotipini aniqlash


Download 21 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi21 Kb.
#256173
Bog'liq
Shaxs harakatlari pro


Shaxs harakatlari asosida uning psixotipini aniqlash.

Video rolik namoyishidan so’ng unda namomoyish etilgan shaxs harakatlari taxlil qilinadi.

1.MNT bilan bog’liq temperament tiplari aniqlanadi (kuchi, vazminligi, qo’zg’aluvchanligi).

Savdogar- MNT bo'yicha kuchli,muvozanatli va harakatchan bo'lgan tip (sangvinik) ga mansub. Uning harakatlarida yuqori faollik, serg'ayratlik, harakatlarning jonliligi va bir narsani anglatuvchi harakatlarning, mimikaning boyligini ko'rishimiz mumkin. Dilkash, ayni vaziyatda adekvat va ishchan munosabat bildirgan.yuz va qòl ishoralaridan keng foydalangan.

Amaldor- MNT bo'yicha kuchli,muvozanatli va mo'rt bo'lgan tip (flegmatik) ga mansub. Uning harakatlarida xotirjamlik va bir tekis kayfiyat xarakterlanadi. Ayni paytda sustkash va mulohazalilik aks etgan. Mimika va harakatlari sust va manosiz.hamda sovuqqon deyish mumkin. Balki, Amaldor bo'lganligi uchun ham òzini shunday tutayotgan bòlishi ehtimol.

2.Xarakter aktsentuatsiyasining asosiy tiplari (tsikloid, gipertim, labil, astenik, senzetiv, psixastenik, shizoid, epileptoid, tutilib qoluvchi (paranoyal), namoyishkor (insteroid), distim, beqaror, konform) taxlil etiladi.

Savdogar- Gipertimlik sezilib turibdi, ko’tarinki kayfiyat, faoliyat chanqoqligi bilan yuqori psixik faollik. Gapga ustalikni ham kòrishimiz mumkin.

Amaldorga labillik sifatlari xos ya'ni vaziyatga qarab kayfiyatning òzgarishi. Òzi uchun muhim bòlgan ish yuzasidan suhbat jarayonida suhbatdoshi tomonidan qilingan hazilni òrinsiz deb bilishi ham bunga misol.

3.Xarakter aktsentuatsiyasining aralash shakllari ya’ni oraliq tiplar haqida ma’lumot to’planadi.

Savdogarda ham sof gipertimlik aka etgan deb ayta olmaymiz chunki bir orinda labillikni ham kòrishimiz mumkin.(Uning haziliga amaldor bildirgan javobdan keyingi holat ammo bu uzoq davom etmagan)

Amaldorga ham birgina labillikning òzi emas balki, undagi ba'zi harakatlar paranoyal tip alomatlari ham hisoblanadi.(suhbatdoshdan ustunlikka intilish va uning fikrlarini qabul qilmaslik sezilib turibdi)

4.Psixoanalitik tipologiyaning asosiy besh tipi (oral, anal, uretral, fallik, genetal)dan qaysi biriga xos ekanligi aniqlanadi.

Savdogar- Oral tipga mansub bòlib undagi sezilarli sifat ochko’zlikning yaqqol namoyon bòlishidir.(Agar terminal orqali bòlsa birmuncha qimmat bòlishi orqali ifodalangan)

Amaldor- Fallik tipiga mansub deyish mumkin chunki unda qat'iylik, o’ziga ishonch va sobitqadamlik sifatlarini kòrish mumkin.

5.Xeymans – Le-Senn tipologiyasiga asosan a) xarakter uchta asosiy tarkibiy qismiga xos tipologiya aniqlanadi, b) emotsionallilik, faollik va birlamchi va ikkilamchililikning turli kombinatsiyalari bo’yicha xarakterning 8 asosiy xususiyatini taxlil etiladi.

Savdogar- hodisa bo'yicha undagi ifodalangan emotsiya sezilarli deb aytish mumkin. Faol shaxs,ko'proq gap bilan ish bitkazadi desa ham bòladi. Birlamchilik yuqori,ya'ni undagi hissiyot va kechinmalar òtkinchi, tez moslashuvchan. Emotsional boy.

E+F+ B – Juda faol, jo’shqin.deb olishimiz mumkin.

Amaldor- hodisaga sekin,sovuqqon munosabat bildirgan. Emotsionalligi past. ikkilamchilik yuqori. E- F+I Flegmatik.Bunga kòra, undagi xarakterning eng muhim belgisi sovuqlik va uning oqibatidagi o’ta vazminlikning yaqqol ifodasi qolaversa,Ko’p gapirmasligi va suhbatni asosiy masalani oydinlashtirishga burayotganligi. Flegmatikni faqat dalillar bilan ishontirish mumkin videos buni ochiq kòrishamiz mumkin.

6.Individning samototip va temperament indeksi(vistseratoniya, somatotoniya, tserebrotoniya) aniqlanadi. yaxlit qayd qilib borish;

Savdogar- vistserotoniyaga mansub. Videodan kelib chiqib,shuni ayta olamanki maishiy qulaylikni yoqtiradi, muloyim muomalani yaxshi kiradi, kòpchilik bilan bòlishga intiladi, hamma bilan xushmuomala, Muloqot va xissiyotni nomoyon qilishda yengillik, vistserotoncha ekstroversiyani kòrish mumkin.



Amaldor- somatotoniyaga mansub. Unda Xarakat va gavdani tutishda o’ziga bòlgan ishonchni, Xukmronlikka intilishni, harakat uslubining qat'iyligini, Psixologik hissiyotsizlik, emotsional bag'ritoshlikni, Muomalada ekstroversiya, emotsiya va xissiyotlarda yashirinlik, somatotonik ekstroversiyani kòrish mumkin.

18-18 guruh talabasi Ahmadjonova Feruzaxon.
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling