Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir. Abdulla Avloniy Tugʻilishi


Download 48.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi48.1 Kb.
#1263118
Bog'liq
Abdulla Avloniy - Vikipediya



Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining
mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat
va jamoat arbobidir.
Abdulla Avloniy
Tugʻilishi
12-iyul 1878-yil 
Toshkent
Vafoti
25-avgust 1934-yil
(60 yoshda) 
Toshkent
Fuqaroligi
Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik
Respublikasi

SSSR
 va 
Turkiston general-
gubernatorligi
Mukofotlari



Toshkentning
Mergancha mahallasida toʻquvchi Miravlon aka oilasida
tavallud topdi. Avval Oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng shahar
madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez
orada oʻz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz
boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi
sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar
tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat
qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz
uyida 
«Shuhrat»
nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab
ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy
sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy
guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif
ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot»
shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi.
Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla
Avloniy 1934-yil 25-avgustda 
Toshkentda
 vafot etdi. 
Toshkentdagi
Botkin
qabristoniga dafn etilgan.
[1][2][3]
Avloniy. 
«Toshkent tongi»
. T., 1978.
Avloniy. Oʻson millat. T., 1993.
Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T., 1992.
Avloniy. Afgʻon sayohati. Kundaliklar. 
«Sharq yulduzi»
, 1990, 7-son.
Milliy uygʻonish. T., 1993.
Avloniy, Tanlangan asarlar, Ikki tomlik, 
«Maʼnaviyat»
., T., 1998-yil
1. Qosimov B. Abdulla Avloniy. T., 1979.
2. Qosimov B. Inqilobiy sheʼriyat sahifalari. T., 1977.
3. Oripov Q. Alangali yillar adabiyoti., T., 1972.
Nashr qilingan asarlari
Manbalar

Download 48.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling