Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir. Abdulla Avloniy Tavalludi


Download 61.83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1386628
Bog'liq
Abdulla Avloniy - Vikipediya



Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr
boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining
mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar
shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va
jamoat arbobidir.


Abdulla Avloniy
Tavalludi
12-iyul 1878-yil 
Toshkent
Vafoti
25-avgust 1934-yil
(60 yoshda) 
Toshkent
Fuqaroligi
Turkiston Avtonom
Sovet Sotsialistik
Respublikasi, SSSR
va Turkiston general-
gubernatorligi
Mukofotlari


U Toshkentning Mergancha mahallasida
toʻquvchi Miravlon aka oilasida tavallud
topdi. Avval Oʻqchidagi boshlangʻich
maktabda, soʻng shahar madrasalaridan
birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil
oʻqib-oʻrgandi, tez orada oʻz davrining
savodxon, maʼrifatparvar kishisiga
aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida
oʻlkamizda avj olgan jadidchilik
harakatining faol ishtirokchisi sifatida
millat bolalarini savodli qilish, ulardan
yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash,
Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida
fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu
maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish
olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat»


nomli gazeta nashr qildi. U arab,fors va
rus tillarini o‘rgangan. U mahallasida
yangi usuldagi maktab ochdi. U o‘z
maktabida ona tili va adabiyot fanidan
dars berdi, «Usulijadid» maktablari uchun
toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud
milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim»,
«Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni»,
«Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik
va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif
ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida
xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot»
shirkati tuzib, Xadrada «Maktab
kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi.
Abdulla Avloniy o‘zining ,,Turon" deb
ataluvchi teatr jamoasini tuzgan.


Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog,
noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy
1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot
etdi. Toshkentdagi Botkin qabristoniga
dafn etilgan. Mustaqillik sharofati bilan
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov tashabbusi bilan Buyuk
xizmatlari uchun ordeni bilan
mukofatlangan. 
[1][2][3]
.
Avloniy. «Toshkent tongi». T., 1978.
Avloniy. Oʻson millat. T., 1993.
Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T.,
1992.
Nashr qilingan asarlari

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling