Абдулла Қодирий номидаги Жиззах давлат педагогика институти


Download 51 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi51 Kb.
#1337188
Bog'liq
Uslubiy ko\'rsatmaga taqrizlar


F.Haitov va G Bozorov G‘.S. tomonidan tayyorlangan “Kompyuterli modellashtirish” fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun tayyorlagan o‘quv uslubiy ko‘rsatmasiga


TAQRIZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorida oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar, davriy jurnallar bilan ta’minlash, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam ravishda yangilab borish kabi vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ushbu taqriz etilayotgan uslubiy ko‘rsatma ana shunday vazifalarning ijrosi sifatida qarash mumkin.
Shu nuqtai nazardan ushbu “Kompyuterli modellashtirish” fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun tayyorlagan o‘quv uslubiy ko‘rsatma 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning o‘quv rejasi va fan dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, talabalar tomonidan ushu fan bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarini shakillantirish kabi vazifalarini bajarishga imkon beradi.
Hozirgi kunda ushbu fan bo‘yicha talabalar uchun mo‘ljallangan o‘zbek tili lotin alifbosida tayyorlangan “Kompyuterli modellashtirish” fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun tayyorlagan o‘quv uslubiy ko‘rsatma deyarli yo‘qligi, borlari ham ancha yillar oldin chop etilgan va o‘quv dasturidagi keyingi o‘zgarishlar qamrab olinmaganligi sababli, ushbu o‘quv uslubiy ko‘rsatma ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi deb hisoblayman.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma mazmuni - ta’lim olish, mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratilgan bo‘lib, mavzular tizimlashtirilgan holda oddiydan murakkablikga o‘tib borish tamoyillariga e’tibor qaratilgan.
Shu bilan birgalikda ba’zi bir fiklarni bayon qilishda noaniqliklarga, takroriy va tasodifiy imlo xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Hozirda ushbu o‘zbek tili lotin alifbosida tayyorlangan o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligini hisobga olgan holda, yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish sharti bilan ochiq nashrga chop etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman.


Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston
Milliy universitetining Jizzax filiali “Axborot
tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi
mudiri, dotsent v/b. A.A.Qarshiyev

Bozorov G‘.S. tomonidan tayyorlangan “Kompyuterli modellashtirish” fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun tayyorlagan o‘quv uslubiy ko‘rsatmasiga




TAQRIZ
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish boʻyicha eng muhim vazifalardan biri zamon talabiga mos yangi avlod oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar yaratish va ularni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam adabiyotlar bilan yangilab borish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Shu sababli, ushbu o‘quv uslubiy ko‘rsatma 5110700 – Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning o‘quv rejasi va fan dasturi asosida bilim, ko‘nikma va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan.
O‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib, quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
- mazmuni ta’lim olish, mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini talabalarda shakllantirishga e’tibor qaratilgan;
- mavzular izchilligiga, oddiydan murakkabga, xususiydan umumiylikka o‘tib borish tamoyillariga amal qilingan.
Shu bilan birgalikda o‘quv uslubiy ko‘rsatmani o‘rganish natijasida ba’zi bir kamchiliklar ham aniqlandi:
- fikrni bayon qilishda ba’zi bir noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan;
- takroriy va tasodifiy imlo xatoliklar mavjud.
Hozirgi davrda o‘zbek tili lotin alifbosida tayyorlangan o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan talabning yuqoriligini hisobga olgan holda, yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartarab etish sharti bilan ochiq nashrga chop etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Jizzax davlat pedagogika unversiteti
Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari
kafedrasi mudiri, dotsent. R.M.Yusupov
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling