«abdulla oripov ijodida ayol va ona obrazlar talqini»
Download 18.9 Kb.
|
«ABDULLA ORIPOV IJODIDA AYOL VA ONA OBRAZLAR TALQINI
MUHOKAMA
Bundan tashqari Turon zamin erki uchun maydonga chiqqan To‘maris momomiz jasorati hamda Ayol zoti xonadonning shamchirog‘iligini, o‘sha chiroq o‘chmasligi uchun jang qilishini aytadi.Abdulla Oripovning boshqa har bir asarlarida ham Ayol va Onaga muruvvat ko‘rsatish, ularni ulug‘lash keng talqin qilinadi. Uning “Ayol” nomli she’ri umuman yigirmanchi asr o‘zbek she’riyatidagi bu muqaddas siymo sha’niga bitilgan eng go‘zal va shukuhli she‘rlardan biridir. She’r ayol shafiqligi, irodasi, sadoqati va ma’naviy go‘zalligi kuylangan zavol bilmas qo‘shiqdek jaranglaydi. Uning mazmuni urushdan qaytmagan yorga cheksiz sadoqat ko‘rsatgan ayol kuta-kuta hayotdan tanho o‘tadi, Shu pokiza mazmunga shoir kuchli hayotiy ziddiyatlarni, qalb va vijdonda kechishi mumkin bo‘lgan hislarni, ularni yengib o‘ta oluvchi irodani jo etadi. She’rning mohiyati va qimmatini uning mazmuni emas, shu mazmun qa’riga singdirilgan dard va uning badiiy talqinidagi mahorat, o‘ziga xoslik hamda shulardannur bo‘lib taraluvchi pafos belgilashiga yorqin misoldir. Abdulla Oripov she’rdan maqsad faqat sadoqatli Ayol sha’nini ulug‘lashgina emasdi. Balki, shoir bu masalada ham hayotning achchiq, shavqatsiz haqiqatini unutmaydi. Muhtarama zotlar ichida hamma birdekmi? Bu nomga dog‘ tushirib yurganlar yo‘qmi? Kabi savollarga javob topish qiyin emas albatta, o‘n to‘qqiz yoshida beva qolib, sadoqat tufayli, muhabbat tufayli o‘z vijdoniga qarshi borolmay, butun umr yolg‘iz yashayotgan bu ayolga qarama-qarshi o‘laroq atrofimizda o‘ziga oro berishdan va birovlarni g‘iybat qilishdan ortmaydigan, biroq yorini bir daqiqa kutishda besabr bo‘lgan bevafolar afsuski yo‘q emas, albatta. Bu shoirona tasvir asarning ta’sir kuchini oshiradi, Sodiq beva timsolidagi ayol obraziga mehrimizni yanada kuchaytiradi. Badiiy obrazlardagi milliylik va tiniqlilik haqiqiy o‘zbek ayolini yaqqol namoyon etadi. Adibning Ona haqidagi she‘rlari va asarlari umuman, Ona obrazi shoir ijodidagi Ayol obrazini yanada mukammallashtiradi va konkretlashtiradi, Bu timsolni oliy maqomlarga olib chiqadi. Shoir ijodida uchta oliy tushunchaga Ona nisbatini beradi: Ona vatan, Ona she’riyati, Ona sayyora. Bundan ko‘rinadiki shoirning onaga bo‘lgan muhabbati yanada cheksiz ekani buning yana bir isbotidir. Abdulla Oripovning “Onajon” she‘rida Volidai muhtaramasi qarshisida ba`zi insonlar kabi oddiy bir farzand va ayni vaqtda, elning buyuk san’atkori bo‘lgan shoirning ona haqidagi guhar tuyg‘ulari toshqinidan tizilgan marjondir. Qolaversa, adib bu she’rda mehribon volidaning nurli qiyofasini yaratadi. Asarda onaga hamd-u sano o‘qishga, uni ko‘klarga ko`‘tarishga berilmaydi, Shoirning asosiy maqsadi umuman Ona obrazini emas, o‘z onasi timsolini yara-tish, Ona timsolini shunchaki qofiyaga solingan so‘zlar emas, balki, shaxs sifatida faqat o‘zigina his etgan, uyg‘ongan hislarida farzandlik tuyg‘ularini ifodalash. Shularga mos ravishda topilgan Ona mehridek ulkan shakl va ohang, samimiyat va hayajon, shiddat va ko‘lam o‘zaro birlashib “Onajon”dagi badiiy bir yaxlitlikni vujudga keltiradi, Bular orqali shoirning shaxsiy tuyg‘ulari, dard va hayajonlari shaxsiylik dunyosidan ijod dunyosiga ko‘chib, ko‘plab kitobxonlarning qalb darchalarini yoritadi. Ularning ham his tuyg`ularini ifodalovchi sehrli olamni kashf etadi. Bundan tashqari shoir o‘z asarlari orqali Ayol va Ona kabi muhtarama zotlarga cheksiz muhabbat va muruvvatda bo‘lgani hamda ularni avaylab, ardoqlagani yorqin ko‘rinadi. Bu obrazlar bugungi yosh avlodga yorqin namuna va o‘rnak bo‘la oladi(10;464 ). XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Abdulla Oripovning Ayol, Ona haqidagi asarlari bilan muhabbat lirikasi bir butunlikda ajib bir uyg‘unlikni tashkil etadi. Qolversa bu obrazlarni tariflash va tavsiflashda shoir mahoratining hech kimda takrorlanmas Istedod egasi ekanligini yaqol ko‘rsatadi. Download 18.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling