Abdulla oripovning so‘z qo‘llash mahorati qudratova Manija
Volume: 03 Issue: 02 | Feb-2023
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Volume: 03 Issue: 02 | Feb-2023 ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Analytical Journal of Education and Development 57 qiyinchiliklarni, baxtni, quvonchni ko„ra boshlaymiz va mana shunday qilib o„zimizni tayyorlaymiz. Abdulla Oripovning “Sen bahorni sog„inmadingmi? she‟ri ko„plab kitobxonlar qalbiga tez kirib bordi. Bu she‟rni zo„r hayajon bilan qabul qildi. She‟rdagi go„zal tashbehlar, ohangdorlik o„quvchilarni takror o„qishga undadi. Uyg„onguvchi bog„larni kezdim, Topay dedim qirdan izingni. Yonog„ingdan rang olgan dedim, Lolazorga burdim yuzimni, Uchratmadim ammo o„zingni, - Sen bahorni sog„inmadingmi? Uzoqlarda zalvorli tog„lar Xayolimni keldilar bosib. Kechdi qancha intizor chog„lar, Vasling menga bo„lmadi nasib, Sensiz men ham, bahor ham g„arib, - Sen bahorni sog„inmadingmi? O„ngirlarda sakraydi ohu, Na‟matakda sa‟va mittijon. Qorliklardan sipqarilgan suv, Daralarda uradi javlon. Nigohimdan faqat sen pinhon, - Sen bahorni sog„inmadingmi? Mana, bugun navroz„i olam, Do„stlarimga gullar tutarman. Qaylardasan, sevgili erkam... Qo„limda gul, seni kutarman, Umrim bo„yi chorlab o„tarman, - Sen bahorni sog„inmadingmi? Shoir ijodiyotida bahor fasli ham alohida o„rin tutadi. Ko„rkam ko„klamning huzurbaxsh nafasi ko„ngillarga ko„tarinki kayfiyat bag„ishlaydi. “Sen bahorni sog„inmadingmi?” she‟ridagi ma‟no ko„lamdorligi, ramzga yo„g„rilgan ifodalar hech bir o„quvchini befarq qoldirmaydi. Shoir bahor va sog„inishni baqamti qo„yadi, ularga muayyan ma‟no yuklaydi. Bahor o„z ma‟nosida boshqa ma‟no kasb etadi. Go„zal tashbehlar, tesha tegmagan so„zlar va xalqona ohanglar uyg„unligi she‟rning o„quvchi qalbiga tez singishi, uni tuyg„ular olamiga olib kirishiga sabab bo„lgan bo„lsa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling