Abdulla oripovning so‘z qo‘llash mahorati qudratova Manija
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Volume: 03 Issue: 02 | Feb-2023 ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Analytical Journal of Education and Development 55 ABDULLA ORIPOVNING SO‘Z QO‘LLASH MAHORATI Qudratova Manija Termiz davlat pedagogika institui Filologiya fakulteti o„zbek tili va adabiyoti yo„nalishining 2- bosqich 206-guruh talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining betakror shoirlaridan biri bo‘lgan Abdulla Oripovning adabiyotdagi so‘z qo‘llash mahorati haqida fikrlar yoritilgan. Uning asarlari hayotbaxsh, o‘zbek xalqining tilidan yozilgan bo‘lib har bir yosh avlod uchun zabardast dasturiamal bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Abdulla Oripov, Sen bahorni sog‘inmadingmi?, Men nechun sevaman O‘zbekistonni?, adabiyotshinos, O‘zbekiston xalq shoiri, ona-Vatan, bahor. “Abdulla qaysi bir mavzuga qo„l urmasin, nima haqida she‟r yozmasin, uning ko„zi oldida ulug„ Vatan turadi, o„sha ulug„ Vatanning farzandi sifatida qo„liga qalam oladi. Shu sababdan uning she‟rlari doim hayotbaxsh, pafosi baland, ovozi dadil, ruhi tetik” deb yozadi Matyoqub Qo„shjonov. Haqiqatdan ham O„zbekiston xalq shoiri, O„zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov o„zbek adabiyotida o„zining lirikasi hamda asarlari bilan o„chmas iz qoldirgan buyuk shoirdir. Zamonaviy o„zbek adabiyotida Abdulla Oripovning ijodi alohida o„rin tutadi. Inson qalbidagi murakkabiylik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy o„ziga betakror kuylagan taniqli ijodkorni o„zbek adabiyotida tanimagan va bilmagan inson bo„lmasa kerak. Abdulla Oripov hozirgi o„zbek she‟riyatiga yangicha badiiy tafakkur yo„sinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho„lpon, G„afur G„ulom singari ijodkorlar badiiy an‟analarining davomchisi hisoblanadi. Insoniyat badiiy tafakkuri mo„jizalaridan biri bo„lgan she‟riyat insonning olam, va borliqqa hissiy-emotsional munosabati hosilasidir. Insoniyatning quvvai hofizasi zo„r shoirlari yaratgan she‟riy durdonalar barcha xalqlarning, barcha avlodlarning ma‟naviy mulki bo„lib qoladi. Vaqt o„tadi, davrlar yangilanadi, adabiyotga yangi avlodlar kirib keladi va bu ma‟naviy boylikka o„z hissasini qo„shishga chog„lanadilar. Hayotning ichiga chuqur kirib borish, hayot haqiqatini tasvirlashdagi qat‟iyat va izchillik, chuqur obrazlilik, fikr va tuyg„uning ajoyib bir tarzda omuxtaligi, shiddatkor kuch, ichki dramatizm, poetik tafakkurning teranligi, Sharq va G„arb she‟riyatining eng yaxshi an‟analari uyg„unlashganligi yosh shoir ijodiy evolyutsiyasini ta‟minlagan omillari bo„ldi. Biroq yulduzday chaqnagan bu iste‟dod uchqunlari vaqtincha emasmikan degan hadiklar ham yo„q emas edi: Olti oykim, she‟r yozmayman, yuragim zada: Olti oykim, o„zgalarga tilayman omad. Olti oykim, do„stlarim ham pana-panada, Iste‟dodim so„nganidan qilar karomat. Abdulla Oripov ijodiyotining xalqqa manzur bo„lgan jihatlaridan biri shoir o„z ijodini xalq dardi, xalq tilidan yozganligidir. Shoir she‟rlarida xalqning orzu-umidlarini, quvonch va qayg„ularini badiiy mahorat bilan tasvirlaydiki, uning she‟rlari kitobxon qalbiga malham yoki taskin bo„la oladi. Shuning uchun ham uning she‟rlari kirib bormagan o„zbek xonadoni topilmaydi. Shu boisdan ham Abdulla Oripov ijodiyotini barcha birdek yaxshi ko„rib o„rganadi. Abdulla Oripov lirikasining muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, shoir she‟rlarida so„zlarning o„z va Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling