Abdulla Qahhor hayoti va ijodi (1907-1968)


Download 25.06 Kb.
bet2/11
Sana18.06.2023
Hajmi25.06 Kb.
#1598796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdulla Qahhor hikoyalari

Biz, Abdulla Qahhorni ko’proq hikoya janri ustasi sifatida yaxshi bilamiz. Uning hikoyalari hayotiy asoslarga egaligi uchun ham hozirgi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Adibning o’tmish mavzusiga bagishlangan «Anor», «O’gri», «Bemor», «Tomoshabog», «Millatchilar», «Dahshat» hikoyalari, «O’tmishdan ertaklar» qissasida oddiy xalqning o’tmishi , turmush tarzi, ichki ruhiy holati va kechinmalari o’z ifodasini topgan.

Shu o’rinda yirik tadqiqotchi, prfessor Umarali Normatovning Abdulla Qahhor hikoyalari haqidagi quyidagi fikrlarini kiritib o’tish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz:

«Qahhor tabiati, iste’dodi yo’nalishi jihatidan hayotdagi, odamlar qismatidagi fojeiylikni teran his etadigan adibdir. Uning eng etuk hikoyalari ayni fojeiy holat, qismatlar ifodalangan asarlardir. Hikoyalaridagi personajlar hayotidan olingan epizodlar, lavhalar garchi muayyan intiho, badiiy echim bilan yakunlansa-da, bunday yakun galdagi fojialar, ko’rguliklarning debochasi vazifasini o’taydi. «Bemor» dagi Sotiboldi xotinining o’limi uyqu aralash ayasining dardiga davo tilagan qizaloq va xotini dardiga davo qidirib bor budidan judo bo’lgan erning yangidan-yangi sarson-sargardonliklari ibtidosidir. «Anor»dagi Turobjonning oxirida jinoyatga qo’l urishi bu oila boshiga tushajak galdagi chigal savdolarning boshlanishidir. «O’gri»dagi jabrdiyda cholning najot izlab mansab-martabaning turli zinapoyalarida turgan yulgichlarga duch kelib, shilinib, oxirida «najot» topishi-Egamberdi paxtafurushning himmatiga sazovor bo’lishi, bu himmat esa kelgusida yuz berajak avvalgilardan-da ogirroq talonchilikning o’zginasidir. «Dahshat» hikoyasida Unsinning «tiriklar go’ristoni» bo’lgan Olimbek dodxo xonadonidan qutulish yo’lidagi mislsiz jasorati qahramonning halokati bilan tugaydi, biroq qahramon o’limi dodxo xonadonini izdan chiqaradi, talotumlarga griftor etadi. «Asrorbobo»dagi chol bilan kampirning jangda halok bo’lgan o’gli haqidagi sovuq xabarni bir-birlarini ayab sir tutishlari, cheksiz dard –alam, qalb iztiroblarini ichga yutishlari-bir umr davom etadigan fojianing alomat ko’rinishi-badiiy ixtirosidir. . .


Download 25.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling