Abdulla Qahhor hayoti va ijodi (1907-1968)


Download 25.06 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi25.06 Kb.
#1598796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdulla Qahhor hikoyalari

Xullas, odamlar turmushidan olingan epizodlarda, lavhalarda ular hayotiga, qismatiga daxldor fojeiy mohiyatni ko’rish, teran his etish, personajlar xarakteri va qismatini ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin badiiy detallar vositasida gavdalantirish Qahhor hikoyanavislik san’atining eng muhim jihatlaridir».

Abdulla Qahhorning «To’yda aza» nomli hajviy hikoyasi ham bor.

Urushdan keyingi yillarda «Ko’k konvert», «Qizil konvert», «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar», «Asror bobo», «Beshik», «Mahalla». «Nurli cho’qqilar» kabi hikoyalari chop etildi.

Shu yillari uning «Qo’shchinor chiroqlari» romani e’lon qilinadi. Roman hozirgi kun talablariga to’la javob beraolmasa-da, o’z davri masalalarining badiiy ifodasi sifatida ma’lum ahamiyatga egadir.



Adib «Sinchalak», «O’tmishdan ertaklar», «Mahalla» singari qissalarida ham xarakter yaratishda o’z mahorati qirralarini yana bir karra namoyon qildi. Qissalarida realistik uslub etakchilik qilgan bo’lib, hayotimizdagi ayrim kamchiliklar ochib beriladi.

Abdulla Qahhor drama janrida ham badiiy yuksak asarlar yaratdi. 1949 yili «Yangi er yoxud Shohi so’zana», 1954 yili «Ogriq tishlar», 1962 yili «Tobutdan tovush», 1967 yili «Ayajonlarim» komediyalarini yozib tugallagan. Komediyalar o’sha vaqtning o’zidayoq sahnalashtirilib, tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’lgan.

Abdulla Qahhor badiiy tarjimachilik sohasida ham samarali qalam tebratdi. Jumladan, M.Gor’kiyning «Mening universitetlarim», F.Gladkovning «Olovli ot», A.Serafimovichning «Temir oqim». M.Shaginyanning «Gidrotsentral», I.Lening «Toglar orasida» hamda Gogol’ va Chexovning qator asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi.

Umuman olganda, Abdulla Qahhor shaxsiyati butun, bir so’zli, haqiqiy inson bo’lgan. Ijodkor sifatida XX asr o’zbek adabiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatib, o’zidan ulkan badiiy meros qoldirdi.

Abdulla Qahnor - mohir hikoyanavis.

Zamonaviy o'zbek hikoyachiligining rivojida Qahhorning o'rni, hissasi nihoyatda katta. XX asr yangi o'zbek adabiyotida realistik hikoya janrining shakllanishi va rivoji, avvalo, shu adibning nomi bilan bog'liq. To'g'ri, Qahhorga qadar ham ayrim yaxshi hikoyalar yozilgan. A. Qodiriyning ,,Uloqda", Cho'lponning ,,Oydin kechalarda", ,,Qor qo'ynida lola", ,,Novvoy qiz" asarlari o'zbek adabiyotida realistik hikoyalar yaratish yo'lidagi dadil intilishlar bo'lgan edi.


Download 25.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling