Abdulla Qahhor "O‘tmishdan ertaklar"


-mavzu. Mirtemir hayoti va ijodi, lirikasi


Download 0.52 Mb.
bet2/4
Sana03.12.2020
Hajmi0.52 Mb.
#157775
1   2   3   4
Bog'liq
1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob”


3-mavzu. Mirtemir hayoti va ijodi, lirikasi

Reja:

1.Mirtemirning hayoti va ijodi haqida ma’lumot.

2.Mirtemir she’riyatininng o’ziga xos xususiyatlari.

3.Mirtemirning tarjimonlik faoliyati.

4.«Sur’at» lirik qissasi va «Yodgorlik» asarlari haqida

Mirtemir (1910 - 1978) o’zbek she'riyati taraqqiyotida o’ziga xos o’rin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida tug’ildi. O’n bir yoshida qishlog’idan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil ko’rdi. 1925 yilda o’zbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga o’qishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida o’tadi. Shoir ozod etilgach, turli o’quv muassasalarida o’qituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir bo’lib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi.

Mirtemir she'riyatga butun hayotini baxshida etgan samimiy ijodkor edi. Shuning uchun ham rost so’z, chin tuyg’u qatag’on qilingan zamonda ham ko’ngli buyurganini she'rga solishning uddasidan chiqdi. U milliy she'riyatini dala-dashtning tarovati, chorvador va dehqon o’zbekning serjilo tili bilan boyitdi. Shoirning she'riyati so’zlarning musiqiyligi, ifodaning jimjimasiga emas, balki tuyg’uning samimiyatiyu tasvirning tabiiyligiga asoslandi. Shu bois Mirtemirning she'rlari bugungi kunda ham ohorini yo’qotmagan. Quyidagi misralar fikrimizni dalillaydi:

O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir XX asr o’zbek she’riyatini o’zining lirik she’rlari va badiiy yuksak dostonlari bilan boyitdi.Uning asarlarida xalq hayotining nafasi urib turadi, inson qalbi eng teran puchmoqlargacha aniq ko’rinadi,ona yurtning turfa xil ranglari jilolanadi.O’zbek munaqqidlari Mirtemirni «o’zbek she’riyatining bobodehqoni» deb atashardi.Darhaqiqat,shoir mumtoz adabiyot an’analaridan ibrat olib,xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanib,o’zbek adabiyotini boyitdi.

Mirtemir Tursunov 1910 yili hozirgi Chimkent viloyatiga qarashli Iqon qishlog’ida tug’ilgan. U dastlab shu qishloqdagi eski maktabda,keyinchalik esa 1921 yildan Toshkentdagi «Alpomish» nomidagi maktabda o’qidi.

Mirtemirning ijodi maktabda o’qib yurgan kezlaridan boshlandi.Birinchi she’ri «Tanburim tovushi»1926 yilda«Er yuzi» jurnalining 15-sonida bosilgan.

Mirtemir 1929 yili Yangi shahardagi O’zbek erlar bilim yurtini bitirib, Samarqand Davlat dorilfununida o’qiydi.

Ko’p o’tmay Mirtemir shoir sifatida taniladi.1928 yili uning birinchi she’rlar to’plami «Shu’lalar qo’ynida» nomi bilan nashr etiladi.To’plamga kirgan she’rlar haqida munaqqidlar o’sha kezdayoq iliq fikrlar bildirishgan.

Keyinchalik uning «Zafar»(1929), «Qaynashlar»(1932), «Tong» (1932), «Ochlar o’lkasida»(1936), «Poytaxt» (1936), «O’ch»(1943), «Tanlangan she’rlar» (1947), «Tanlangan asarlar» (1958), «She’rlar»(1961,1964) «Yangi she’rlar»(1967), «Qush tili» (1970), «Tingla hayot» (1974) «Kipriklarim» (1976), «Izlayman» (1976) «Yodgorlik»(1978) kabi to’plamlari o’quvchilar hukmiga havola etildi.

Mirtemir ijodiy kamoloti «O’ylar», «Qizg’aldoq», «Bog’imning chechaklari», «Lolazordan o’tganda», «Balki», «Quyoshning zabti» kabi she’rlarida yanada ravshanroq ko’rinadi. Shoir lirikasida tabiat tasvirining ham o’ziga xos o’rni bor. «Yashil yaproqlar» she’rida mohirona qo’llanilgan tasviriy detallar o’quvchi qalbiga o’ziga xos iliq hislar olib kirishga ko’maklashgan:

Mirtemir izlanishlari o’zbek kitobxonini qator asarlarni o’z tilida o’qishiga imkoniyat yaratib berdi.U M.Gor’kiyning «Bo’ron qushi haqida qo’shiq» asarini,A.S.Pushkinningertaklarini,M.Yu.Lermontovning she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi?» poemasini,Sh.Rustavelining «Yo’l- bars terisini yopingan pahlavon» (M.Shayxzoda bilan birgalikda) dostonini,qirg’izlarning buyuk «Manas» eposining birinchi kitobini (1964 yilda),Uyg’un bilan hamkorlikda nashr etilgan qoraqalpoqlarning «Qirq qiz»ini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.

Bundan tashqari,Ejen Pot’e,Abay,Berdaq,Nozim Hikmat, Genrix Geyne, A.Tvardovskiy, Pablo Neruda kabi shoirlarning asarlari tarjimasi ham Mirtemirning say-harakatlari natijasida o’zbek tiliga o’girildi.

Xalq og’zaki ijodini chuqur o’rgangan shoir «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to’yida» kabi dostonlar yaratdi.

Mirtemir bir necha marta Qoraqalpog’istonga boradi, qardosh xalqlarning madaniyatini,adabiyotini,turmush tarzini o’rganadi.Ana shu taassurotlar natijasida 1957 yili «Qoraqalpoq daftari» turkumi she’rlari maydonga keladi.

Bu turkumga kirgan «Suluv yoz», «Tonglar ham go’zal», «Daryo jimir-jimir», «Bulut» kabi she’rlarini o’qir ekansiz shoirning tabiat go’zalligini,hayotni butun borlig’i bilan sevishi yaqqol ko’zga tashlanadi.

Lirik qissa o’zbek adabiyotida ilk bor yangi bir janr sifatida Mirtemir tomonidan yaratilgan.Uning «Qoraqalpoq daftari» she’riy turkumidan «Surat» dostoni ham o’rin olgan bo’lib,lirik qissaning o’zbek she’riyatidagi dastlabki ko’rinishidir.

«Surat» lirik qissasida Mirtemir inson ruhiyatini butun murakkabligi bilan tasvirlab bera olgan.Qissa bir syujet chizig’i asosida qurilgan emas,balki bir nechta alohida-alohida lirik lavhalardan tashkil topgan.

«Surat» qissasi yozilgan vaqtda she’riyatda insonlarning ruhiy iztiroblarini,yurak dardlarini kuylash tushkunlik kayfiyatiga berilish deb hisoblanar,kuylashga jur’at etgan shoir ham pessimist shoir sifatida qoralanar edi.Ana shunday davrda ham Mirtemir haqiqatni yozishda o’zida kuch va jur’at topdi.



Mirtemirning so’nggi asari «Yodgorlik» deb ataladi.Kitobga shoirning turli xil mavzudagi she’rlari kiritilgan bo’lib,shoir iste’dodining butun qirralari aniq va ravshan ko’rinib turadi.

Mirtemirning “Shu'lalar qo’ynida” (1928), “Zafar” (1929), “Qaynashlar” (1930), “Kommuna” (1931), “Tong” (1932), “Kipriklarim”, “Yodgorlik” (1978) va boshqa she'riy to’plamlarida intim va ijtimoiy lirikaning sara namunalari o’rin olgan. Shoir qalamiga mansub “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning to’yida”, “Surat”

“Onaginam”, “Shudring”, “Barqut”, “Yali-yali”, “Ratti”, “Armon”, “Chirildoq”,

“Sutdek oydin”, “Men kelgum”, “Hayda”, “Ona yurtim”, “Ona tilim”, “Ko’klamda” singari yuzlab she'rlarida inson ruhiyatining nozik va so’z bilan ifodalash qiyin manzaralari mahorat bilan chizilgan. Ularda olam va odamga xos jihatlar intim jihatlar ingichka aks ettirilgan.



(1957) dostonlari va “Qoraqalroq daftari” she'riy turkumi Mirtemir tasvir imkoniyatlari nechog’lik keng ekanini ko’rsatadi.

Savol va topshiriqlar:

  1. Mirtemirning hayot yo‘li haqida so‘zlab bering.

  2. Mirtemirning qanday asarlarini bilasiz?

  3. “Surat” lirik qissasi qachon yaratilgan? Uning ijodiy tarixi qanday?

  4. Kiprik poetik obrazi ishlatilgan qanday she’rlarni bilasiz?

  5. Mirtemir she’rlarining milliyligi to‘g‘risida nima deya olasiz?

  6. Shoir o‘z boshidan kechgan voqealarni lirik qissada nega Toshlon obrazi orqali ifodalagan?

4-dars. Asqad Muxtor va uning “Chinor” romani

Reja:

1.Asqad Muxtorning hayot va ijod yo‘li

2.Adib asarlari va tarjimalari

3.Uning “Chinor” romani haqida

Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrda Farg‘ona shahrida Mas’ud temiryo‘lchi oilasida tug‘iladi. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O’rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1942). Dastlabki dostoni — «Bizning avlodlar» (1939). «99 miniatyura» (1962), «She’rlar» (1966), «Sirli nido» (1984) va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi. «Bo‘ronlarda bordek halovat» (1976) qissasi hamda «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1969), «Amudaryo» (1986) kabi romanlari bor. «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Chin yurakdan» (1956), «Dunyo bolalari» (1962), «Ildizlar», «Jar yoqasidagi chaqmoq» (1984), «Kumush tola» (1988) singari asarlari bolalarga bag‘ishlangan. «Tong bilan uchrashuv» (1987) pesalar to‘plami nashr etilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1972). «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995). 1997 yil 17 aprelda Toshkentda og‘ir xastalikdan vafot etadi.
Shoir va yozuvchi. 1920-yilning 23-dekabrida Farg`ona shahrida tug`ilgan. Bolalar uyida tarbiyalangan. 1936-yilda maktabni bitirgan. Toshkentda jurnalistika kursida o`qigan. So`ng 1938-yilda Samarqanddagi SamDU filologiya fakultetiga o`qishga kiradi. 1943-1945-yillarda Andijon pedogogika institutida o`zbek tili va adabiyoti kafedrasida mudir bo`lib ishlagan.
So`ngra u “Yosh leninchi”, “Qizil O`zbekiston” gazetalari, “Sharq yulduzi”, “Guliston” jurnallarida ishladi. O`zbekistondagi birinchi haftalik gazeta - “O`zbekiston adabiyoti va san`ati”ning tashkilotchilaridan biri. Yozuvchilar uyushmasidad kotiblik qildi.
“Po`lat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonlarim” (1954), “Chin yurakdan” (1956), “99 miniatyura” (1962), “Karvon qo`ng`irog`i” (1964), “She`rlar” (1966), “Quyosh belanchagi” (1971), “Sizga aytar so`zim” (1978) singari she`riy kitoblar yozdi. O`zbek she`riyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuyg`ular tasvirini olib kirdi.
Prozaik sifatida “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin ko`chalari” (1980), “Jar yoqasidagi chaqmoq” (1982), “Kumush tola” (1987) qissalari, “Opa-singillar” (1955), “Tug`ilish” (1960), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1969), “Amu” (1984) romanlarini yozdi. Bu asarlarida inson ma`naviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi. 
Sofoklning “Shoh Edip” fojeasini, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy, Gorkiy, Shevchenko, O. Nil singari adiblarning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.

Asqad Muxtor nazmini o‘z davrida falsafiy xarakterdagi she’riyat, deb baholashgan.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi A. Muxtorning o‘zbek adabiyotshunoshligidagi tashabbuskorligi XX asrning 60-yillaridanoq romanchiligimizga “shafqatsiz realizm” ko‘rinishlarini olib kirganligida namoyon bo‘ladi.

Chinor” romani haqida. Bu asar muallifga katta shuhrat keltirgan. Asarda bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar va qissalar aralash kelaveradi. Lekin romandagi barcha insoniy taqdirlar 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi. U asar markazida turuvchi obrazdir.

Romandagi mungli qissalardan biri “Qo‘rqoqlikning to‘lovi”dir. Unda qo‘rqoqni qahramon deb bilib, astoydil e’zozlayotgan odamlar tasviri berilgan. Asarda Akbarali holati quyidagicha tasvirlangan: “Yolg‘izlik esa unga hamisha yo‘ldosh. Ko‘pchilik orasida ham, onasi bilan yonma-yon o‘tirganda ham u yolg‘iz. Xayolida o‘sha o‘ylaridan boshqa hech narsa yo‘q. O‘sha voqealarni xayolidan kun-bakun o‘tkazib, o‘ziga najot izlaydi. Topolmaydi…”. Romandagi “Odam deb o‘lgan odam - tirik” gapi Ochil buva tomonidan, “O‘zini deb yashagan – o‘lik” gapi Akbarali tilidan aytilgan.

Asarning asosiy qahramonlari: Ochil buva ( u Akbaralini ovozidan tanib qoladi, uni “mo‘rt barg” deydi), Azimjon, Akbarali G‘oziyev (u o‘z dardini bufetchi Sonyaga aytib bergan, o‘z joniga qasd qilgan), Bektemir, Sharofat xola(Akbaralining onasi) va boshqalar.
Savol va topshiriqlar:


1.Asqad Muxtor hayoti va ijodi to‘g‘risida gapirib bering.

2. Asqad Muxtorning qanday she’rlarini bilasiz?

3. “Chinor” romanigi Akbarali obrazi sizda qanday taassurot qoldirdi?

4. Konda Akbaralining o‘rnida Siz bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?

5. O z qilmishidan qiynalayotgan Akbarali nega onasiga yoki do‘stlariga dardini ayta olmaydi?

6. Akbarali o‘z joniga qasd qilib to‘g‘ri yo‘l tutdimi?



5-dars. Said Ahmad hayoti va ijodi

Reja:

1.Said Ahmad – hajviy hikoya va miniatyuralar ustasi.

2.Adib qissalari

3.“Ufq” trilogiyasi

Mashhur o’zbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxo’jaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida tug’ilgan.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling