Abdulla qahhor va chexov hikoyalarida qahramon tasviri va uning psixofiziologik talqinlari


Download 62.98 Kb.
bet1/2
Sana31.10.2023
Hajmi62.98 Kb.
#1735767
  1   2
Bog'liq
ABDULLA QAHHOR VA CHEXOV HIKOYALARIDA QAHRAMON TASVIRI VA UNING PSIXOFIZIOLOGIK TALQINLARI


I LM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
info@bestarticle.uz
https://sites.google.com/view/imxu/

BEST ARTICLE RESPUBLIKA ILMIY – ONLAYN KONFERENSIYASI 2022




ABDULLA QAHHOR VA CHEXOV HIKOYALARIDA QAHRAMON TASVIRI VA UNING PSIXOFIZIOLOGIK TALQINLARI
THE IMAGE OF THE HERO IN THE STORIES OF ABDULLAH QAHHOR AND CHEKHOV AND HIS PSYCHOPHYSIOLOGICAL INTERPRETATIONS
ОБРАЗ ГЕРОЯ В РАССКАЗАХ АБДУЛЛЫ КАХХОРА И ЧЕХОВА И ЕГО ПСИХОФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ИНТЕРПРЕТАЦИИ
I.Nabiyeva FarDU I kurs magistri
M.Tursunboyeva FarPI o‘qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada Chexov va Abdulla Qahhor ijodidagi o‘ziga xosliklar ularning hikoyalaridagi uslubiy o‘xshashliklar haqida fikr yuritilgan. Yana etiborli tomoni maqolada hikoya qahramonlarining ruhiy holatlari jamiyat va undagi odamlarning ruhiyatiga qarama-qarshi tarzda ochib beriladi.
Annotation
The article discusses the features of the works of Chekhov and Abdulla Qahhor, the stylistic similarities in their stories. Another noteworthy aspect of the article is that the mental states of the protagonists in the story are revealed in a way that contradicts the psyche of the society and the people in it.
Аннотация
В статье рассмотриваются особенности произведений Чехова и Фбдуллы Каххора и стилистическое сходство в их рассказах. Ещё одним примечательним аспектом статьи является то, что психические состояния главных героев рассказа раскрываются таким образом, который контрастирует с общества и людей в нем.
Kalit so‘zlar: hikoya, ijodkorlik uslubi, xarakter, psixofiziologik talqin, jamiyat manaviyati.
Кey words: story, creative style, caracter psychophysiological interpretation, community spirituality.
Ключевые слова: история, креативный стиль, характер, психофизиологическая интерпретация, общественная духовностью.
Abdulla Qahhor mohir so‘z san`atkori bo‘lib, muayyan xarakter va holatni aks ettiradigan so‘zni qo‘llab va uni qolipiga tushgandek o‘rnini topib ishlata olishi yozuvchining o‘ziga xos uslubga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bu jihatdan u haqiqiy mo‘jizakor adib edi. Uning sozlarni ayab, son jihatdan kam sozlar bilan teran fikrlarni ifodalay olishi, rus yozuvchisi Chexovning uslubini yodga solidi. Bu ikki yozuvchi ham oz qahramonlarini, ular tushgan vaziyatni hayotning ozidek tabiiy tasvirlay oladilar. Quyida yozuvchilarning Hasrat va Asror bobo hikoyalrida qahramonlarning ruhiyati va ularning jamiyatdagi bosimlarga qay darajada chidamliligini korishimiz mumkin.
L.N.Tolstoy jamiyat va sanatkor masalasiga toxtalib bir jamiyatda yashagan holda shu jamiyatdan ozod bolish mumkin emas degan edi. Tolstoyning sanatkorlarga qarata aytgan bu sozlari umuman jamiyat azolariga tegishlidir.Darhaqiqat, biror jamiyatda yashagan odam osha jamiyat qonun-qoidalaridan ,osha jamiyatda qonun tusiga kirgan odatlardan,yuzaki sotsial va iqtisodiy prinsiplardan holi yashay olmaydi. Sinfiy jamiyatda insoniy hislatga ega bolganlar doim osha jamiyatning iqtisodiy-siyosiy iskanjasiga olingan holda yashaydi. Buni inson faqat unga nisbatan ekspluatatlar munosabatidan emas, balki ozaro bir-birlariga bolgan munosabatdan ham sezib turadi.
Chexovning Hasrat nomli hikoyasida : zamonaning zayli bilan oddiy bir rus kishisi baxt izlab tugilib-osgan qishlogini tashlab shahri azim Peterburgga kelib qoladi. Uning baxti bir iloj qilib tirikchiligini otkazish.Qolida bor-yogi oti-yu izvoshi.Bu rus insoni Ion Potapovning boshiga ogir kulfat tushadi.Uning yakka-yu yagona ogli olib qoladi.Bu hasratni birga tortadigan qarindosh-uruglari qishloqda. Oglidan tashqari bitta qizi bolib, u ham qishloqda qolib ketgan. Hikoyada mana shu izvoshchining hasratda otgan bir kuni tasvirlanadi.
Ion Potapov hamma yogi oppoq qor bosgan, xuddi arvohga oxshab izvoshning kursisida bukchayib otirar edi. U birgina orzu bilan tirik edi:biron kishi kelib izvoshga otirsa-yu, yol-yolakay uning dardini eshitishlarini xohlardi.
Bir vaqt izvoshga harbiy kishi kelib otiradi. Ogir hasratdan siqilgan Ion izvoshni haydarkan, kochaning ong tomni qolib chap tomonga otib ketar va kishilardan sokish eshitardi. Ancha iymanishlardan keyin dardini harbiyga aytishga qaror qiladi. Biroq harbiy uning hasratini oddiy xabardek eshitib qoya qoladi. Ionning ichidagi hasrati va qaygusi unga mutlaqo begona edi.

Song Ion saroyga qaytadi va hasratini uchinchi odamga yani yosh izvoshchi yigitga aytishga harakat qiladi. Afsuski, ozining gaplari yigitga qanday tasir qilganini bilmoqchi bolib, yigit tomon ogirilib qaraganda uning allaqachon burkanib uyquga ketganini koradi va bus safar ham dardi ichida qolganini anglaydi . Chol ogir xorsinib qashindiYosh yigit qanchalik chanqagan bolsa, buning xuddi shunchalik sozlagisi kelardi. Oglining olganiga bir hafta bolib qolgan bolsa ham, hali biron odamga yorilib ichidagi dardini,hasratini ayta olgani yoq


Ionning bugungi kuni ham shu xilda hasrati yuzaga chiqmasdan otib ketayotir. Keladigan boshqa kunlar ham xuddi shu tarzda ota berishi mumkin. Ammo hasrat kundan-kunga zorayar va Ionning yuragiga sigmas edi. Oqibat shu boldiki, Ion oz hasratini eshitadigan tirik insonni jamiyatdan topa olmagach, noiloj otiga sozlab beradi: Shunaqa ekan, uka, - deb otiga murojaat qiladi Ion.
-Kuzma Ionichdan ham ayrilib qoldikBizlarni tashlaboldi, ketdi, chakki qildiMana, chunonchi sening quluning bor, sen uning tuqqan onasisanChunonchi, osha quluning birdaniga seni dog-u hasratga qoyib olsa-yu, ketsakishi achinadi-da?
Tanlangan vaziyat ham, qahamonning taqdiri ham nihoyatda fojiaviy. Bu yerda fojia Ionning ogli olib qolganidagina emas. Fojia Ionning yolgizligida, odam bola turib, ozini odamlar qatorida seza olmaganligida, Ion shunday bir jamiyatda yashaydiki, unda har kim ozi bilan band, har kim oz yolidan qolgisi kelmaydi, yolida keta turib, ikkinchi bir kishiga dardkash blishni xohlamaydi. Balkim, shundaydirki, osha harbiyning ham, chelakni boshiga kotarib suvini ichib, Ionning dardiga quloq solmay burkanib yotib olgan yigitning ham oziga yarasha dard va hasrati bordir, balkim, Ionning izvoshiga mingan uchta yigitning shoxliklari ham ogir dard va hasratning natijasidir xullas, Ionning muhiti tabiatan hasratga tola edi.
Hasratdan kelib chiqadigan mano bugina emas. Ionnikiga oxshagan ogir dard va hasratlar hamma davrlarda ham uchrab turishi mumkin. Biroq bunday dard va hasratlar malum bir muhit, malum bir davrda kishilar orasida boladigan munosabat natijasida yengillashadi, malum bir muhit va davrda ogirlashadi. Ion yashagan davr va muhit shunday ediki, uning dard va hasrati borgan sari ogirlashib bordi.
A.P.Chexovning Hasratida tasvirlangan manzaraga oxshaganini bizning davrimizda, bizning muhitda Abdulla Qahhorning Asror bobo hikoyasida korishimiz mumkin.
Asror bobo hikoyasining goyaviy va badiiy quvvati koproq asar qahramoni Asror boboning xarakter xususiyatlariga bogliq. Abdulla Qahhor ozi Asror bobo xarakter xususiyatini izohlab shunday deb yozgan edi:
Vatan urushi yillari chiqqan Asror bobo hikoyasini yozishda Taras Bulba obrazi menga ilhom berdi. Asror bobo kampiriga qalbini ortab yurgan ogir musibat oglining jangda halok bolganligi xabarini aytmay, yashirib yuradi. Bu musibatning hamma dard-alamiga oz qalbini tutib beradi. Bunda Asror boboga Taras Bulba chiziqlaridan birini berishga uringanligimni korish mumkin.
Ha, oila boshiga tushgan butun dard va alamlarga Asror bobo oz qalbini tutib beradi. Bu ishni u faqat kampirini ayaganlikdangina qilmaydi. Agar kampirini ayasa, bu haqda Haydar ota bilan dardlashishi mumkin edi. U hech kimga oz dardini tokmaydi. U dard-alamni oz qalbining chidam bera bilishiga ishonib oziga oladi. Gap bu yerda malum bir muhitda inson xarakterida paydo boladigan xususiyatga bogliqqa oxshaydi.
Asarda voqealar rivojida Asror bobo xarakterida siri xislatlar paydo boladi. Uning tetikligi, shahdam qadam tashlashi, yosh bolaga chiqqan soqolda kishining kulgusini qistarar edi. Uning ustiga bobo xop ozgan va qorayib ketgan. Ilgari chilim chekmaydigan chol endi chilim chekadigan bolibdi. Bobo xarakteridagi bu yangiliklar uning hayotidagi bu yangiliklar uning hayotida qandaydir sirli muhim bir voqea roy berganidan darak berar edi. Lekin bu voqea nimadanbuni na kampir biladi na atrofdagilar

Bundan tashqari Asror bobo xarakterida bazi bir voqealarga nisbatan mujmallik paydo boladi. Uning Haydar otaga yozgan xati mavhum. Shuning uchun Haydar ota Asrorqul xafami, nima balo deb Otarga yetib kelgan edi. Haydar ota Yodgorboydan xat kelib turibdimi? deb sorasa har xatida seni soraydi deb javob beradi-da : Oglim, Abror , bitta chilim sol, deb gapni boshqa tomonga buradi.


Kasalni yashirsang istimasi oshkora qiladi deganlaridek, Asror bobo harakteridagi drammatizm ham asta-sekin oshkora boladi. Biroq bu oshkoralikda ham qandaydir sir bor. Haydar otaning qoshida kampirga dushmanga oz vaqtida javob berilmasa, uning beradigan zarari kopayishini tushuntirib, gapni tugatar ekan:
Asrorqulning tovushi ozgardi. U irgib ornidan turdi-yu , chilimni kotarib ochoq boshiga qarab ketdi. Haydar ota bildiki, uning opkasi toldi. Buni kampir ham payqadimikan deb sekin razm soldi, payqabdi, payqabdi-yu, aftidan kongliga gulgula tushibdi. Haydar ota buni uning qult etib yutunganidan bildi.
Bu tovush ozgarishi, opka tolishi bobodagi kuchli kuchli dramatizmdan darak berar edi. Asror bobodagi pinhoniy muhiti, real hayot bilan mahkam bogliq. Abdulla Qahhor shuni togri aks ettrib berdi.
Asror bobo bazan kampirga qattiq qattiq aytadi. Kampir oglidan kelgan xatlarni talab qilganda Asror bobo: Yaxshi xat yozsa ham yiglaysan, yomon xat yozsa ham yiglaysan, nima qilaman korsatib? deydi. Keyinroq kampir avjiga chiqa bergach: Ammo lekin xop kaltakbop bolibsan-da. Burungi zamon bolsa, bironta qovurgangni butun qoymas edim deydi. Kampir ham undan qolishmaydi. Mana uring, sindiring qovurgamni. Qorqmay qoya qoling, arz qilmayman, deydi.
Boshqa bir joyda kampir boboga undan ham qattiqroq gap qiladi.Ovqat yeb otirganda ichidan yigi tolqinlanib kelganda ozini tutish uchun Asrorqulga xarxasha qiladi: Namuncha qurt-qurt qilib chaynaysiz. Asror boboning kayfiyatini tushunib yumoq ohangda javob beradi: Turp shunaqa boladi-da, jonidan. Kampir ohangni yana bir parda kotardi: Qayoqda, yumshoq non yesangiz ham otga oxshab chaynaysiz.
Kampir bilan bobo oralarida shunga oxshash bir-birlariga qattiq tegadigan gaplar boladi. Bu gaplar ogir muhit natijasi edi. Biroq bu gaplar ularda otkinchi bir kayfiyat oqibati bolib, ularning xarakter yonalishiga uncha sezilarli salbiy tasir korsatmaydi. Voqeani kuzatar ekanmiz, kampir bilan chol orasida qandaydir buzilmas, yemirilmas bir mehr borligini his qilamiz.
Mehr bilan mehrning ham farqi ham bor. Asror bobo bilan uning kampiri oralaridagi mehr N.V Gogolning Eski Dunyo pomeshchiklari dagi Afanasiy Ivanovich bilan Pulxeriya Ivanovna oralaridagi mayda manfaatlar, bir xil hayot natijasida sifatida paydo bolgan mehrni emas. Ular oralaridagi munosabat samimiy , insoniy.
Qalbirasolik va mehr oqibatda Asror bobo butun dard-alamga ozini tutib bergan bolsa, qalbirasolik va mehr tufayli kampir ham Asror bobo qilgan ishini takrorlaydi. Oglining nobud bolganini frontdan qaytganlardan eshitar ekan, qarib qoldi, kotara olmaydi manosida bu xabarni cholidan yashiradi. Shu yosinda Asror boboda tasvirlangan mustahkam irodalik, dard-alamlarga oz qalbini tutib berishlik malum darajada kampir obrazida ham takrorlaydi. Bu xislatning ikk obrazda ham takrorlanadi. Bu xislatning ikki obrazda ham bir xil takrorlanishi asarni orginal va manoli tugallanishiga olib keladi. Haydar ota kampirni kongil yozib, havo almashtirib kelish uchun oz qishlogiga taklif qilar ekan, bu paytdagi holatni yozuvchi shunday tariflaydi. Chol bilan kampir bir-biriga yalt etib qaradi. Bu qarashda har ikkisining ham konglidan bir gap otdi: Men yogimda bu xabarni eshitsang, yolgizlik qilib qolmasmikinsan?

Xulosa o‘rinida hikoyadagi ikki qahramonning hayot yo‘lini qiyoslarkaniz, ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlarini quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.




Download 62.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling