110 m ga g’ovlar osha yugurish tehnikasi


Download 17.62 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi17.62 Kb.
#1722815
Bog'liq
110 m ga g’ovlar osha yugurish tehnikasi


TO’SIQLAR OSHA YUGURISH
Ayollar, katta va kichik yoshdagi qizlar va qiz bolalar 30, 40, 60, 80, m ga, kichikyoshdagi o’smirlar va o’g’il bolalar 30, 40 va 80 m ga, erkaklar va katta yoshdagi o’smirlar 35, 55, 110, 200, 400 m ga g’ovla osha yuguradilar. Bundan tashqari kichik yoshdagi o’smirlar ham 110 m ga g’ovlar osha yugurishlari mumkin. Turli masofalardagi barerlar soni va ular orasiodagi masofalar tablitsada ko’rsatilgan.
Go’vflar osha yugurish masofasi sharttli ravijda to’rt fazaga bo’linadi:
Start va startdan keying tezlanish, depsiish va g’ovlardan o’tish, g’ovlar orasida yugurish marraga kelish
110 M GA G’OVLAR OSHA YUGURISH TEHNIKASI
Start va startdan keying tezlanish. Go’vlar osha yugurishda past start tekis yugurishdagiga nisbatan ancha qiyin sharoitda bajariladi, chunki g’ov oshar birinchi to’siqqacha bollgan kichik masofada mum kin qadar maksimal tezlikni oshirish bilan birgalikda, depsinish joyiga oyog’I to’g’ri kelishi uchun ma’lum miqdordagni qadam tashlash kerak. G’ov osharlar start tirgaklarini ayrim paytda start chizig’iga yaqinroq ayrim paytda sirpanadigandek, ba’zan esa start chizig’idan uzoqroq qo’yadilar.
“ Diqat!” komandasidan keyin g’ov osha tosini elkasidan sal yuqoriroq ko’taradi.
Yugurishning birinchi metrlardayoq gavdani sportchidan ko’ra tezroq tiklab olish kerak, chunki birinchi to’siqdan o’tishda yahshiroq debsinish uchun startdan keyingi 9-10 metrdayoq deyarli normal holatda yugura boshlashi kerak.
Birinchi govgacha bo’lgan masofa 7 yoki 8 qadamda yugurib o’tiladi. Qadamlar 7 ta bo’lganda, startda silkinch (g’ov ustidan birinchi o’tadigan) oyoq oldinda bo’ladi, 8 ta bo’lganda esa debsinuvchi ( g’ov oshishda ) oyoq oldingi tirgakka qo’yiladi. G’ov oshish uchun (g’ovga debsinishdan oldingi qadam avvalgilardan 25-30 sm qisqaroq bo’ladi. Bu yahshiroq tepsinish va to’siqlardan bemalo o’tishga imkon beradi. Debsinish joyi g’ovdan 195-220 sm masofada bo’ladi start chizig’idan birinchi g’ovgacha bo’lgan masofada 8 ta qadam qo’yilsa qadamlar uzunligi tahminan 55-115-130-145-160-180-205-175 sm bolib g’ovdan 207 sm barida debsinaladi; 7 qadam qo’yilganda esa qadamlar uzuligi tahminan 90-120-160-180-205-215-187 sm bo’lib g’ovdan 215 sm barida deb sanaladi.
Depsinish va g’ovdan o’tish. G’ovga yaqinlashayotganda, oyoq debsinish joyiga aniq tushadi, degan ishonch bo’lishi zarur. Faqt shundagina yugurish tezligini saqlab qolib, to’siqdan yahshi o’tishi mumkin. Yaqin joydan debsinsa, u.o.m. to’siqdan juda baland ko’tarilib ketadi-da, to’siqqa tashlanish yomon chiqadi; uzoq joydan debsinganda esa g’ov ustida faol harakat qilishi yomonlashib, g’ovdan o’tish shiddat kamayadi.
Debsinuvhci oyoq debsinish joyiga qisqa masofaga yugurishda qanday qo’yilsa, bunda ham shunday qiylanadi . G’ovdan o’tish bukilgan silkinish oyoq soning yuqorilatib oldinga tez va baland ko’tarib , gavdani oldinga ko’proq engishtirishdan boshlanadi. Shi bian deyarli bir vaqtda tayanch (depsinuvchi) oyoqda debsina boshlashi kerak. Bu depsinishning ohiri o’yoqning to’g’rilashi va gavdani shiddat bilan bariga engashish paytiga to’gri keladi.
Qo’l harakatlari deyarli tekis yugurishdagi harakatlarga (ilkinc oyoqqa teskari tomondagi qo’l k’oproq to’g’rilanadi) ohshash bo’ladi. Qo’l harakatlarini saqlashga gavdani g’ov tomonga ko’proq engashtirishga, muvozanat saqlashga, tuzikroq depsinishga va g’ovdan yahshi o’tishga yordam beradi. G’ov ustiga o’tayotganda silkinch oyoq biln bilan birgalikda nargi tomondagi qo’l ham oldinga uzatiladi, bu qo’l kafti pastga qaragan barmoqlar esa to’g’ri tutiladi. Shu bilan bir vaqtda ikkinchi qo’l bukilgan holda tirsak bilan panja gavda chizig’dan o’tguncha orqaga harakat qiladi.
Bazi yuguruvchilar g’ov ustiga o’tayotganda ikki qo’llarini barabar olg’a cho’zadilar-da, keyin birinchi usuldagi kabi (bir qo’l bilan) harakat qilaveradilar. G’ov ustiga o’tayotganda gavdaning engashishi, silkinch oyoq sonning balandligi va keyin shu o’yoqning to’g’rilashni va g’ov osha u.o.m. ni minimal daraja yuqori ko’tarib g’ovdan o’tib ketgan darajada bo’lishi kerak.
Ko’pincha depsinish va unga aloqodor harakat –g’ov ustiga o’tishi g’ovga hujum y’oki g’ovga tashlanish deb aytadilar. Siltanib, g’ovga tashlanihsdan keyin, g’ov osha tayanchsiz fazzaga o’tadi. Bu ham barergacha kelayotgandagi kabi shiddat bilan bilan bajarilmog’o kerak. Hrakatlarda uzilish bo’lmasligi kerak, silkinch o’yoq tez yozilib, shu oyoq tagi g’ovlarning tepa tahtachasi ostida bo’lganida gavda eng ko’p egilgan bo’ladi.
Shu paytda depsinuvchi o’yoq bir qancha bukilgan holda ancha orqada qolib ketadi. Silkinch oyoq faol erga tushayotganda debsinuvchi oyoq tizzasi bukilib u ham tez yuqorilab oldinga harakat qiladi. Bu paytda qo’llar holtai o’zgaradi. Silkinch oyoq tomondagi qol oldinga uzatiladi, narigi qo’l esa oddiy yugurishdagi kabi bukilib orqaga harakat qiladi-da, oldinga uzatilayotgan depsinuvchi oyoqning tagidan o’tadi.
G’ovdan keyin erga tushganda olg’a jilish tezligi kamaymasligi, g’ovlar orasida yugurish ritmi buzilmasligi kerak. Bunda gavdani oldinga engashtirgancha debsinuvchi o’qni g’ovdan faol o’tkazish katta rol o’ynaydi. O’yoq erga tegadigan joy gavdaning u.o.m. proeksiyasiga yaqinroq bo’lishi kerak.Shunda oldingi tayanchning tormozlash t’asiri kamroq bo’ladida –da gov oshar tohtalmay yugurib ketaveradi. Erga to’g’rilangan oyoq uchudan gavdadan 145-160 sm narida tushiladi.
Bo’yi pastroq yuguruvchilar g’ovdan keyin uzun bo’ylilarga nisbatan uzoqroq masofaga borib tushadilar. Bundan nariroq yoki beriroq tushish tehnikaga bog’liq. Tehnika qancha past bo’lsa, yuguruvchi shuncha nariga borib tushadi.
Govdan keyin erga tushishda tayanch oyoqni bukish yaramaydi; tezlik kamaymasin uchun va yugurish ritmi buzilmasligi uchun esa shu tayanch oyoqni u.o.m. ga yaqinroq qo’yish kerak. Depsinuvchi oyoqni o’z vaqtida faol olg’a o’tkazish (silkinch oyoqi tushirish bilan birga) yugirishni yahshiroq davom ettirishga yordam beradi
G’ovlar orasida yugurish. G’ovdan keyin erga tushgan joy bilan keying to’siqdan o’tish uchun depsinadigan joy orasidagi masofa uch qadam yugurib o’tiladi. G’ov ustidan ham to’g’ri chiziq bo’ylab o’tish, g’ovlar orasida ham to’ppa-to’g’ri yugurish kerak. G’ovlar orasida yugurish tehnikasi ham deyarli qisqa masofaga tekis yugurish tehnikasi kabidir. Erga tushgandan keyin yuguruvchi to’htamasdan birinchi qadam tashlaydi.Buning uzunligi tahminan 175-180 sm keladi. Qadam uzunligi keragidan kamayib ketmasligi uchun yugurish ritmi va tezligini saqlab qolish kerak.
Ohirgi g’ovdan marragacha bo’lgan masofa (14m 02 sm) yugurishdagi maksimal tezlikda yugurib o’tiladi.
Yuqori g’ovlardan (106,7 sm ) o’tib yugurish tehnikasini egallash uchun, yuguruvchining boshqa hislatlaridan tashqari unig bo’yi ham katta ahamiyathga ega. Bo’y baland bo’lsa, g’ov oshish tehnikasi tekis yugurish tehnikasiga yaqinlashtirish mumkin bo’ladi. Past bo’yli g’ov osharlar to’siq ustidan “qadamlab” keta olmaydilar-da, ularning tayanchsiz fazalari cho’zilib, g’ovlar orasidagi yugurish tezliklari kamayib ketadi.


Test-book.ucoz.com

Download 17.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling