Abdulla Qahor "O'g'ri" hikoyasi Mirzayeva. Sh


Asardagi Egamberdi paxtafurush


Download 4.71 Mb.
bet3/3
Sana07.11.2023
Hajmi4.71 Mb.
#1753897
1   2   3
Bog'liq
6-SINF. Abdulla Qahhor. “O‘g‘ri”

Asardagi Egamberdi paxtafurush
Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynatasi – Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi. Paxtafurush cholning holiga ko‘p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita ho‘kiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti bor. Bu shart kuzda ma’lum bo‘ladi...
Asarda ishlatilgan atamalar
xatga tushadi – tortib olinadigan narsalar ro‘yxatiga qo‘shiladi
taftish – tekshirish
chashna – tatib ko‘rish uchun namuna
azayimxon – afsun o‘qib kasallarni “davolovchi”, muammolarni “hal qiluvchi” kishi
obdastagardon – duo o‘qib o‘g‘rini topish
arbob – amaldor, yuqori lavozimdagi shaxs
kulankir – zotli xo‘roz (tovuq)
MUHOKAMA QILAMIZ
Guruhlarda ishlaymiz
1. Guruhlarga bo‘lining. “O‘g‘ri” hikoyasidagi o‘zingizga ma’qul bo‘lgan epizodni tanlang va shu asosda rasm chizing. Ijodingiz asosida taqdimot tayyorlang va uni guruhlarda muhokama qiling.
2. Tasavvur qiling, siz o‘sha zamonda Qobil bobo o‘rnidasiz. Ho‘kizni topish uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
Badiiy tahlil asoslarini o‘rganamiz: badiiy asar tili
Har bir san’at turi muayyan vositalar yordamida yaratiladi. Rassomlar o‘z asarlarini qalam yoki bo‘yoq yordamida, haykaltaroshlar – gips, bronza yoki tosh yordamida, yozuvchi va shoirlar esa so‘z yordamida yaratadilar. Badiiy asarda muallifning maqsadi, asar voqealari kechayotgan vaqt va joyning asar mazmunidagi ahamiyati, asardagi obrazlarning xulq-atvori va ichki dunyosi so‘zlar orqali ochib beriladi. Muallif tanlagan so‘zlar bizga asarni, undagi qahramonlar va voqealarni tasavvur qilishga, “his qilishga” yordam beradi.
Misol uchun badiiy asarda va tasviriy san’atda kuz tasvirini solishtirishimiz mumkin.
“Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvullaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi”. (Abdulla Qahhor, “Dahshat” hikoyasidan)
Demak, kuzak shamolini rassom daraxtlarning egilishi, barglarning sochilishi orqali tasvirlasa, yozuvchi “chiyillaydi”, “g‘uvullaydi”, “vishillaydi” kabi fe’llar orqali ifodalaydi.
Ko‘p hollarda muallif aytmoqchi bo‘lgan fikrni asardagi voqea yoki qahramonlar tasviri orqali bilib olish mumkin.
“O‘g‘ri” hikoyasidan qahramonlarning xatti-harakatlari, gaplari tasvirlangan o‘rinlarni toping. Bu tasvirlar orqali muallif qahramonlarning tabiatiga xos qanday xususiyatlarni ochib bergan? Jadvalni daftaringizga ko‘chiring va to‘ldiring.
Siz o‘qigan hikoya tiliga xos yana bir muhim xususiyat – unda maqollar va iboralarning ishlatilishi. Hikoyada ishlatilgan maqol va iboralarni toping. Ularning asar g‘oyasini ochishdagi ahamiyatini izohlashga harakat qiling. Siz mazkur hikoya uchun yana qanday maqollarni tavsiya qilgan bo‘lardingiz? Nima uchun?
Mustaqil o‘qish uchun
Abdulla Qahhor qalamiga mansub “Bemor” hikoyasini o‘qib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Download 4.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling