Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab «O’tgan kunlar» romani uchun material yig’ishga kirishdi
Download 29,23 Kb.
|
Abdulla qodiriy
- Bu sahifa navigatsiya:
- OTA-ONA HAQQINI ADO QILISH HAQIDA
ONANI ROZI QILISH HAQIDA
Bahz ibn Hakim raziyallohu anhu (r.a.) otasi va bobosidan rivoyat qildi, bobosi aytdi: “Rasulullohdan: “Ey Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?” deb so‘radim. “Onaga”, dedilar. Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham, Rasululloh:“Onangga”, deyaverdila To‘rtinchi marotaba so‘raganimda: “Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga”, — dedilar. OTA-ONA HAQQINI ADO QILISH HAQIDA Abu Muso Ash’ariy (r.a.)ning o‘g‘li Abu Burda (r.a.)ning aytishlaricha, Abdulloh ibnUmar (r.a.) bir yamanlik odam o‘z onasini opichlab, xonayi ka’bani tavof qildirib yurganini ko‘rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan o‘qirdi: Onayi zorim uchun bo‘ynimni eggan tevaman, Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam. U shuni o‘qib turib Abdullohga qaradi-da: “Ey Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qila olma dimmi?” — deb so‘radi. “Yo‘q, bu xizmating seni tug‘ish vaqtida onangni qiynab tutgan to‘lg‘oqlarining bittasiga ham barobar emas”,dedi. Keyin Abdulloh ibn Umar (r.a.) xonayi Ka’bani tavof qildilar va maqomi Ibrohimga borib, ikki rakaat namoz o‘qib olib, menga qarab: “Ey,Abu Muso sh’ariyning o‘g‘li! Mana shu yerda o‘qiladigan ikki rakat namoz o‘zidan ilgarigi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, — dedilar. QARINDOSH URUG‘LARIGA MEHR QIBATLI ODAMNING RIZQI ULUG‘ BO‘LMOG‘I HAQIDA Abu Hurayra raziyallohu anhu: “Men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning “Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, qarindosh-urug‘lariga mehr - oqibatli bo‘lsin!” deganlarini eshitganmen”, — deydilar. BEMORLIK KAFFORATI VA ALLOH TAOLONING “KIMNING QILMISHI YOMON ERSA, JAZO TORTG‘USIDIR!” KALOMI SHARIFI XUSUSIDA . Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning zavjalari Oyisha onamiz raziyallohu anho bunday degan ekanlar: “Musulmon kishiga yetadirgan yar bir musibat, hattoki badanining biror yeriga kirgan tikan ham uning gunohiga kafforat bo‘lg‘usidir”. Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday degan ekanlar: “Alloh taolo qaysi bandasiga yaxshilikni ravo ko‘rsa, o‘shanga biror musibatni yuborgaydir”. MAST QILUVCHI ICHIMLIKLAR HAQIDA Ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Har bir mast qiladigan narsa xamrdir va har bir mast qiladigan narsa haromdir. Kim dunyoda xamr ichsa va vafot etsa va u unga mukkasidan ketgan bo‘lsa, oxiratda ichmaydi” Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kimki bu dunyoda mast qilguvchi ichimlik ichgan bo‘lsa-yu, keyin ichganiga tavba qilmagan bo‘lsa, oxiratda tavba qilmoqdan mahrum qilingaydur!” dedilar. Download 29,23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling