Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/37
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#236125
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
soglom turmush tarzi omillari va amaliyoti

Ovqatlanish omili. Ovqatlanish hayot uchun kurash shakllaridan biri sifatida 

jamiki  jonzodning  oldida  turgan  asosiy  masala  hisoblanadi.  Inson  ham  bundan 

istisno emas. Ibtidoiy odamning kundalik tashvishi va asosiy maqsadi ovqat topish 

va  qornini  to‗yg‗azish  bo‗lgani  aniq.  Ma‘lumotlarga  qaraganda,  ularning 

ovqatlanishdagi  asosiy  mashg‗uloti  termachilik  bo‗lgan.  Ya‘ni  ular  issiq  iqlimli 



12 

 

sharoitlarda,  o‗rmonlarda,  tog‗  yonbag‗irlarida,  voha  va  vodiylarda  o‗sadigan 



daraxtlarning  mevalarini,  ildizlarini  terib  yeb  kun  kechirganlar.  Asosiy  iste‘mol 

qiladigan ovqatiga kura ibtidoiy odam mevaxo‗r bo‗lgan. 

Shubhasiz,  ibtidoiy  odam  ovqat  mahsulotlarini  g‗amlashni  bilmagan,  qorni 

ochganda esa ovqat izlab, topilganda qorni to‗ygunicha egan. Ovqat topish qiyin va 

mashaqqatli  bo‗lgani  uchun  uni  bir  necha  kunlab  och  yurganini  tasavvur  qilish 

qiyin emas. Bunday vaqtlarda u badanining ichki imkoniyatlari hisobiga yashagan. 

Va  nihoyat,  insoniyat  noto‗g‗ri  ovqatlanish  va  kasalliklar  o‗rtasida  bog‗liqlikni 

anglab etdi. Buni qadimgi dunyoning Zardusht, Luqmon, Gippokrat kabi ko‗pgina 

mutafakkirlarning  asarlaridan  bilish  mumkin.  Ana  shu  davrdan  boshlab, 

ovqatliklarning 

tarkibiy 

mutanosibligi, 

energiya 

muvozanati, 

mikroblar, 

ovqatlanish rejimi va tartibi haqida ilmiy qarashlar paydo bo‗la boshladi. Ovqatla-

nish haqidagi fan — dietologiya shakllandi. 

Hozirgi kunga kelib esa, noto‗g‗ri ovqatlanish kishilar o‗rtasida uchrayotgan 

oshqozon  va  ichaklar,  yurak  va  qon  tomirlari,  ichki  sekretsiya  bezlari  hamda 

bo‗g‗imlar, modda almashinuvining buzilishi, shuningdek, rak kabi kasalliklarning 

asosiy sababchisi ekanligi ilmiy ravishda isbotlandi. Hatto Jahon Sog‗liqni Saqlash 

Tashkilotining  ekspertlari  P.  Revel  hamda  Ch.  Revellar,  «Kishilar  o‗rtasida 

uchrayotgan kasalliklarning 80 foizi noto‗g‗ri ovqatlanishdan», degan fikrni ilgari 

suradilar.  Shuning  uchun  ham  bugungi  kunda  ovqatlanishni  to‘g‗ri  tashkil  etish, 

inson kundalik turmushining eng asosiy talablaridan biri va buni sog‗lom turmush 

tarzini tashkil etishda hisobga olmaslik mumkin emas. 



Harakat  omillari.  Ibtidoiy  odamning  ovqatlik  topish  va  qorin  to‗yg‗azish 

zarurati  uni  harakat  kilishga,  uzoq  yurishga,  yugurishga,  daraxtlarga  chiqib, 

tog‗larga tirmashishga, suv kechib, qirlardan oshishga, hayvonlar bilan olishishga 

majbur qilgan. Xar bir luqma ovqatlik uchun ba‘zan kunlab xarakat qilishga to‘g‗ri 

kelgan.  Faqatgina  ovqatlik  topish  uchungina  emas,  balki  yirtqich  hayvonlardan 

qochish,  jon  saqlash  uchun  ham  u  ko‗p  yugurishi,  harakat  qilishi  kerak  bo‗lgan. 

Keyinchalik  uning  bu  harakati  mehnat  bilan  almashgan.  Xuddi  ana  shu  turmush 

mashaqqati  uning  badanidagi  modda  almashinish  jarayonini  tartibga  keltirgan, 




13 

 

ichki a‘zolar faoliyatini yaxshilagan, xujayralarni va oxir oqibatda butun vujudini 



modda  almashinish  natijasida  xosil  bo‗lgan  oraliq  maxsulotlardan  tozalashga, 

bo‗limlar harakatchanligini ta‘minlashga, chidamlilik, degan nihoyatda muhim bir 

tayanch tizimini vujudga kelishiga xizmat qilgan. 

Demak,  insoniyat  uchun  harakat  va  uning  turlarini  o‗zining  kundalik 

turmushiga  ongli  ravishda  kiritish  zarurati  paydo  bo‗ldi.  Shu  bilan  birga,  gigiena 

fani  xulosalari  badan  muntazam  ravishda  parvarishga  muxtoj  ekanligini  va  uni 

to‗g‗ri  parvarish  qilish  umrni  uzaytirish  bilan  bevosita  aloqadorligini  ham 

isbotladi. Shu nuqtai nazardan harakat va badantarbiya salomatlik yo‗lidagi muhim 

omil bo‗lib, sog‗lom turmush tarzining asosiy talablaridan biri bo‗lib qoladi. 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling