Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


XULOSA …………………………………………………………………… .86-91


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/37
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#236125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
soglom turmush tarzi omillari va amaliyoti

XULOSA …………………………………………………………………… .86-91 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‗YHATI……………………    92-95 

 

 

 



 


 

KIRISH 



Mavzuning  dolzarbligi:  Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  adolatli 

demokratik  jamiyat  bunyod  etish bosh  maqsad qilib  belgilandi va bu  maqsad sari 

izchil  qadamlar  qo‘yildi.  Bunda  inson  manfaatlari  va  haq-huquqlarini  to‘liq 

hisobga  oladigan,  uning  asriy  orzu-umidlarini  ro‘yobga  chiqaradigan  eng  adolatli 

ijtimoiy  makon  bo‘lmish  fuqarolik  jamiyatini  qurish  borasida  ham  muhim 

natijalarga erishildi. Jamiyatda sog`lom turmush tarzini yanada shakllantirish, aholi 

salomatligini  mustahkamlash,  jismoniy  sog`lom  va  ma`naviy  boy  yosh  avlodni 

tarbiyalash,  fuqarolarning  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  faol  shug`ullanishiga 

keng  jalb  etilishini  ta`minlash  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  faol 

islohatchilik siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. 

Keyingi  yillarda  aholi  orasida  sog‗lom  turmush  tarzini  shakllantirish 

borasidagi  harakatlar  izchillik  bilan  olib  borilmoqda.  Ta‘kidlash  muhimki,  bu 

yo‗nalish  davlat  siyosatining  ustuvor  vazifalaridan  biriga  aylangan.  Sog‗lom 

turmush  tarzi  iborasining  zaminida  inson  salomatligi  qolaversa  yoshlar  kelajagi 

yotar  ekan,  bu  jamiyat  taraqqiyotining  yuksalishida  asosiy  o‗ringa  ega  bo‗lishi 

tabiiydir. 

Barkamol  avlodni  tarbiyalash  masalasi  mustaqilligimizning  ilk  yillaridanoq 

davlat  siyosatining  ustuvor  vazifalaridan  biriga  aylandi.  Mustaqil  Vatanimizning 

birinchi  ordeni  ―Sog‗lom  avlod  uchun‖  deb  atalgani,  ―Sog‗lom  avlod  uchun‖ 

xalqaro xayriya jamg‗armasining tashkil topgani, 2000 yilni ―Sog‗lom avlod yili‖, 

2010 yilni ―Barkamol avlod yili‖ deb e‘lon qilingani ham yuqoridagi fikrimizning 

yorqin  ifodasidir.  Mamlakatimiz  rahbari  tashabbusi  bilan  joriy  2014  yilnining 

―Sog‗lom  bola  yili‖  deb  e‘loni  qilinishi  mazkur  sohadagi  islohatlarning  mantiqiy 

davomi bo‗ldi. 

 Sog‘lom    turmush    tarzinini    saqlab    qolish    bugungi  globallashayotgan,  

kishilar  tafakkurida  o‘zgacha  qarashlar  sodir  bo‘layotgan murakkab  bir  davrda  

o‘ta  muhim  masala  hisoblanib,  kelajak  avlodni  ham  jismonan  ham  ma‘nan 

barkamol  qilib  tarbiyalashni  taqozo  etadi.  Zero    Prezidentimiz    I.A.  Karimov      




 

aytganlaridek  ― Bu  har  qanday  bunyodkorchilik  ishi  har  qanday qurilish,   har  



qanday  mehnat  uchun  zarur  bo'lgan  sog'lom  muhitdir‖ 

1

.



 

  

Bu  borada  oila  va  mahalla  instutitning  jamiyat  hayotidagi  o‗rni  va  ularning 



ijtimoiy  vazifalariga  alohida  e‘tibor  qaratilmoqda.  ―Bolani  xarakterini,  tabiati  va 

dunyoqarashini belgilaydigan ma‘naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, 

oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning 

poydevori  oila  sharoitida  qaror  topishi  tabiiydir‖

2

.  Mamlakatimizda  sog‗lom 



avlodni  tarbiyalashda  oila-mahalla-ta‘lim  muassasasi  hamkorligini  kuchaytirish 

samaralar garovi bo‘lib hizmat qilmoqda. 




Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling