4-guruh uchun topshiriq
Topshiriq: ― Ruhiy salomatlik va milliy qadriyatlar‖ jumlasiga izoh bering.
Topshiriqni bajarish tartibi:
1) savolni kichik guruhda muhokama qiling;
2) javob variantlarini umumlashtiring;
3) vatman qog‗oziga taqdimot uchun materiallarni joylang.
Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt: 5 daqiqa.
5-guruh uchun topshiriq
Topshiriq:―Shaxsiy
gigiyena
borasidagi
sharq
allomalari
qarashlari‖
tushunchasiga izoh bering.
Topshiriqni bajarish tartibi:
1) savolni kichik guruhda muhokama qiling;
2) javob variantlarini umumlashtiring;
3) vatman qog‗oziga taqdimot uchun materiallarni joylang.
6-ilova
Besh daqiqalik esse yozishga doir ko‗rsatmalar
Esse – bu muallifning individual nuqtai nazarini ifoda etish shakli bo‗lib, biror
narsa-hodisa yoki jarayon haqidagi umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‗z
ichiga oladi.
Besh daqiqalik esseni yozish qoidalari:
1. Taklif etilgan mavzuga doir so‗zlar hajmi 200 tadan 300 tagacha bo‗lishi
mumkin.
2. ―Nosog‗lom hayot tarzi omillari deganda …. tushunaman‖, ―Sog‗lom
ovqatlanish … kabilarni oldini olishga xizmat qiladi‖, ― Jismoniy faollik
kishilarning … bo‗lishlariga xizmat qiladi‖ kabi jumlalardan foydalaning.
3. O‗z tasavvuringizdagi sog‗lom turmush tarziga asoslangan hayot timsolini
yarating.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |