Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi bo’lim “boshlang’ich ta’lim va sti” 703-guruh talabasi pardaboyeva surayyo mahmud qizining “axborot texnologiyalari” fanidan
Download 261.58 Kb.
|
Fayziyeva M
Ko`rinishni berish – bu rasmlar orqali konstruktorlik g`oyalarni hosil qilish, kinofilmlar yaratish, gramplastinkalar ishlab chikish va hakozalardan iborat. Insonlarning kuzatish natijalari va egallagan bilimlarini bir ko`rinishdan boshqa ko`rinishga o`tkazilishi-bu axborotlarni qabul qilish yoki saqlash va ishlash uchun juda qulaydir.
Tavsiflash– buni modellashtirish yoki model yasash ma`nosida tushunish mumkin. Bu qanaqa model, u ganday ko`rinishda ifodalanganligi qo`yilgan aniq masalaga, uning tiliga va usuliga bog`liq bo`ladi. Masalan, fizik fotoplastistinka elementar zarrachalarining qoldirgan trayektoriyasini o`r-gana turib, formula va tenglamalardan iborat matematik modelni yaratadi, ruxshunos esa inson-larni turli vaziyatlardagi holatlarini tavsiflovchi model hosil qiladi. Har bir inson o`zining ish faoliyati davomida u yoki bu ko`rinishda modellashtirish bilan yoki kelayotgan, chiqayotgan axborotlarni tasvirlash bilan shug`ullanishadi. XX asrda fan-texnikaning va sanoatning rivojlanishi natijasida hosil bo`ladigan va saqlanadigan axborotlar hajmi shu darajada ortib ketdiki, natijada ularning hammasini insonlar qabul qilishi, saqlashi va qayta ishlashi mumkin bo`lmay qoldi. Hosil bo`layotgan axborotlarni sinflarga bo`lish, saqlash, axborot- larni harakatlanish qonuniyatini yaratish muammosi hosil bo`ldi. Bu muammoni hal qilish uchun olib borilgan izlanishlar natijasi sifatida informatika deb atalmish fan paydo bo`ldi. Boshlang`ich bosqichda informatika kutubxona ishining bazasi hisoblangan va ko`p yillar yordamida uni mukammallashtirish nazariyasi va amaliyoti bilan shug`ullanib kelgan. Informatika o`rganilayotgan obyekt va u to`g`risidagi bilimlar oralig`idan joy egallab qoladi. Haqiqatan ham, inson atrof muhitni o`rgana turib, axborot oladi, uni biron narsaga belgilab, yozib yoki saqlab qo`yadi. Axborot tashuvchi sifatida adabiyot, magnit lentalar, kartalar, sxemalar ishlatilishi mumkin. Axborotlarni qayta ishlash orqali, bizni o`rab turgan dunyo to`g`risida bilimga ega bo`lamiz, natijada yangi izlanish usullarini yaratish, yangi axborotlarga ega bo`lish, ularni saqlash, qayta ishlash va hokazo imkoniyatlar hosil bo`ladi. Download 261.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling