106-guruh Sharofiddinov Nodirbek 7-tooshiriq Amir Temurning qanday qilib siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi haqida ma’lumot bering


Download 36.5 Kb.
Sana18.05.2020
Hajmi36.5 Kb.
#107533
Bog'liq
7 topshiriq


106-guruh Sharofiddinov Nodirbek

7-tooshiriq

1.Amir Temurning qanday qilib siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi haqida malumot bering

Soxibqiron Amir Temur tarixan o`ta murakkab vaziyatda-XIV asrning 60-yillarida siyosat maydoniga chiqdi. Bu davrda Chingizxon avlodlari o`rtasida toju-taxt, davlat va mol talashishlar shu darajada kuchayib ketdiki, bu Chig`atoy ulusiga qarashli xududlarga feodal tarqoqlikning yanada chuqurlashuviga sabab bo`ldi. Maxalliy xokimlarning o`zboshimcha xarakatlari natijasida Chig`atoy ulusiga Qarashli Movarounnaxr xududida o`nlab mustaqil bekliklar vujudga keldi.

lashishini, unda tinch, yaratuvchilik mehnati bilan shug'ullanishni orzu qilib yashardi.

1342-yilda Chig'atoy xonligi taxtiga o'tirgan Qozonxon qattiqqo'Iligi bilan qo'l ostidagi mansabdorlarni va xalqning ko'pchiligini o'ziga qarshi qilib qo'ygandi. 1346-yildagi urushda Qozonxon o'ldirildi. Mo'g'uliston hukmdori To'g'luq Temurxon qo'shini 1359-yilda Xojand yaqinida Sirdaryoni kechib o'tib, Sirdaryo va Amudaryo o'rtasidagi yerlarni katta qarshiliksiz bosib oldi. Bu qo'shindan qo'rqqan amaldorlarning bir tszpp Xuroson va Afg'onistonga qochib yashirindi; boshqa bir qismi qarshilik ko'rsatish befoyda deb hisoblab, dushmanga itoat etdi. Temur bu voqeadan sal avval otasidan ayrilgan, vatandoshlari oldida hali obro'- e'tibor topib ulgurmagandi

To'g'luq Temur shundan keyin o'z xonligiga qaytib, o'rniga o'g'li Ilyosxo'jani qoldirdi. Biroq Temur Ilyosxoja bilan kelishib ishlolmadi. Ilyosxo'ja Temurdan shikoyat qilib, aftidan, otasiga murojaat qilgan. To'g'luq Temur Amir Temurni o'ldirish haqida buyruq bergan. Bu buyruq tasodifan Temurning qo'liga tushib qolgan. Bu paytda Temurning tarafdorlari oz edi, ular bilan mo'g'ullarga qarshi kurashib bo'lmasdi. Shundan keyin Temur o'ziga sadoqatli 60 navkar bilan Amudaryoning so'l tomoniga qochib o'tib, Badaxshon tog'lari orasiga yashirinmoqchi bo'ladi. Shunda Temurni hurmat qiladigan bir darvesh unga Xorazm cho'llariga ketib, qo'zg'olon uchun qulay payt kelishini kutishni maslahat beradi. Xorazmga borayotgan Temurga Ilyosxo janing muxolifi, Chingizxon avlodidan bo'lgan Balx viloyati hukmdori Amir Husayn uncha ko'r bo'lmagan a'yonlari bilan qo'shiladi. Shundan keyin Temur Xorazm cho'llarida ancha vaqt sarson-sargardon bo'lib yurgach, mo'g'ullarni yurtdan quvish uchun qo'shin to'plash umidida Xurosonga uo'l oladi. Navkarlari safi 2000 nafarga yetganda Temur Ilyosxo'janing 100 ming kishilik qo'shiniga qarshi kurash boshlashga qaror qildi. Kuchlar nisbatidagi farq katta edi, albatta. Ammo g'ayrioddiy harbiy san'ati cha mardligi Temurga muntazam muvaffaqiyat keltirdi va u 1369- 70-yillarda mo'g'ullarni Movarounnahrdan quvib chiqarishga muvaffaq bo'ldi

Shundan keyin Temur qisman Oltin Orda tasarrufida bo'lgan Xorazmga bir necha marta yurish qilib, uni xonlik sifatida tugatib, Movarounnahr- ga qo'shib oladi. Keyin To'xtamish qo'shinlariga qarshi yurish boshlaydi. Temur qo'shinlari bilan To'xtamish qo'shinlari o'rtasida 1389, 1391 va 1394 1395-yillarda to'qnashuv bo'ladi. So'nggi ikki jang Samara va Chistopol shaharlari oralig'ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) degan joyda, ikkinchisi Shimoliy Kavkazda Terek daryosi vodiysida sodir bo'ladi va Temur qo'shinlari g'alabasi bilan tugaydi. Shunday qilib, Amir Temur mo'g'ul imperiyasining asosini yemirib, rus knyazliklari va Sharqiy Yevropa xalqlari mo'g'ullar asoratidan xalos bo'lishlariga uo'I ochib berdi.

2.Sarbadorlar haqida batafsi lmalumot bering.

Sarbadorlar qoʻzgʻoloni - Eron va Oʻrta Osiyoda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (14-asr) Birinchi yirik qoʻzgʻolon 1337 y. Sabzavor hokimining jiyani Boshtin qishlogʻiga kelib, aholiga zulm qilishi natijasida koʻtarilgan. Oʻzlarini sarbadorlar deb Sabzavorni egallab Sarbadorlar davlatini tuzadilar va Nishopur, Tusni ham zabt etadilar. 1353 y. oxirida moʻgʻul elxonini oʻldirib, oʻrdasini yakson qilib Gurgon (Astrobod)ni ham oʻz davlatlariga qoʻshib oldilar. Bu davrga kelib Sarbadorlar davlatiga butun Jan. Xuroson ham kirgan.

1365 y. Samarqandda moʻgʻul bosqinchilariga qarshi Sarbadorlar qoʻzgʻoloni boshlanadi. Qoʻzgʻolonga Mavlonozoda rahbarlik qildi. Abu Bakr Kuluiy (Kalaviy) Naddof, Xoʻrdaq Buxoriy unga yordamchi boʻldilar. Shaharni mudofaa qilish maqsadida shaxdrning barcha darvozalarini berkitib, koʻchalar, bogʻlar atrofiga gʻovlar qurdirdilar. Moʻgʻullar ikki kun hujum qilib Samarqandni ololmadilar. Uchinchi kuni Samarqand atrofi qishloqlarini talab, Movarounnahrni tark etdilar. Sarbadorlarning gʻalabasi Amir Husaynni xavotirga soldi. Amir Husayn Balx, Badaxshon, Qunduz, Bagʻlon, Andxud, Shibirgʻon viloyatlaridan qoʻshin toʻplab Samarqand sari yurdi. Amir Husayn Konigil maydoniga yetib kelgach, sarbadorlar tortiklar bilan uning huzuriga keldilar. Amir Husayn ularni ziyofat qilib, sovgʻa-salomlar bergan. Ertasi kuni sarbadorlar vakillarini Karbos mavzeida hibsga olgan va dorga osgan. Fakat shu kuni Konigilga yetib kelgan Amir Temur Mavlonozodani dor tagidan saqlab qolgan.

1373 y. mahalliy mulqsorlarga qarshi Kermonda Sarbadorlar qoʻzgʻoloni boshlangan. Mulkdorlarning molmulkini musodara qilishgan, amaldorlarni hibsga olishgan. 1374 y. shoh Shujo Muzaffar tomonidan qoʻzgʻolon bostirilgan.



3.Amir Temur mamlakat xavfsizligi yolida amalga oshirgan tadbirlari haqida nimalarni bilasiz.

Amir Temur saltanatiga xavf solib turuvchi kuchlar hali bartaraf etilmagan edi. Bir tomondan, Mo‘g‘uliston xonlari Chig‘atoy ulusini birlashtirishga intilib tinchlik bermasdi. Ikkinchi tomondan, Oltin O‘rda va Oq O‘rdaga bo‘linib ketgan Jo‘ji ulusi xonlari ham shimoliy hududlar hamda Xorazm tomondan xavf solib turardi. Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O‘rda va Oltin O‘rdalar tomonidan edi. Avval Amir Temur Oltin O‘rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga harakat qiladi. Lekin u Jo‘ji ulusini o‘z davlatiga qo‘shib olish niyatida emas edi. Amir Temur Oltin O‘rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o‘z ta’siri ostiga olish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o‘tadigan karvon yo‘lini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko‘zlaydi. Amir Temur o‘z maqsadini amalga oshirish uchun Jo‘ji ulusidagi o‘zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin O‘rdada toj-taxt uchun ayovsiz kurash boshlangan edi. Bunday sharoitda ba’zi chingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlaganlar. Ulardan biri To‘xtamish Oq O‘rdadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur unga izzat-hurmat ko‘rsatdi, oxir-oqibatda u Amir Temur yordamida Oltin O‘rda taxtini egalladi.



4. Temur tuzklarida nimalar bayon etilgan.

«Temur tuzuklari»da Amir Temur, Movarounnahrning l342-l405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mamlakatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari Jfodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir.

Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalari faoliyatining tartibi – tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan.Ulug‘bek Movarounnahrni qirq yil idora qildi.Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davometganligiga qaramay, davlatni mustahkamlashga, mamlakat birliginisaqlab qolishga va madaniy hayotni ko‘tarishga, rivojlantirishga harakat qildi.



5.Yevropa hukmdorlari Amir Temur bilan nima uchun diplomatik aloqalar ornatishga harakat qilgan?

Turk sultoni maishiy buzuq, shariatga xilof ish qilib, musulmon bo'lmagan ayol (serb malikasi Malaya Oliver)ga uylanib, bundan tashqari ichkilikka berilib ketib, o'zidan ko'pgina ruhoniylarni bezdirgan odam. Temur undan muqaddas shaharlar Makka va Madinaga boradigan kar- vonlarni talash bilan shug'ullangan qaroqchilar boshlig'i, Turkiyadan panoh topgan Qora Yusufni berishni talab qilgan. Boyazid esa Temurning xotinlarini haqoratlovchi javob xati qaytargan. Shundan keyin Temur turk sultoni qo'shinlariga qarshi urush boshlashga qaror qilgan va unda zafar qozongan. Bu g'alaba ko'pgina xalqlarni Turkiyaning mustamlakasi bo'lish xavfidan qutqarib, butun Yevropa yengil nafas oldi. Yevropada Temur davlatiga qiziqish, u bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalar o'rnatishga intilish kuchaydi. Samarqandga xorijdan ko'plab elchilar kela boshladilar. Shulardan biri Ispaniya qiroli Genrix III ning elchisi Ryui Gonzales de Klavixodir. U Samarqandda 1404-yilda bo'lib, Temur bilan bir necha marta uchrashgan, suhbatlashgan, u haqdagi hikoyalarni tinglagan. Samarqand bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining mo'l-ko'lligi, arzonligini, mamlakat poytaxti va Kesh (Shahrisabz) shahrida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining ko'lami va sur'atini ko'rib hayajonga tushgan.


6.Ulugbek 40 yillik hukmdorligida davlatni boshqarishda nimalarga etibor berganligi haqida malumot bering.

Ulugʻbek Movarounnahrni 40 y. (140949) idora etdi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirishga intilmadi. Aksincha, u oʻz davlatini mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni koʻtarishga harakat qildi.


Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling