Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O’zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi xalqaro maydondagi qat’iy siyosati


Download 350.66 Kb.
bet9/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

2.2. O’zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi xalqaro maydondagi qat’iy siyosati
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm dunyo mamlakatlari uchun nafaqat tashqi , balki ichki xavfsizlikka ham daxldor masalasiga aylandi. Mustaqillikka erishgandan keyin O’zbekiston Respublikasi diniy mutaasiblik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanini ta’kidladi va shu siyosatni davom ettirish uchun jahon hamjamiyatiga unga qarshi birgalikda kurashish lozimligi xususida jahonning nufuzli tashkilotlarida bu xususida alohida takidlab ularni ham bu falokatga qarshi kurashishga chorlaydi . Xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlar o’zining turli xil jangarilik usullarini namoyon qilib,hokimiyat uchun kurashuvchi jangari guruhlarni shakllantirdi, ulrni har tomonlama moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlab rag’batlantirishga harakat qilmoqda.
Aynan diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo uchun xavfi XX asrning 90- yillaridan kuzatila boshladi . 1990- yilda Namangan va Andijonda,1990-1996 Yillarda Tojikiston dagi fuqarolik urushi davomida ,1999 yil 16- fevralda Toshkent shahrida, 1999-2001-yillarda Qirg’izistonning Botken, O’zbekistonning Surxandaryo va Toshkent viloyatlarida , 2004 yilning mart-aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida , 2004 yilning iyun oyida Toshkent shahrida , 2005 yil may oyida Andijonda amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari hamda 2009 yilda Toshkent shahrida sodir etilgan qotillik va bosqinchilik harakatlarini namoyon qilmoqda.
Bu dolzarb muammo xalqaro hamjamiyatning butun etiborini tortmoqda. Yuqorida keltirilgan O’zbekistonnning diniy ekstremizmga qarshi kurash siyosatining mohiyatini rivojlangan davlatlar va nufuzli tashkilotlar afsuski kech angladi . Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezdenti Islom Karimov 1993 yil 28 sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan maruzasida jahon hamjamiyatini Afg’oniston muammosini izchil o’rganish va yechishga chaqirdi.
Bilamizki , “Tolibon “ xalqaro terrorchi tashkilot hisoblanadi . Tolibon harakati Afg’onistonning barcha hududlarida o’z hukmronligini o’rnatish uchun xalqaro “ al-QOIDA ” terrorchilik tshkiloti bilan o’zaro hamkorlikda 1999 yili SHimoliy Afg’onistonning mahalliy hududlariga bostirib kirdi va ularga qarshi ommaviy terror harakatlarni amalga oshirdi .Shunday sharoitida ularning O’zbekiston davlatiga ham bevosita o’z tasirini o’tkazdi va xavfi paydo bo’ldi. Bu diniy mutaasiblik global xavfga aylanganligini, xalqaro terrorchilik harakatlari faoliyati kuchayishiga olib keldi va unga qarshi kurashish lozimligini yana bir bor tasdiqladi .
“ AL- Qoida ” tashkiloti 2001 yil 11 sentabrda AQSHda uyushtirgan terrorchilik harakatlaaridan so’ng ushbu tashkilotning hamkori bo’lgan “ Tolibon” harakatining ham xalqaro xavf ekani tan olindi va unga qarshi [aksilterror kurashi boshlandi .O’zbekistonning xalqaro kurash strategiyasidagi ishtiroki uning ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomi bo’lgan.
Xalqaro aksilterror kurash kaoliyatsiyasining faol ishtirokchisi sifatida O’zbekiston davlati AQSH harbiy havo kuchlarining transport vositalariga Afg’onistonda qidiruv- qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish uchun o’z havo hududini ochib berdi . Xonoboddagi harbiy aerodromning bir qismini AQSH harbiy havo kuchlariga vaqtincha foydalanishga topshirdi .Qarshi kurash harakatining maqsad va vazifalarini bajarish asosan tugagani sababli O’zbekiston Respublikasining murojatiga binoan AQSH harbiy havo kuchlari ushbu aerodromni 2006 yilda tark etdi .
O’zbekiston Respubikasining Birinchi Prezdenti Islom Karimov taklif qilgan terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazining konsepsiyasiga hamohang holda 2001 yilning 28 sentabrda BMT Xavfsizlik Kengashi BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo’mitasini tuzish haqida qaror qabul qildi .Birinchi Prezdentimiz 1999 yilning 18 noyabrda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istanbulda bo’lib o’tgan Sammitida va 2000 yilning sentabr oylarida Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan BMT Bosh Assambleyasining “ Ming yillik sammitida ” BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifini bildirdi. Ushbu tashabbus ro’yobga chiqdi.2001-2002 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashi o’z qarorida ushbu masala yuzasidan BMT ning terrorizmga qarshi kurash qo’mitasiga maruzalar taqdim etdi .
Davltimizning terrorizm va ekstremizmg qarshi qaratilgan siyosatining maqsadi mintaqada va global miqyosda tinchlik , barqarorlikni saqlash ,mamlakatning mustaqilligi va ravnaqi , xalqining erkin va faravon hayotini taminlashdir. O’zbekiston terrorizm va ekstremizm haqida gap ketganda Afg’onistonda tinchlikka erishish uchun xalqaro siyosatda BMTning faolligini kuchaytirish , Afg’oniston ichki ishlariga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish va qurol-yarog’ olib kirishni taqiqlash,ekstremizm va xalqaro terrorizmning moliyaviy manbalari bo’lgan narkobeznis va narkotikka qarshi qaratilgan xalqaro miqyosda kurash masalalarini ilgari surdi .
1998 yilda O’zbekistonning tashabbusi bilan 6+2 guruhi tashkil topdi .Ushbu guruh 1998-1999-yillarda olib borgan faoliyatida Afg’onistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ishlari xalqaro miqyosda katta ahamiyatga ega bo’ldi.Mana shu 6+2 guruhining tarkibi bevosita Afg’oniston bilan chegaradosh olti davlat yani, Xitoy, O’zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmanistonva mintaqa tashqarisida bo’layotgan vaziyatni kutib turgan va Afg’onistonga o’z tasirini ko’rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya davlatining nufuzli vakillari qatnashdi .Bu guruh o’z faoliyati davomida bir qancha majlislar, muhokama va muzokaralar o’tkazib , ularga Afg’onistonda bir-biri bilan o’zaro kurashayotgan kuchlar vakillarini jalb qilib, “ Afg’onistondagi mojaroni tinch yo’l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to’g’risida ” gi Toshkent Deklaratsiyasini va bir qancha mintaqaviy hujjatlar qabul qildi . 6+2 guruhining Toshkent BMT Bosh Xavfsizlik Kengashi majlisidagi uchrashuvlarining yakunlari ijobiy baholandi .
Xalqaro miqyosda Afg’oniston muammosiga juda katta etibor berilayotgan bo’lsada , lekin ziddiyatlar o’chog’i va terrorchilik markazi bo’lib qoldi. Barqarorlikka hamon jiddiy xavf solmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezdenti Islom Karimovning 2007 yil aprelda Buxarest shahrida bo’lib o’tgan , mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni taminlash yo’lida ko’p tomonlama hamkorlik, shuningdek , Afg’onistondagi vazziyatni barqarorlashtirishga doir masalalar muhokama qilingan NATO / Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammitida qilgan maruzalar diqqatga sazovor . Vaziyatni barqarorlashtirishda ko’p millatli Afg’oniston xalqining ananaviy diniy , milliy –madaniy qadriyatlari va urf-odatlarini hurmat qilish hamda qo’llab –quvvatlash,kam sonli millatlarning o’ziga manfaatlarini alohida takidlash lozim. Davlat va jamiyat qurilishi , fuqorolik institutlarini shakllantirish borasida islohotlarning bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirilishini taminlash , bunda Afg’onistonda siyosiy barqarorlik va iqtisodiy faravonlikka erishish islohotlar mufaqqiyatining muhim kafolati ekanini etiborga olish zarur .
Qo’shni davlat Pokiston bilan birgalikda chegara muammolarni , avvalo Vaziriston hududida , hal etish ham Afg’onistondagi vaziyatning ijobiy tomonga o’zgarishida muhim ahamiyat kasb etadi .
Birinchi Prezdentimiz tomonidan Afg’onistonda vaziyatni barqarorlashtirish bo’yicha yagona xalqaro amaliy mexanizm bo’lib kelgan , 1997-2001 yillarda BMT rahnomoligida samarali faoliyat ko’rsatgan .Terrorizm muammosiga yanada etibor berish maqsadida Afg’onistonga qo’shni davlatlar, AQSH va Rossiyaning vakolatli vakillaridan tashkil topgan “ 6+2” muloqot guruhini hozirgi muammolarni hisobga olgan holda NATO vakolatxonasini ham nazarda tutib uni ham ishtirok etishi “ 6+2” guruhini “ 6+3” guruhiga o’zgartirish zarurligi haqidagi fikrlarni keltirib o’tish lozim.
O’zbekiston din sohasidagi jarayonlarni tartibga solish, diniy munosabatlarda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni ijobiy holatda o’sishini taminlash , turli xil ekstremistik g’oyalarning tarqalishini oldini olish uchun o’zining ichki siyosatida ham tegishli chora tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda . Davlatimiz xalqaro doirada terrorizm va ekstremizmga qarshi o’zining qatiy siyosatini davom ettirmoqda . SHuning uchun xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, ularda belgilangan majburiyatlarni bajarib kelmoqda.Yana bir holatki quyuagi masalalaar xususida o’zining tashabbuslarini ilgari surayotganini alohida takidlash lozim.
Terrorizmga oid juda ko’plab qonun, xalqaro miqyosda konvensiyalar va hujjatlar mavjud.Asosiy xalqaro tashkilot BMT tomonidan terrorizmga qarshi qaratilgan 13 ta hujjati mavjud .Hozirda O’zbekiston davlati 12 ta ana shunday xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan.Ular qatorida 1971, 1973 ,1979 ,1980, 1988 ,1997, 1999 yilda qabul qilingan terrorizmga qarshi kurash xalqaro konvensiyalarini keltirishimiz mumkin.37
O’zbekistonning Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qarshi qaratilgan 7 ta xalqaro shartnomalarni imzolagan . Bu shartnomalarda ham terrorizm muammosi birinchi o’rinda turgan.
O’zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masalalarida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH), SHanxay Hamkorlik Tashkiloti ( SHHT), Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (YIHT), Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma tashkiloti (KHSHT ), Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol ishtirok etmoqda .
2001 yil 15 iyunda “ Terrorizm, seperatizm va ekstremizmga qarshi kurash to’g’risida ”SHanxay konvensiyasi imzolangan38.
Mintaqaviy aksilterror tuzilma to’g’risida 2002 yil 7-iyunda ShHT azolari o’rtasida imzolangan kelishuv va boshqa hujjatlarda terrorizm, seperatizm va ekstremizmning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka, davlatlararo do’stona munosabatlarga hamda insonning asosiy huquqiy va erkinliklarini taminlashga xavf solayotganligi , shuning uchun barcha tinchliksevar kuchlarning unga qarshi kurashda hamkorlik qilish zarur ekanligi qayd etilgan.
2004 yil iyunda ShHT ning Toshkentda bo’lib o’tgan Sammitida xavfsizlikka tahdidlar masalasida yagona yondashuv va qarash, yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’rtasida mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, xalqaro miqyosdagi yatakchi aksilterror markazlari BMT, Interpol ,ASEAN bilan konstruktiv hamkorlik qilish Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining faoliyatidagi o’ziga xos principal jihatlar ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, 2004 yil 1-yanvardan Toshkentda o’z faoliyatini boshlagan ShHT ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi “ uch yovuz kuch” – terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmning barcha ko’rinishlari hamda xalqaro jinoiy faoliyatni moliyaviy taminlab turgan narkotraffikka qarshi kurash borasida mintaqa mamlakatlariga ko’maklashmoqda.
ShHT doirasida 2004 yil 17-18 oktabrda Dushanbeda bo’lib o’tgan anjumanda O’zbekiston Prezdenti tashabbusi bilan ekstremistik tashkilotlar, ularning rahbarlari va azolarining ro’yxatini tuzish bo’yicha kelishib olindi. 2005 yilning iyul oyida SHanxay shahrida bo’lib o’tgan sammitida unga azo davlatlar rahbarlari tomonidan bir qator hujjatlar imzolandi. SHuningdek , xalqaro axborot xavfsizligi to’g’risidagi bayonot; ShHT mamlakatlari hududida qo’shma aksilterror mashqlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi bitim; azo davlatlar hududiga terrorchilik, ayirmchilik va ekstremistik faoliyatga aloqador kishilar kirib kelishini aniqlash va bunday yo’llarni to’sib qo’yish borasidagi hamkorlik to’g’risidagi bitim va shu kabilar.
2008 yil 28-avgustda ShHT ga azo davlatlar hukumatlari o’rtasida qurollar, o’q-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g’risida bitim imzolangan. ShHTga azo davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, jumladan ichki ishlar organlarining terrorchilik, ekstremizmga o’g’ufurushlikka qarshi birgalikda harakat qilishi , bu borada o’zaro axborot almashishi hozirgi kunda yaxshi samara bermoqda.
Umuman bugungi kunda ShHT xalqaro hamkorlikning qudratli institutiga, xavfsizlik va barqarorlikni taminlashning , xalqaro terrorchilik, seperatizm va ekstremizm, narkotik moddalar ishlab chiqarish va tashish kabi zamonning eng qaltis tahlikali va tahdidlariga qarshi kurashning kuchli omiliga aylanmoqda.
ShHT ga azo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining 2015-yil 9-10 iyul kunlari Ufa shahrida bo’lib o’tgan navbatdagi majlisida Afg’onistondaginotinch vaziyatni muhokama qilib, 2016- 2018 yillarda terrorizm, seperatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo’yicha hamkorlik dasturi qabul qilindi.
O’zbekistonning o’z taraqqiyotining o’ziga xos jihatlarini , haligacha terrorizm , narkobeznis, noqonuniy qurol- yarog savdosi kabi tahdidlar mavjud.
Bu sohada O’zbekiston tashqi siyosatining negizini o’z kuchlarini hozirgi davrning asosiy tahdidi bilan qarshi kurashga yo’naltirishga tayyor davlatlar bilan faol hamkorlik qilish tashkil etadi. O’zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni saqlash, mamlakatimiz mustaqilligi va ravnaqi, xalqimizning erkin va faravon hayotini taminlashga qaratilgan.

Download 350.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling