MTM murabbiy va tarbiyachilarning tashkilotchi sifatidagi faoliyati bo’yicha kasbiy mahoratiga qo’yilgan talablar:
Bolalar jamoasini boshqarishning optimal variantini tanlay bilishlik;
Tarbiyachi (murabbiy) o’z faoliyat rejalarini aniq, o’z vaqtida va izchillik bilan bajarishiga erishishni ko’zlab faoliyat yurita olishligi;
Tarbiyachi (murabbiy) ilg’or va namunali MTM darajasidagidek yuksak ma’naviyatli va yuqori axloqiy talablarga javob beruvchi, ma’naviy hayotimizning faol ishtirokchisi hamda targ’ibotchisi bo’lishi kerak;
Tarbiyachi (murabbiy) bolalar jamoasidagi ijtimoiy muhitni muntazam ravishda o’rganib borishi, bolalar fikrlariga ko’proq e’tibor berishi va shu asosda ish faoliyati bo’yicha chora – tadbirlar belgilashi kerak;
Tarbiyachi (murabbiy) o’z guruhidagi bolalardan ularning shaxsiy xususiyatlari, imkoniyatlari, qiziqishlari va jalb qilinadigan mashg’ulotiga moyilligi borlarini hisobga olgan holda rejalashtirilgan mashg’ulotga jalb etish kerak bo’ladi;
Mo’ljalangan ishlar bo’yicha aniq maqsad va unga mos vazifalar belgilanib, ular bo’yicha bolalarning bajarilishi kerak bo’lgan hatti – harakat faoliyati aniq rejalashtirilishi kerak va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |