Tashkiliy masalalar:
Joyning yetarliligi va qulayligini yana bir ko’rib chiqish kerak, chunki bu mashg’ulotga qiziqib, boshqa kishilar ham kirishi mumkin;
Xona ichida bolalar erkin harakat qilishiga hamda o’quv materiallaridan bemalol foydalanishga sharoit yaratilishi kerak;
Dars mashg’ulotlarida darsga xalaqit bermasligi chora – tadbirlarini oldindan belgilash;
O’quv vositalarining bemalol ishlashini nazorat qilib qo’yish va hokazo.
Foydalaniladigan metodlar:
4.1. Bolalar ongiga ta’sir e’tuvchi metodlar:
Ma’naviyat haqidagi suhbatlar. Bunda ma’naviyat, ma’naviy qiyofa, ma’naviyatli odam, ma’naviy kamolot, ma’naviyat-millat qiyofasi, ogohlik, tinchlik va erkin hayot, giyohvandlik, SPID - davr vabosi, otalar so’zi – aqlning ko’zi, milliy urf – odatlar va an’analar va shu kabilarga e’tibor beriladi;
Hikoya. Bunda yaxshi xulq, ezgulikni math etuvchi ma’lumotlar beriladi;
Tushuntirish. Bunda muayyan holat yoki hodisa to’g’risida ma’lumot beriladi va bolalar ongiga ularning ham ijobiy, ham salbiy tomoni singdiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |