14 – savol: Ma’naviyat nimada o’z ifodasini topadi?
Javob: “MA’RIFAT” guruhi – Ma’naviyat jamiyatning ma’naviy boyliklarida o’z ifodasini topadi. U asta – sekin to’planib, sayqal topib uyg’unlashib boradi.
15 – savol: Barkamol insonni shakllantirishda asosan qanday g’oyalardan foydalangan ma’qul?
Javob: “ORIYAT” guruhi – tarbiya jarayonida quyidagilardan asosiy g’oyalar sifatida foydalangan ma’qul:
Vatanparvarligu insonparvarlikdan;
erkinligu mustaqillikdan;
milliy iftixoru g’ururdan;
mehnatsevarligu halollikdan;
imon – e’tiqodligu odillikdan;
axloqiy pokligu hurfikrlilikdan;
birodarligu baynalminalchilikdan;
bilimligu onglilikdan;
taraqqiyparvarligu tashabbuskorlikdan va shu kabilardan foydalaniladi.
16 – savol: Adolatli jamiyat o’zining ichki hayotida nimaga suyanadi?
Javob: “MADANIYAT” guruhi– Adolatni jamiyat o’zining ichki hayotida qonunning hukmronligiga suyanadi. Bunga qonunlarning mukammalligi, adolatliligi, hamma uchun tengligi, qonunning bajarilishini ta’minlaydigan vositalar va organlarning mukammalligi orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |