19 – savol: “Alloh” so’zining ma’nosi nima?
Javob: “MADANIYAT” guruhi – “Alloh” degan so’z arabcha bo’lib, u “Tangri”, degan ma’noni anglatadi. Bundan tashqari Alloh taola, Xudoyi taolo, Tangri taolo birlikdagi so’zlar ham ishlatiladi. Bu brikmadagi “Taolo” – ulug’, oliy degan ma’nolarni anglatadi.
20 – savol: Madaniy meros deb nimaga aytiladi?
Javob: “MADANIYAT” guruhi – Ota – bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklar majmuiga aytiladi.
21 – savol: Milliy qadriyatlar deb nimaga aytiladi?
Javob: “MA’RIFAT” guruhi – moddiy merosning qadri abadul – abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyatlar deb ataladi.
22 – savol: Tarbiya deganda nimani tushunasiz?
Javob: “MA’RIFAT” guruhi – Odamzodning bolasini boqib, ta’lim berib voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnati va g’amxo’rliliga tarbiya deyiladi.
23 – savol: Urf–odat va rasm–rusumlar deganda nimalarni tushunasiz?
Javob: “MADANIYAT” guruhi - urf – odat hayotimizga singib ketgan, takrorlanib turuvchi xulq – atvor qoidalaridir.
Urf– odat va rasm – rusumlar bir – biriga bog’liq. Biri ikkinchisining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bugungi kunda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan rasm – rusum va urf – odatlarni har tomonlama tiklash va rivojlantirish, ularni yosh avlodni tarbiyalashda samarali ravishda qo’llash masalasi ko’ndalang turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |