Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 1.46 Mb.
bet68/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

24. Jonkuyarlik.

Muborak Hadisu Shariflarda

“Xodimlaring-dan qanchalik ishni

yengillatsang qiyomat kunida

o’shanchalik ajr tarozigga

tushadi” va “Alloh g’ayratli odamni yaxshi ko’radi”, degan naqllar bor. Keltirilgan hadislarning birinchisi bevosita ota-onalar va murabbiylarning bolalar tarbiyasiga bag’ishlangan faoliyatiga tegishli, chunki har qanday ota-ona yoki murabbiy farzandlari va tarbiyalanuvchilariga ta’lim-tarbiya berishga jonkuyar, ularga e’tiborli, pok dilli, fidoiy va jasoratli bo’lishlari lozim. Ana shundagina jamiyat taraqqiyotiga mos va mustaqilligimizning qadriga yetuvchi yoshlarni shakllantirishga erishamiz.

Jonkuyarlikni bolalarda sodda hollardan boshlash kerak. Masalan: siz bozordan to’lib-toshib kelayapsiz, ikki qo’lingiz ham band, shunda farzandlaringiz yugurib borib narsalarni uyga olib kelishga ixtiyoriy ravishda yordamlashsin; yig’layotgan kichkintoy ukasini yupatsin; ko’chada ketayotgan kishining qo’lidan tushib ketgan narsani darhol egasiga olib berishga shoshilsin; jamoat joylarida o’zidan katta odamlar kirish yoki chiqishda to’g’ri kelib qolganda ularni eshikni ochib turib o’tkazib yuborish va hokazo.

Demak, boladagi jonkuyarlik biror ishni yoki faoliyat turini olib borishda ularga aytmasdan turib ongli ravishda bajarishidan boshlanar ekan.

Mavzuga oid bo’lgan tahlil uchun materiallar:
* * *

“Mardlik va muruvatni Alloh ham, xalq ham ulug’laydi”.




Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling