P. Beranje.
* * *
“Baxt mehnatni takomillashtirib borishdadir”.
Ya. Raynis.
* * *
“Farzandim deb yashaydi inson,
Farzand erur hayot ma’nosi.
Farzand dilga shu’lai afshon,
Farzand - ko’rar ko’zlar ziyosi.”
Kalonxonov M., Kalonxonova M.
* * *
“Ota-onangni o’zingdan rozi qil,
Sen ularning qadrini ko’p yaxshi bil.
Ol duosin ularning, top kamol,
Yor bo’lg’ay baxtli iqbol bezavol”.
Abdiy.
* * *
“Og’ir tosh yerdan ming azob bilan ko’tarib olinadi. Uni tashlab yuborish esa juda oson. O’sib, martabaga erishish huddi tosh ko’tarishga o’xshaydi. Martabadan tushish esa toshni tashlab yuborishdek bir holdir”.
(“Hikmatlar”dan)
* * *
“Murod, maqsad xazinalariga mehnat, jonkuyarlik, fidoiylik, jasoratlilik ko’priklari orqali o’tiladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |