Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Bola tarbiyasida “Menga nima?”ning ahamiyati


Download 1.46 Mb.
bet73/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

26. Bola tarbiyasida “Menga nima?”ning ahamiyati.

O


Tarbiya masalasida mayda narsa yo’q”.

N.I. Piragov

dob hamisha kishining zebu –

ziynati bo’lib kelgan va u orqali

odam go’zal xulq egasi, deb

ta’riflanggan. Shu sababli ham

odobli kishi elning e’zozidan,

xalqning e’tiboridan tushmagan. Ammo ming afsuslar bo’lsinkim, ota-onalarimizda, murabbiy va tarbiyachilarimizda va umuman xalqimizda “Menga nima?” – degan illat bor. Yoshlar tarbiyasida hyech kimning “Menga nima?” deyishga haqqi yo’q. Chunki yoshlar tarbiyasiga e’tibor har bir ongli insonning jamiyat oldidagi burchi, ham ma’sulyatidir. Ayniqsa, har bir rahbar, o’qituvchi va muallim, tarbiyachi va murabbiy, ota – ona bola tarbiyasida “Menga nima?” - degan so’z birikmasini ishlatmasligi va uning domiga tushib qolmasligi kerak.

“Menga nima?” nomli so’z birikmasining til nuqtai nazaridan ma’nolariga e’tibor beraylik. Mana ular:



  • Menga nima?” – bu loqaydlik belgisi bo’lib, bola tarbiyasidagi nuqsonlarga e’tibor bermaslik alomatidir;

  • Menga nima?”bu hamma holat, narsa va jarayonlarga befarqlik bilan qarashning hosilasi bo’lib, u odamdagi taraqqiyparvarlik yo’qligini ko’rsatuvchi belgi;

  • Menga nima?” – bu insonning faqatgina o’z “Men”ini hurmat qilish belgisi bo’lib, bu illat orqali odamlarda faqatgina e’tiborsizlik va ma’sulyatsizlik tomir otadi;

  • Menga nima?” – bu jamiyat davlat va hattoki o’z farzandlari (oilasi)ning taqdiri bilan qayg’urmaslik belgisi bo’lib, bunday odamlar umumjamoaning zararkunandalaridir;

  • Menga nima?” – bu jamiyat va tabiatni kemiruvchi, “Manqurt” odamlarning shiori bo’lib, bunday odamlardan hyech qanday manfaat yo’q, ular taraqqiyot zararkunandalaridir.

  • Menga nima?” – bular atrofida bo’layotgan salbiy ta’sirlar va ma’naviy tahdidlar hamda turli qo’poruvchiliklarga ham befarqlikdir, ular hattoki bunday holatlar o’zlarining boshlariga tushishi mumkinligini o’ylamaydi ham, ya’ni bular bor joyda bemalol fojiya va illatlarning tomir otaverishi mumkin;

  • Menga nima?” – bu xudbinlik kasalining borligidan dalolat, o’zidan boshqasini o’ylamaslikdir, hattoki ularni o’z oilasi va farzandlari taqdiri xam bezovta qilmaydi;

  • Menga nima?” – bu odamdagi nafs girdobiga tushgan kishining shiori, bunday odamlarni davlat taqdiri, jamoa taqdiri va hattoki oila taqdiri ham qiziqtirmaydi, ular faqat o’zim bo’lsam deydi va hokazo.

Mashg’ulotingizda shu kabi talqinlardan foydalanib, farzandlarni o’z ona yurtiga, vataniga, oilasiga, ota-onasiga, bog’chasiga hurmat ruhida tarbiyalaysiz, degan umiddamiz.

Mavzuga oid qo’shimcha materiallar quyidagilar:



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling