Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 1.46 Mb.
bet95/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

Islom Karimov


5. Davlat ramzlariga hurmat.

Davlat mustaqilligi



ramzlari – davlat timsollari,

ya’ni uning suveriniteti, milliy

o’ziga xosligi, iqtisodiy

ko’rsatkichlari, ijtimoiy –

siyosiy tizimi, milliy mafkurasini ifoda etuvchi belgilar, eng muhim hujjatlar, g’oyalar va tushunchalar. Davlat ramzlari mustaqil davlat timsollari sifatida davlat bayrog’i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, mamlakat Konstitusiyasi, milliy valyutasi, muhim qaror va an’analarida o’z ifodasini topadi. Davlat mustaqilligi ramzlari davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, ramz yoki timsollardir. Ular mazkur davlatning tizimi iqtisodiy asoslari, xalq tabiati - mentaliteti va boshqa muhim belgilarini anglatadi. Davlat ramzlari ko’p asrlik tarixga ega bo’lib, milliy davlat qurilishi va madaniy rivojlanish tarixi bilan bog’liq[18. 127-128 b.].

Mashg’ulotni o’tkazish uchun murabbiylar va tarbiyachilar yuqoridagi fikrning mazmun - mohiyatini chuqur anglashi va unga oid ma’lumotlarni to’plashi lozim bo’ladi.

Guruh xonasida Prezidentimiz siymosi tushurilgan, madhiya yozilgan, gerb va bayrog’i hamda ularning tuzilishiga berilgan izohlardan yozilgan ko’rgazmali vositalar tayyorlanadi (Bunday materiallarni hozirda alohida-alohida ham birgalikda tayyorlanggani ham topiladi).

Mashg’ulot davomida bolalar ongiga Prezidentimiz, Madhiyamiz, Qomusimiz, Gerbimiz va Bayrog’imiz – O’zbekiston deb atalmish buyuk davlatimizning mangu g’ururi ekanligi qayta-qayta singdiriladi va “Shu sababli ham bizning yurtimizga bo’lgan cheksiz hurmatimiz, mehrimiz, ular tufayli shakllanggan g’ururimiz bizni davlatimizning mustaqilligini mustahkamlashning faol ishtirokchisi bo’lishga ilhomlantiradi, undaydi”, degan fikrni ular qalbiga joylash kerak bo’ladi.

Davlat ramzlariga alohida-alohida sharh berib, ularga hurmat ham farz, ham qarz ekanligini va bu hurmat milliy g’ururimiz bo’lib, u farzandning eng avvalo, ota-ona oldidagi, mahalla oldidagi va eng asosiysi jonajon Vatanimiz oldidagi farzandlik burchi va ma’sulyati ekanligini ular ongiga singdirish kerak.

Mavzuga oid didaktik materiallar:



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling