Madhiyamiz-faxrimiz
Download 13.64 Kb.
|
Madhiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbek nomin dunyo bo`ylab, ulug`lagan Madhiyam ”
- “Doimo madhingni kuylaymiz, jonajon Yurtim!”
- Q A R O R Q I L A D I
- Yig’ilish raisi : M. Boboqulov Ma’naviy -ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Z.Kushbakov
Sardoba tumni 11- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-a sinfda o’quvchilar bilan o’tkazilgan “Madhiyamiz-faxrimiz” mavzusidagi tadbiri B A Y O N N O M A S I 10.12.2021 Yig’ilsh qatnashchilari: sinf rahbari M.Boboqulov, 26 nafar o’quvchilar KO’RILGAN MASALA: 1. Davlat madhiyasi haqida ma’ruza. 2. Madhiyamiz-faxrimiz . Kun shiori:“O`zbek nomin dunyo bo`ylab, ulug`lagan Madhiyam ” Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat madhiyasiga bo`lgan hurmat va g`ururni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish . Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Doimo madhingni kuylaymiz, jonajon Yurtim!” O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida tasdiqlangan. Davlat madhiyasi O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi bo`lib, davlat madhiyasiga zo`r ehtirom bilan qarash O`zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir. Madhiya musiqa va she’r vositasida ifodalanadi hamda davlat organlari tomonidan o`tkaziladigan tantanali marosimlar boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi. Madhiya maxsus qonun bilan tasdiqlanadi. Madhiya- “madh” (maqtov) so`zidan kelib chiqqan. Madhiya-gimn o`z mustaqilligiga ega bo`lgan, rivojlangan har bir mamlakatning alomati-ramzidir. Madhiya tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi so`zini O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov, musiqasini O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib yig’ilish: Q A R O R Q I L A D I: O’quvchilarga: o’quvchilarining davlat madhiyasi haqida tushinchalarni oshirish yuklatilsin. o’quvchilarining maktabda davlat madhiyasi haqidagi tadbirlarda faol qatnashish sinf raxbari tomonidan nazorat qilinsin. Yig’ilish raisi: M. Boboqulov Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Z.Kushbakov Download 13.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling