Sa’ne: Klass: Саба3ты4 темасы: Ullilardi yadqa alip
Download 81.82 Kb.
|
Alisher Nawayi qq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Саба3ты4 барысы
- Ш5лкемлестири7
- Taza tema : Ullilardi yadqa alip
Sa’ne:____________ Klass:____________ Саба3ты4 темасы: «Ullilardi yadqa alip »(Alisher Nawayi tuwilg’an ku’ni). ?а3ты: 45 минут. Саба3ты4 типи: Аралас саба3. Саба3ты4 ма3сеты: - О3ы7шылар2а баркамал инсан т6синиги 8а33ында билим бери7, бул тема бойынша тере4ирек ма2лы7мат бери7. - О3ы7шыларда бул тема бойынша еркин ой-пикирле7 ше4берин пайда ети7. - О3ы7шыларды ана-7атанды, ата-ананы с6йи7шилик ру7хында т1рбияла7. Саба3ты4 барысы: Ы. Ш5лкемлестири7 (3 минут) ЫЫ. %тилген теманы еске алы7 (8 минут) ЫЫЫ. Таза теманы т6синдири7 (12 минут) ЫВ. Топарлар менен ислеси7 (10 минут) В. Саба3ты беккемле7 (5 минут) ВЫ. Саба3ты ра7ажландыры7 (5 минут) ВЫЫ. :йге тапсырма бери7 (2 минут) Ш5лкемлестири7: Саба33а келип о3ы7шылар менен с1лемлесип, о3ы7шылар 3атнасын барлайман, класс тазалы2ына итибар 3аратаман 81м о3ы7шыларды топарлар2а б5лип, саба3ты баслайман. Taza tema : Ullilardi yadqa alip Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Alisher Navoiy bobomizga bo`lgan hurmat va g`ururni rivojlantirish. Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom materiallar. Doskada: “Olam ahli, bilingizkim. Ish emas dushmanlig`, yor o`lung . Bir-biringizgaki, erur yorlig` ish” Alisher Navoiy O`qituvchi: XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral) da Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzoning qo‘l ostidagi obod manzillaridan biri edi. Alisher tug‘ilgan xonadon Temuriylar saroyiga eskidan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi. Bo‘lg‘usi shoirning otasi G‘iyosiddin Muhammad o‘g‘lining tarbiyasiga jiddiy e’tibor berdi. Alisherning she’riyatdagi ilk ustozi tog‘asi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylardir. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Qobuliy haqida: “Yaxshi tab’i bor erdi, turkchada mayli ko‘proq erdi…” desa, G‘aribiy haqida: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Ko‘proq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xo‘b erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…” deydi. 1447 yilda Shohruh vafot etgach, Temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt dardi xuruj qilib, yurtda taloto‘p boshlandi va G‘iyosiddin Muhammad xonadoni ham ko‘p qatori vatanni tark etdi. Yosh Alisher uchun taqdir sinovlari boshlandi. Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur 1452 yilda Hirot taxtiga o‘tirgach, Alisherning otasini Sabzavorga hokim etib tayinladi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay G‘iyosiddin kichkina dunyodan ko‘z yumdi. Bu paytda Alisher endigina 12 yoshga qadam qo‘ygan edi. Abulqosim Bobur Alisher va uning maktabdosh do‘sti Husaynni o‘z tarbiyasiga oldi, 1456 yili esa o‘zi bilan Mashhadga olib ketdi. Keyinchalik Husayn Boyqaro sipohiylik yo‘lini tanladi, Alisher esa zamonaning “malik ul-kalom”i Mavlono Lutfiy tahsini va hayratiga sazovor bo‘lgan iste’dod egasi bo‘lib yetishdi. “Faqirning nazmlari Xurosonda shuhrat tutib erdi”, deb yozadi Navoiy 1455–1458 yillar haqida. Taqdir Alisher Navoiyni zamonaning ulug‘ va sharafli kishilariga yaqin qildi, ustoz-murabbiylik etuvchi zotlar bilan oshno etdi. 1466–1468 yillar Alisherning umri asosan Samarqandda kechdi. Sulton Husayn Boyqaro Hirotni egallaganda, Alisher Navoiy 28 yoshli mukammal bilimlar egasi, yurtga tanilgan shoir va tajribali davlat arbobi darajasiga yetishgan edi. 1469 yilda Sulton Husayn iltimosiga ko‘ra Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytadi va ramazon hayiti munosabati bilan do‘sti sharafiga bitilgan “Hiloliya” qasidasini unga taqdim etadi. Husayn Boyqaro Alisherni muhrdor qilib tayinlaydi va shu paytdan shoirning el xizmatidagi faol jiddu jahdi boshlanadi. Ko‘p o‘tmay Navoiy muhrdorlikni o‘zining yaqin do‘sti va fikrdoshi, shoir Amir Shayxim Suxayliyga topshiradi. “Bu nozikta’b va zukko Amir 20 yildan ortiq Boyqarog‘a mulozim bo‘ldi”. Lekin Boyqaro do‘stining noroziligiga ham qaramay, 1472 yil fevralida uni vazir lavozimiga tayinlaydi va “Amiri Kabir” (“Ulug‘ Amir”) unvonini beradi. Bu lavozimda Navoiy el-ulus manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, madaniyat ravnaqi, adolat tantanasi uchun foydalanadiki, bularning barchasi oqibat natijada Sulton Husayn davlatining barqarorligi va nufuzini ta’minlaydi. Hirot bu davrda nihoyatda ko‘rkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, she’riyat, nafis san’atlar rivoj oldi. Talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Xalosiya” xonaqohi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome yoniga Qorixona (“Dor ul-huffoz”) qurildi. Ulug‘ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qo‘lyozmalarni oqqa ko‘chirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar. Hirotda yana “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya” va boshqa madrasalar bino etildi. Navoiy madrasa, shifoxonalar qurdirib qo‘ya qolmasdan, ularni kerakli darajada jihozlash, o‘z-o‘zini ta’minlash uchun vaqf yerlar ajratib berish, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlar bilan ta’minlash, ularga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh belgilashgacha, talabalar nafaqasi va kitoblarigacha – barcha-barchasini mukammal boshqarib, tashkil etib berar edi va o‘zi doimo xabar olib, nazorat qilib turishni ham unutmasdi. Binolar qurilishi tarhi bilan bevosita shug‘ullanar, usta va shogirdlar mehnatidan boxabar bo‘lib turardi. Shoir o‘z huzuriga tez-tez she’r, ilm va san’at ahlini chorlab, ma’rifiy suhbatlar uyushtirib turar, yosh iste’dodlarni tarbiyat qilib, ularga sharoit yaratardi. Xondamir, Behzod, Vosifiy va o‘nlab ushbu tarbiyatga noil bo‘lgan iste’dod egalari shular jumlasidandir. Shu davr ichida Alisher Navoiy o‘z qo‘li bilan birinchi devoni “Badoyi ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”)ni tuzdi. Bu devonga uning yoshlik va yigitlik paytlarida yozgan 800 dan ortiq she’rlari jamlangan bo‘lib, shoir ijodiy kamolotining birinchi bosqichini aks ettiradi. Alisher Navoiyga bag‘ishlangan tarixiy va ilmiy asarlarda batafsil tavsif qilinishicha, 1469–1481 yillar Alisher Navoiyning ijtimoiy hayot va obodonchilik borasidagi eng faol xizmat ko‘rsatgan yillari bo‘lgan. Shoir 1481 yili “Vaqfiya” asarini yozib, unda o‘zining binokorlik va xayriya ishlariga yakun yasab, o‘z-o‘ziga hisob bergan. Navoiy dehqonchilik ishlarini yo‘lga qo‘yib, juda yaxshi natijalarga erishgan. Tarixchilarning yozishicha, Navoiyning bir kunlik daromadi 18 ming shohruxiy dinor mikdorida edi. Ulug‘ Amir bu daromadning ko‘p qismini xayrli ishlarga sarf qilgan. Tarixchi Xondamir Navoiy qurgan 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko‘prik, bir qancha to‘g‘on, ariq, hammom, masjid-madrasalarni eslaydi. Navoiy turli soha olimlariga homiylik qilib, o‘nlab ilmiy risolalar bitilishiga bevosita sababchi bo‘lgan. 1483 yildan Alisher Navoiy o‘zining buyuk “Xamsa” asarini yozishga kirishdi va uni uch yilda tugalladi. Besh dostonni o‘z ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq bo‘lib, Navoiyning barcha she’riy merosining deyarli yarmini tashkil qiladi. “Xamsa” – Alisher Navoiy ijodining qalbidir. Fors tilidagi birinchi “Xamsa” buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) tomonidan yaratildi. Shoir hech bir o‘rinda o‘zining “Xamsa” yozganligini qayd etmaydi. Nizomiy vafotidan 100 yil o‘tib, Hindistonda tug‘ilib o‘sgan forsiyzabon turk o‘g‘loni Xusrav Dehlaviy Nizomiy “Xamsa”siga birinchi bo‘lib tatabbu yozadi va “xamsachilik” an’anasini boshlab beradi. Dehlaviy “Xamsa”si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida o‘zining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV–XV asrlar mintaqa ma’naviyati “Xamsa” an’anasi ta’sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo‘lmaganida “Xamsa”ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan o‘lchanadigan bo‘ldi. Bu jahon ma’naviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan “xamsachilik” an’anasi o‘zining kamolini Alisher Navoiy ijodida topdi. Islom aqidalariga ko‘ra bir kecha-kunduzda o‘qiladigan besh vaqt namoz “al-Xamsatu” deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni) ham – tavhid (imon), namoz, ro‘za, zakot, haj – o‘ziga xos “Xamsa” (beshlik)ni tashkil etadi. Demak, Nizomiy dostonlarini “Xamsa” turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir Xusrav va Navoiy javoblari bejiz emas. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus to‘xtalib, “Xamsa”ning har bir dostoni yozilishini kunning ma’lum vaqtlarida o‘qiladigan sahar, peshin, asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda “Xamsa”ni buyuk tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilish mobaynida besh o‘rinda to‘xtab, nafasni rostlash uchun bino etilgan besh oromgohga o‘xshatadi. Navoiy o‘z “Xamsa”sini yaratishga 1483 yilda kirishgan bo‘lsa, uning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)ni o‘sha yili yozib tugatdi. 1484 yilda “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyor”), 1485 yilda “Saddi Iskandariy (“Iskandar devori”) dostonini poyoniga yetkazdi. Shoir o‘z “Xamsa”siga kiritilgan dostonlarda o‘sha davr uchun muhim bo‘lgan muammolarni qo‘ydi, mutafakkir sifatida ilg‘or qarashlarni ilgari surdi, o‘zbek tilining qudratini olamga namoyish etdi. Navoiyning turkiycha “Xamsa”sining yaratilishi XV asrda Xuroson eli uchun favqulodda shodumonlik va saodat sifatida qabul qilindi. Davrning ikki qutbi – ma’naviyat piri Jomiy va buyuk sulton Husayn Boyqaroning hayrati va yuksak e’tirofi ushbu haqiqatga dalildir. Navoiy shu yillar orasida ikkinchi devoni – “Navodir un-nihoya” (“Behad nodirliklar”)ni tuzishga kirishdi. Mutafakkir adib tarixiy haqiqatga ham muayyan izchilliqda o‘z munosabatini bildirib o‘tishni insof yuzasidan lozim topdi va “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar qaymog‘i”) asarini yozib tugatdi. 1487 yili qishda Navoiy Astrobod hokimi etib tayinlandi. Boshqa bek va amirlar uchun sharafli hisoblanishi joiz bo‘lgan bu martaba Amir Alisherning nozik tabiati uchun muayyan darajada ozorli bo‘ldi. Ammo shoh hukmi vojib, Amiri Kabir o‘lkaning hassos bir xududini muhofaza va obod qilish niyatida jo‘nab ketdi. Astrobodda Navoiyning ikki yil chamasi hokimligi bu shahar ahli uchun saodatli, Boyqaro saltanati uchun xayrli bo‘ldi. Bu orada birin-ketin Navoiyning eng yaqin ustoz va musohiblari hayotdan ko‘z yumdilar. 1488 yili Sayid Hasan Ardasher, 1492 yili Abdurahmon Jomiy, 1493 yili Pahlavon Muhammad vafot etdi. Navoiy ustozlari xotirasiga “Holoti Sayid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Xamsat ul-mutahayyirin” (“Besh hayrat”) asarlarini shu yillar ichida yozib tugalladi. Bu asarlarida o‘sha davr voqeligiga oid qimmatli ma’lumotlar bilan birga Navoiy yaratgan yangi badiiy olamning nazariy asoslariga oid bir qator dalil va mulohazalar ham bayon etilgan. Shu yillarda yana Navoiy davr shuarosi xususida “Majolis un-nafois” va Islom ma’naviyatining buyuk siymolari, xususan, turk, fors, hind mashoyixlari tarixiga oid “Nasoim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabbodasi”) risolalarini yozadi. Bu asarlar nihoyatda muhim manba bo‘lib, o‘sha davr ma’naviyatining jonli siymolaridan mingga yaqin kishi haqida qimmatli ma’lumotlarni o‘zida jam etgan. Bundan tashqari nafaqat tasavvuf irfoni va adabiyoti, balki Islom davri ma’naviyatining boshqa muhim jihatlari haqida ham ko‘plab nazariy mulohazalar ushbu asarlar qatidan joy olgan bo‘lib, ularni mufassal tadqiq etish milliy ma’naviyatimizni xolis anglab yetishda bugungi avlodlar uchun benazir manba va asos bo‘lib xizmat etadi. 1492 yilda aruz ilmiga bag‘ishlangan “Mezon ul-avzon” (Vaznlar o‘lchovi”) risolasi yozildi va shoir o‘z lirik ijodini qayta taqsimlab, yangi devonlar majmui – “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”)ni yaratish ishiga astoydil kirishdi. “Chor devon” nomi bilan shuhrat qozongan bu buyuk majmua 45 ming misraga yaqin turli janrlardagi kichik va o‘rta hajmli she’rlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, “G‘aroyib us-sig‘ar” (“Bolalik ajoyibotlari”), “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik davri nodirliklari”), “Badoye’ ul-vasat” (“O‘rta yosh kashfiyotlari”), “Favoyid ul-kibor” (“Keksalikdagi foydali mulohazalar”) nomlari bilan ataladi. Bu to‘rt jiddda 16 janrga oid 3000 dan ortiq she’r bo‘lib, ularda 2600 g‘azal, 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo va boshqalar mavjud. “Xazoyin ul-maoniy”ga oldingi ikki alohida devondagi she’rlarning deyarli barchasi kirgan bo‘lib, keyin yaratilgan 1400 ga yaqin yangi asarlar qo‘shilgan. Bu turkiy tilda yozilgan asarlari, dostonlari, she’rlaridan tashqari Navoiy fors tilida ham 12 ming misradan oshiq she’r, muammo janri haqida “Mufradot” risolasini, “Sittayi zaruriya”, “Fusuli arbaa” turkum qissalarini yozdi, “Foniy” taxallusi bilan alohida devon tuzdi. Ushbu asarlar Xoqoniy, Amir Xusrav, Sa’diy, Hofiz, Kamol Xo‘jandiy, Jomiy kabi fors adabiyotining mumtoz namoyandalari bilan ijodiy bahsda tug‘ilgan bo‘lib, ham badiiy ifoda, ham mazmuniy teranlikda salaflar bilan teng qudrat namoyish etadi. Navoiy 1498 yilda “Lison ut-tayr”, 1499 yilda “Muhokamat ul-lug‘atayn”, 1500 yili “Mahbub ul-qulub” asarlarini yozdi. Bu uch asar buyuk shoir va mutafakkir ijodining avj nuqtalari edi. Adib “Muhokamat ul-lug‘atayn”da o‘zining butun ijodiy yo‘lini sarhisob qilib, turkiy tiddagi she’riyatning qudratini ta’kidlagan. Unda, jumladan, quyidagi ma’lumot bor: “Chun “Lison ut-tayr” ilhomi bila tarannum tuzupmen, qush tili ishorati bila haqiqat asrorini majoz suratida ko‘rguzupmen”. Alisher Navoiy go‘daklik chog‘laridan tasavvuf she’riyatining ustodi Farididdin Attor yaratgan “Mantiq ut-tayr” asariga mehr qo‘ygani bizga ma’lum. Umrining oxirida ushbu asarga tatabbu – javob yozar ekan, o‘zining shungacha yozgan barcha asarlariga falsafiy yakun yasaydi. Attor asari Borliqning yagona mohiyati haqida, Haq asrori va inson uchun uni anglab yetish imkon darajasi haqida edi. “Lison ut-tayr” mazmuni “Mantiq ut-tayr”ga zid yoki undagi fikrlarning takrori ham emas, balki yangi tarixiy-ma’naviy bosqichdagi sharhi, talqinidir. Attorning qushlar tilidan yozilgan dostonida irfoniy ehtiros nihoyatda jo‘shqindir. Navoiy esa bosiq voqeaband tasvirga urg‘u beradi, qushlar sarguzashtida va ichki hikoyalarda hayotiylikni kuchaytiradi. Bu bejiz emas. Oxirgi xulosada Navoiy salafiga qaraganda olg‘a ketadi, masala mohiyatini teranroq his qiladi va badiiy tasvirni ham shunga munosib yaratadi. Nihoyat Navoiy oxirgi asari – “Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) risolasida barcha savollarga yana o‘zi javob bergan. Bu asar tom ma’noda ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g‘oyalarga to‘liq bo‘lib, XV asrda mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy toifalar mohiyati mufassal ochib berilgan, ijtimoiy va axloqiy hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, yaxlitligi ishonarli ta’kidlangan. Bu asar turli aforizm, maqol va matnlarga boy bo‘lib, xalq orasida juda keng tarqalgan. Alisher Navoiy o‘zi va salaflari – Nizomiy, Dehlaviy, Hofiz, Iroqiy va boshqalar yaratgan mustaqil badiiy tafakkur tarzini “majoz tariqi” deb nomladi va unda Haq asrori “majoz suvratinda” aks etishini ta’kidlagan. Bu Borliqni o‘ziga xos idrok etish tarzi Naqshbandiyaning “Dil ba yoru dast ba kor” qoidasiga muvofiq bo‘lib, unda ibrat, ilm, irfon va amal bir nuqtada birlashar va yangi dunyoga ko‘z ochardi. Tavhid ta’limoti va e’tiqodini idrok etishning eng yuqori bosqichi bo‘lgan bu dunyoqarash tizimi “Xamsa” va “Lison ut-tayr” asarlarida, shoir lirikasida badiiy in’ikosini topgan. 1500 yillarga kelib shoirning hayot sharoiti qiyinlashib, sog‘ligi zaiflashib qolsa-da, ijoddan to‘xtamadi. 1501 yilning boshida Navoiy kasallikdan vafot etdi. Butun Hirot xalqi o‘zining buyuk shoiri bilan xayrlashishga chiqdi va 7 kun davomida motam tutdi. Navoiy o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotining so‘nggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlari, she’riyati qayta-qayta ko‘chirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun maktab vazifasini o‘tadi, madrasalarda keng o‘rganildi. Alisher Navoiy ijodini o‘rganish, uning ilmiy tahlili bo‘yicha so‘nggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib bordilar va bugungi kunda ham Navoiyning merosi ko‘pgina olimlarimizni ilhomlantirib keladi. Hozir maktablar, xiyobonlar, ko‘chalar buyuk shoirimiz nomi bilan yuritiladi. Uning nomida O‘zbekiston Davlat mukofoti ta’sis etilgan. Download 81.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling