(“Otalar so’zi”)
* * *
“Men har kimga va’da bersam, unga vafo qildim, har bir va’daga xilof ish qilmadim. Men doimo va’dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo’lishimni va hyech kimga jabr yetkazmasligimni angladim.”
Amir Temur.
* * *
“Turayin, borayin, yurayin, olamni ko’rayin, olamda vafoli odam bo’lsa, men uni qidirayin”.
Yusuf Xos Xojib.
* * *
“Va’daga vafodorlik iymondandir”.
(“Hadis”)
* * *
“Mard odamning va’dasi ham naqd, ham tez bo’ladi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Vafoli odamning do’stlari ham samimiy bo’ladi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Faqat ilm bilan balandmas odam,
Axdu vafo bilan baland-past odam.
So’zi bilan ishi bir bo’lsa agar,
Har narsadan baland, muqaddas odam”.
Umar Xayyom.
Bular orqali bolalar ongiga insoniyat yaratilgandan buyon odamlardagi adolat nomli hayotiy-axloqiy mezon qadrlanib kelayotganligini singdirish mumkin va bu quyidagicha xulosa chiqarishga imkoniyat yaratadi: Demak, adolat hukm surgan joy gullab-yashnagan, xalqi erkin va turmushi farovon bo’lgan. Adolat oyoq osti qilinggan joylarda esa norozilik, urush-janjal bo’lib, razolat hukm surgan, jamiyat tubanlikka yuz tutgan.
1
Nodonlardеk yuzlab so’zni qilmagil qator,
Dono ersang, bir so’z dеgil, lеkin ma'nodor.
Do'stlaringiz bilan baham: |