Tadqiqotning amaliy ahamiyati.Kreativlik va rahbarlik qobiliyatiXXI asr talablarini muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishimizga imkoniyat yaratuvchi, o‘rganayotgan va bajarayotgan ishimizni yanada chuqurroq anglashimizga yordam beruvchi ijobiy ko‘nikmadir. Talabalarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarini tizimli tarzda o‘rganish, bunda ularning kreativlik va rahbarlik faoliyatini tashkil etishida uchraydigan psixologik to‘siqlarni bartaraf etishning samarali yo‘llarini belgilash lozim bo‘ladi.
Talabalarning kreativlik va rahbarlik qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan g‘oyalar, kontseptsiyalar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish kreativlikni rivojlantirishga nisbatan mazmunli-faoliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalari mazkur jihatlarni inobatga olgan holda amaliyotga tadbiq etish uchunfoydali manba, muhim qo‘llanma vazifasini o‘tashi asoslangan.
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, 9 ta paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
-
- Kafedra mudiri: p.f.f.d. dots. D.S.Tursunov
- Ilmiy rahbar: p.f.d. dots. M.E.Mamarajabov
- Tadqiqotchi: Sh.A.Botirov
Do'stlaringiz bilan baham: |