Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi


-bob Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari


Download 80.94 Kb.
bet5/10
Sana25.03.2023
Hajmi80.94 Kb.
#1294814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Odob axloq qoidalari

5-bob Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari



  1. Davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorlik qilishi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga ko`maklashishi kerak.

  2. Davlat siyosati yoki G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumi faoliyati to`g`risidagi ommaviy bayonotlar G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumi rahbari yoki mazkur yo'nalish bo'yicha vakolatli mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi;

16. Quyidagi hollarda ommaviy bayonot berilishi mumkin emas:
Ommaviy bayonat matni va mazmuni davlat siyosati yoki G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumi faoliyatiga aloqador bo`lmasa;
Ommaviy bayonatda keltiriladigan axborotlar davlat sirlari bilan bog'liq bo`lsa;
Ommaviy bayonat boshqa davlat organlari va tashkilotlari nufuzini pasaytirish yoki ularning mansabdor shaxslarini kamsitishga yo'naltirilgan bo'lsa.
17. Davlat xizmatida jamoatchilik nazoratini ta`minlash maqsadida jamoatchilik tomonidan G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumi faoliyatiga oid ayblov yoki tanqid bildirilgan taqdirda, G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumi unga nisbatan bildirilgan ayblov yoki tanqidga ommaviy izoh yoxud raddiya berishi lozim.
18.Agar ommaviy bayonotda fuqarolarning sha'ni hamda qadr-qimmatini kamsitadigan iboralar bo`lsa, davlat xizmatchisi o`z fikrlarining yanglishligi yoki noto`g`riligini tan olishi hamda sha`ni, qadr-qimmatiga va ishchanlik obro'siga daxl qilingan fuqarodan, agar qonun hujjatlarida boshqa oqibatlar nazarda tutilmagan bо`lsa, kechirim so'rashi shart.
б-bob. Xizmat faoliyatidagi tashqi ko'rinish va kivinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari
19.Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko`rinishi yoki kiyinish uslubi fuqarolarning G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumi faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining hurmatini oshirishga xizmat qilishi kerak.
20.Davlat xizmatchisining tashqi ko’rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi va fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishiga ko'maklashishi umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bolishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.
21.Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko'rinishi va kiyinish uslubiga oid qo'shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

Download 80.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling